4-шўъба. Олий таълим тизимида психолог фаолиятини такомиллаштириш дарс таҳлилининг илмий – методик асослари


Ota-onalarning tarbiya qilishdagi xatolari



Download 391,92 Kb.
bet69/74
Sana31.05.2022
Hajmi391,92 Kb.
#623179
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
4-SHO`BA. TO`PLAM.

Ota-onalarning tarbiya qilishdagi xatolari
– Ota va onaning, ey lapashang, deb aytishi: bola xato qilganda ey ahmoq, ey eshak, ey odobsiz, sen eshaksan, deyishi noto‘g‘ri hisoblanadi. Vaholanki, farzandning o‘zi emas balki uning qilgan ishi xatodir.
– Urish bilan tarbiyalash. Bola xato qilganda tanbeh berish va tergash uchun bir qancha jazo turlari bo‘la turib bolani urish bilan tarbiyalash eng katta xato hisoblanadi.
Urishdan oldin tanbeh berishga loyiq bo‘lgan muhim omillar:
– sevgan narsalaridan maxrum qilish;
– u bilan aloqani kesish;
– tanbeh berish;
– tashlab qo‘yib, qovoq solish;
– ota-onalar 10 yoshga yetmagan farzandlarining qilgan baʼzi bir amallariga ular yaxshi ko‘radigan holva va shunga o‘xshash narsalarni berib, qiziqtirib borish o‘rniga, jannatda olasan, deyishlari; 
– bolalarni bir-biriga raqib ruhida o‘stirish; Vaholanki dunyoda birorta bir-biriga o‘xshash inson yo‘q. Insonning shaxsiyatidagi o‘xshash bo‘lmagan xususiyatlarni bolalar bilan muomala qilishda yodimizda tutishimiz lozim. Shundan kelib chiqib ayta olamizki,
xohlamasa, o‘qimaydi. Tahorat “men tahorat qilaman” degan paytda muhabbat va sabr bilan o‘rgatiladi.
– tarbiya – yemoq, kiymoq va o‘rganmoq; ko‘pchilik otalar tarbiya deb farzandlarini yedirish, maktabda o‘qitish va ularga eng yaxshi kiyimlarni olib berishni tushunadilar. Aslida, tarbiya farzandlarga go‘zal odob-axloq o‘rgatmoq, shuurlarida qadriyatlarni ekmoq, hamisha aytgan so’zlari va qilayotgan ishlarini kuzatmoqdir.
– erta halok qilish; bola rasm chizishni yaxshi ko‘radi, lekin ota bu nima ahmoqlik, bu juda xunuk, vaqtingni bekorchi narsaga sarflayapsan, deydi. Narsalarni buzib, qayta yasashni yaxshi ko‘radigan bolalarni “usta buzarmon” deyish bolaning qiziqishini erta halok qilishdir. Aslida bolaga o‘yinchoq olib bergandan ko‘ra «ustabuzarmonligi»ni kuzatish boladagi qobiliyatlarni o‘rganish uchun eng oson yo‘ldir. Bu qobiliyatlarni kashf va infoq yo‘li bilan o‘stirib, shijoatlantirish lozim.
– kaltak bilan Qurʼon yodlatish; bolani jahl bilan urib Qurʼon yodlashga undasak, u kaltak zarbidagi alamni Qurʼonga bog‘laydi. Natijada Qurʼonni sevmaydi. Ularni Qurʼon yodlash uchun o‘yindan to‘ssak, bunday qilish ko‘ngli bezishiga, zehni pasayishiga, u uchun hayotning g‘amgin bo‘lishiga sabab bo‘ladi, va bundan qutilish uchun hiyla ishlatishgacha boradi. (Imom G‘azzoliy)
– sabablarni aytmasdan jazolash; farzandlarni jazolab, sen bu va buni qilganing uchun seni urdim, deydi yoki jazolab, bola xatoni tushundi, deb sababini tushuntirmaydilar. Bu axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Aslida esa, farzandlargni jazolashdan oldin xatosini tushuntirish kerak, tushuntirgach jazolash to‘g‘ri bo‘ladi va mana shunda jazo bola xatosidan keyin chiqqan g‘azabning intiqomi emas, balki tarbiyaviy omil bo‘ladi. Jazo ham xatoga yarasha bo‘lishini taʼminlaydi.
– otam ham shunday edilar; Umar roziyallohu anhu shunday dedilar: “Farzandlaringizni zamoningiz bilan emas o‘z zamonlari bilan tarbiyalanglar.” O‘zlari kaltaklanib tarbiyalanganlaridek, farzandlarini ham kaltaklab tarbiyalayotgan otalar buni bilishlari lozim. Bugungi kunga kelib, zamonaviy tarbiya ilmlari bir qancha yangi tarbiya usullarini ixtiro qilgan, bulardan biri – shiddat bilan urish oqibatlari bolaning ruhiyatida yomon taassurot qoldirishi isbotlangan.
– “olabuji, bo‘bo‘ va yalmog‘iz kampir”; yomon taassurotli hikoyalar aytishni tark qiling. Yomon ertaklar bolaning ruhiyatiga yomon taʼsir qiladi. Hatto qorong‘u uyda biror kishisiz o‘tira olmaydigan, qo‘rqoq bo‘lib qoladi. Shuning uchun bolaga g‘ururli qiladigan va chiroyli axloqlar o‘rgatadigan hikoyalar aytib berish lozim. Ukol qilaman, ke bo‘bo‘, buni yeb qo‘y, va shunga o‘xshash bolani qo‘rqitadigan so‘zlar uning ruhiyatiga yomon taʼsir qiladi. Oqibatda davolab bo‘lmaydigan holatlar yuzaga keladi.
– asabiylashtiradigan tarbiya; onaning otaga, otaning muallimga shikoyat qilishi, barchaning bola ziyoniga harakat etishlari bolada asabiylashishni paydo qiladi va natijada muallim sababli taʼlimni yomon ko‘radi. Baʼzi ishlar borki, buni ota muallimga bildirmasdan bartaraf qilishi kerak, baʼzilari esa otaga bildirmasdan bartaraf qilinishi lozim. Agar vaziyat uy bilan maktabni bog‘lashni taqozo qilsa, muallim otaga bolaga kuzatilayotganini bildirmasdan ko‘rsatma berishi lozim. 
– bolani noto‘g‘ri tanqid qilish: bolani tanqid qilishdan maqsad, albatta, tarbiya va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish bo‘lishi lozim. Agar bola xato qiladigan bo‘lsa unga «Sen bunday qilish o‘rniga mana bunday qilishing kerak edi, o‘ylaymanki, sen qasddan qilmagansan», deyish kerak. Shunda bola xato qilganini anglaydi va xulqini o‘zgartiradi.
– u bilan o‘yin o‘ynamaslik; baʼzi otalar bolalari bilan o‘ynashni obro‘lariga putur yetkazuvchi, vaqtlarini ketkazuvchi deb biladilar. Payg‘ambar alayhissalom esa Hasan va Husayn nabiralarini ustlariga chiqarib olib emaklab yurib ham o‘ynatardilar. Ota bunday qilishi bilan bolalarini xursand va baxtli qiladi, qolaversa, buni tark qilishi urishning o‘rniga tanbeh va tarbiya berish vositasi bo‘ladi.
– o‘quv yilida ularni o‘ynashdan man qilish; ota-onalarning xatolaridan yana biri farzandlarini o’quv yili mobaynida o‘ynash va ko‘ngil yozishdan qaytarib, ularni butunlay darslarga bog‘lab qo‘yishlaridir. Bu esa o‘yin bilan o‘sadigan bolalar tabiatiga zid bo‘lgan bir ishdir. Shuning uchun ko‘pchilik bolalarni dars va mashg‘ulotlardan ruhan siqilganini va o‘z tabiatida bor bo‘lgan lazzatidan mahrum qilingani uchun bezib qochganini ko‘ramiz.
– ehtirom uchun emas; (marhamat qilsangiz, iltimos, buyuring, janob sayyidim) ushbu so‘zlarni ota-onalar farzandlariga ishlatmaydilar, vaholanki bular ota-ona va farzand orasida samimiy ehtiromni paydo qiladigan zaruriy gaplardandir. Mana shunda farzand boshqalarni, ayniqsa, o‘zidan kattalarni hurmat qilishni o‘rganadi.
– To‘ydirib tashlaydigan yutuq; xatolardan yana biri bu otaning bola to‘g‘ri javob berganidagi mukofotini haddan oshirib yuborishidir. Aslida, to‘g‘ri tarbiyalash qoidasiga ko‘ra har bir ishda o‘rta hollik maʼquldir.
– Qiz bolalarni oshxonadan chiqarib yuborish; baʼzi onalar borki, qizlarini oshxonadan, ovqat qilishni o‘rganishdan qaytaradilar. Bunda ular qizlarini turmushga bergandagina anglab yetadigan katta xatoga yo‘l qo‘yadilar. Ana shuning uchun onalar qizlariga turmush hayotida kerak bo‘ladigan taʼlimotlarni hozirdan haftada bir kun bo‘lsa ham berib borsinlar.
– G‘azab…g‘azab; hamisha ota-onalarga nasihatim shuki, bolalar xatosiga nisbatan ko‘ksilarini keng tutsinlar va ularga nisbatan tog’ri muomalada bo‘lsinlar. Bolalarimiz hech qachon jahlimiz chiqishiga va ularga qarab baqirishimizga sabab bo‘lmasinlar!
– er-u xotin urishishi; ota-onaning bolalar oldida janjallashishi onayizori xo‘rlanishini, otajonisi hurmatsizlanishini ko‘rayotgan kichkintoylar uchun haqiqiy qurbon bo‘lishdir. Bu esa bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Koshki ota-onalar o‘zaro tushunmovchiliklarini o‘z xonalarida past ovozda hal qilsalar edi, dilbandlarga rahm-shafqat qilgan bo‘lar edilar.
– «Men charchaganman» deb bolaga vaqt ajratmaslik; bolajonlar birga o‘ynashlari, bir narsalar o‘rganishlari va gaplashishlari uchun otalarining ishdan qaytishini intiq bilan kutadilar. Ammo ota ishdan charchab kelgani yoki asabi tarangligi sababidan uyga kirib hech kim hech narsa gapirmasligini so‘raydi. Mana shunday holatlar bolalarning tushkunlikka tushishlariga hamda noumid bo‘lishlariga sabab bo‘ladi. Natijada ota ular ishongan va suyangan do’st bo‘lolmaydi.
– maktabdagi holatidan xabardor bo‘lib turmaslik; ikki tomonlama olib boriladigan tarbiya jarayoni bir xil ravishda davom etishi va to‘la to‘kis tamomlanishi uchun, albatta, otalar bolaning ustozlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Bolaning ko‘z oldida xato ish qilib keyin esa unga jazolantirilmay xuddi shu xatoga bolani jazolantirilishi juda ham katta bir nohaqsizlik ko‘rinishidir. Masalan bola bir piyolani sindirib qo‘yganiga uni daromadidan olib qo‘yib keyin xuddi shu xatoni boladan ko‘ra yoshi katta aqli ham raso onasi qilib qo‘ysa hech narsa jazolantirilmasligi zulmdir. Xo‘rlash: Baʼzi Ota-onalar bolalarini xo‘rlash bilan qattiq malomat qilishga odatlanganlar bu esa uylagan maqsadni aksi o‘laroq natija beradi. Agar bola xato qilsa masalan unga sen yaxshilab qaytarmagansan, sen muvaffaqiyatsizsan deyiladi. Uni o‘rniga kel yangitdan boshlaymiz o‘tgan xatolardan dars olamiz deyilsa bolani ruhiyatida juda ham katta taʼsurot qoldirgan bo‘ladi. Qulog‘ing ketti: qulog‘ingni kesaman, u yog‘ingni bu yog‘ingni sindiraman va hokazo shunga o‘xshash iboralarimizning barchasi bola bilib turadigan yolg‘ondan aytiladigan jiddiy bo‘lmagan so‘zlardir. Shuning uchun har doim so‘zlarimizda vazni va isboti bo‘mog‘i kerak. Tushuntirishsiz tergash: eng yaxshisi ota va ona bolasiga men necha marotaba senga televizirni o‘chir dedim yoki uyqu vaqti keldi sen hali darslaringni tayyorlamagansan degani to‘g‘ridan to‘g‘ri baqirib ketishidan afzaldir.farzandlar ertamiz egalari ularga munosib tarbiya berishimiz bu bizning burchimizdir.

Download 391,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish