Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Dyui J. Tafakkur psixologiyasi va pedagogikasi (Biz qanday fikrdamiz.). - M: Labirint-K, 1999.)
2. Materova A.V. Talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini rag'batlantirish. RUDN universiteti axborotnomasi, seriyasi Psixologiya va pedagogika, 2012 yil, №1.
3. Maslou A. Shaxs psixologiyasi. - M.: Nauka, 1982 yil.
PSIXOLOGIK XIZMAT KO`RSATISH VA UNING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI
Abdullayeva Zuhro Ismoilovna
TerDU Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Abdullayeva Nasiba Ismoilovna
TerDU Psixologiya yo’nalishi 1-kurs magistri
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendensiyalari haqida so'z boradi, bu borada nazariy va amaliy jihatlar ko'rib chiqilib, ularning ta'lim tizimidagi tatbiqi ilmiy jihatdan ko'rib chiqiladi. Ta'kidlash lozimki, ta'lim sohasida psixologik faoliyatning nazariy va amaliy ko'rinishi ilm-fan taraqqiyoti uchun muhim hissa qo'shib, uning bu boradagi amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.
Kalit so'zlar. psixologik xizmat, zamonaviy tendensiya, nazariy, amaliy , ilm-fan, taraqqiyot
Barchamizga ma'lumki, hozirgi davrda ta'lim sohasini yanada rivojlantirish, uni davr taraqqiyotiga munosib holda shakllantirish oldimizda turgan murakkab jarayon hisoblanadi, sababi, uning amaliy va nazariy jihatlarini umumlashtirgan holda ilmiy-amaliy tatbiq qilish, fikrimizcha, har bir fan sohasida amalga oshirilishi lozim. Biz ham aynan psixologik xizmatning zamonaviy tendensiyalarining nazariy va amaliy jihatlarini ushbu maqolamiz orqali tahlil qilmoqchimiz.
Psixologiya inson ruhiyatini o'rganuvchi va uni tahlil qiluvchi fan hisoblanib, u o'z rivojlanish tarixiga ega. Aytish joizki, bugungi kunda psixologiyaning turli zamonaviy sohalari rivojlanib , ilm-fanning yanada taraqqiy etishiga xizmat qilmoqda[5]. Xususan:
1. Moddiy va ma'naviy mehnat psixologiyasi va uning tashkiliy jihatlari.
2. Kadrlarni tayyorlash va ularni ruhiy boshqarish psixologiyasi.
3. Jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligi psixologiyasi.
4. Shaxs ruhiy va oila psixologiyasi.
5. Ezoterik psixologiya va hokazo.
Yuqorida qayd etilgan zamonaviy psixologik yo'nalishlarning har biri o'zining nazariy qonun-qoidalariga ega bo'lish birgalikda amaliy jihatdan ham fan doirasida tarjibaviy tahlil yo'riqlariga egadir. Jumladan, zamonaviy psixologik yo'nalishlarning biri sifatida qayd etilgan moddiy va ma'naviy mehnat psixologiyasi va uning tashkiliy jihatlari haqida to'xtaladigan bo'lsak, uning asosiy predmeti mehnatning ikki turi , ya'ni moddiy mehnat(jismoniy mehnat) va ma'naviy mehnat(aqliy mehnat) hisoblanadi. Ushbu mehnat turlarining ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'lga solinishi uchun zarur bo'lgan amaliy tadqiqlar, tushuntirish ishlari, yo'nalishlar psixologlar tomonidan olib boriladi. Moddiy mehnatning inson jismiga yaxshi ta'sirini eksperimental jihatdan tahlil qilish psixologlar oldida turgan muhim vazifa hisoblansa[8], ma'naviy mehnatning shaxs aqliy tafakkuriga foydasi haqida tushuncha berish psixologlarning olib borishi lozim bo'lgan amaliy sohasi sanaladi.
Bugungi kunda dolzarb muammo sanalgan kadrlar tayyorlash va ularning ruhiy holatini yaxshilash psixologlar oldida turgan murakkab jarayon sanaladi. Sababi, kadrlarni tayyorlashda duch kelinadigan muammolar va ularning yechimlari, kadrlardagi sodir bo'ladigan o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash va jahon standartlari asosida faoliyat yuritish psixologlardan ulkan mahorat talab qiladi. Kadrlarni tayyorlashga zamonaviy yondashuv quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim, ya'ni psixologlar ushbu masalaga yechim izlashda quyidagi sifatlarga e'tibor qaratishlari lozim:
a) zamonaviylik - zamonaviylik xususiyatiga ega tendensiyani amalga oshirish bugungi texnika va texnologiya asrida davr talabidir. Yangilanib borayotgan mehnat sohalariga tatbiq qilinayotgan amaliyotlarga mos holda amalga oshirilgan , zamonaviylik sifatiga ega jarayonlarni yuzaga keltirish uchun psixologlar yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishlari lozim;
b) innovativlik - ya'ni yangilik bo'yog'iga ega bo'lish, yangiliklarning psixologlar tomonidan ta'lim sohasiga tatbiq etilishi, xususan, kadrlarni ruhiy tayyorlashga doir amaliy mashqlarni yaratish, masalan, ularni kasbiga oid ruhiyatga mos test sinovidan o'tkazish, eksperimental tajribalar o'tkazish shular jumlasidandir;
c) kadrlarni ruhiy tayyorlashda yana bir muhim jihat shundan iboratki, u tanlanayotgan yo'nalishga muvofiq bo'lishi, ya'ni muvofiqlilik tanlovi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik jarayonida kasbga muvofiq holda amaliy jarayonni amalga oshirishga ko'maklashish psixologlarning ahamiyatli sohasi hisoblanadi va hokazo[10].
Jismoniy tarbiya va sportga ruhiy jarayonni hozirlash , ayniqsa, ahamiyatlidir. Sababi, jismoniy tarbiya va sport mamlakatni butun dunyoga tanitishning eng muhim omili sanaladi, bu borada sportchilarga nafaqat sport murabbiylarining ko'magi, balki psixologlarning ham yordami zarurdir. Sportchilarni musobaqalarga ruhan tayyorlash qator bosqichlardan iborat, ya'ni:
a)musobaqaoldi jarayoni;
b) musobaqa jarayoni;
c)musobaqadan keyingi jarayon[9].
Ushbu uch bosqichda psixologlar tomonidan amalga oshiriladigan , zamonaviy tendensiyalarga asoslangan ruhiy tayyorgarlik vaziyatga mos ravishda amalga tatbiq etilishi lozim. Sportchini muvaffaqiyatga undashda motivatsional so'zlardan foydalanish, musobaqa jarayonida ularning ruhiyatiga jiddiy e'tibor qaratish bugungi kunning amaliy masalasi hisoblanadi .
Bundan tashqari, shaxs ruhiy va oila psixologiyasi ham bugungi kunda amaliyotga tatbiq qilinayotgan zamonaviy tendensiyalardan biri hisoblanadi. Oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni keskin kamaytirish kabi muhim vazifalarni amaliy jihatdan amalga oshirishda yuzaga keladigan fikriy nazariyalar psixologiya fanining ajralmas qismi sanaladi . Ezoterik psixologiya ham xuddi shunday yangilik bo'yog'iga ega yo'nalish va uning ham o'ziga xos zamonaviylik xususiyatlari mavjud.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki , yuqorida qayd etilgan sohalarning ta'lim sohasida o'rganilishi , ya'ni psixologiya fani doirasida kasbiy malakaning rivojlantirishi, oila psixologiyasiga xos jihatlarning taraqqiy etishi nazariy jihatdan yondashilganda ilm-fan o'z taraqqiyot bosqichiga yanada tezroq ildamlashiga xizmat qiladi. Zamonaviy tendensiyalar asosida nazariy va amaliy tadqiqiy xususiyatlar fanning kelgusidagi o'rnini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |