4-шўъба. Олий таълим тизимида психолог фаолиятини такомиллаштириш дарс таҳлилининг илмий – методик асослари



Download 391,92 Kb.
bet25/74
Sana31.05.2022
Hajmi391,92 Kb.
#623179
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
4-SHO`BA. TO`PLAM.

Литература:
1. Л.Н. Авдеева
2. Голубева Г.Ф. Феномен психологического здоровья. ФГБОУ ВО «Брянский государственный университет имени академика И.Г. Петровского».- 2016. - С. 179-186.

PSIXOLOGIK BILIMLARNING INSONIYAT HAYOTIDA
TUTGAN O’RNI
Jo’rayeva H. K.
TerDU PI pedagogika va psixologiya yo’nalishi talabasi

Annotatsiya: Psixologiya fanining jamiyatdagi rivoji va psixologik bilimlar.


Kalit so’z: Motivatsion doiralar metodika psixologiya tarmoqlari, tadqiqot metodlari.
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik- bu bilimsizlikdir. Chindan ham, bugun biz ulug’ niyatlar bilan poydevor qo’yayotgan yangi uyg’onish davri mamlakatimizda mana shunday ulkan boylik yaratishga xalqimizning hayotini farovon qilishga va kelgusi avlodlarga o’zimizda munosib meros qoldirishga xizmat qiladi” deb takidlagan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Hozirgi kunda psixologik bilimlar inson hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish bu bilimlar zaxirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida “o’z-o’zingni bil” degan shiorni o’rtaga tashlagan bo’lsa yangi davr “o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil” degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu muam-moni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya va kattadir.
Bugungi kunga kelib psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi har soniya sayin ortib bormoqda. Jamiyatimizda juda ko’pchilik insonlar psixologik xizmatga ehtiyoj sezmoqdalar. Juda ko’pchilik insonlar psixologik maslahatga muhtojdirlar. Psixologlar bolalarning qiziqishlari bilan ularning maktabgacha tarbiya yoshi davridan boshlab shug’ullanishlari kerak. Maktab yoshida esa bolalar psixologik bilimlar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Psixologiya fani maktablarda darslik sifatida qo’llanilishi kerak. Chunki maktab o’quvchilari ham shaxs va bilish jarayonlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Har qanday maktab o’quvchisi o’z mustaqil fikriga ega bo’lishi va kelajakda kim bo’lishini o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi shart.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda ko’plab psixologik tashxis markazlari ishga qo’yilishi kerak. Chunki jamiyatimizda turli xil in- sonlar mavjud bo’lib ularning turli xil muammolari mavjud. Agarda psixologik tashxis markazlari ko’plab mavjud bo’lsa u yerga ko’plab shaxslar tashrif buyuradilar va psixologdan maslahat va motivatsiya oladilar. Zotan mustaqil respublikamizning kelgusidagi rivoji ravnaqi har tomonlama barkamol o’ziga , boshqalarga jamiyatga, tabiatga va mehnatga to’g’ri munosabatini bildiradigan yosh avlodga bog’liqdir. Bunda psixologlarning qilgan mehnatlari ham muhim o’rin kasb etadi. Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri desak to’g’ri bo’ladi. Psixologiyani o’rganish hayotni-insonni o’rganish degani. Kerak bo’lsa rahbarlik qilmoqchi ekansiz yetakchi bo’lib odamlarga ko’rsatma bermoqchi ekansiz oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o’rganish kerak. Buning tagida juda katta ma’no bor.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy iqtisodiy tarqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo’lib kelganligini ta’kidlagan. O’zbekiston oliy maktablarida psixologiya o’quv fani sifatida 1928-yildan o’qitilib kelinmoqda. Xuddi shu davrda Vigotiskiy O’rta Osiyoda O’zbekistonda ommaviy maruzalar o’qiganligi mazkur jarayonni tezlashtirgan asosiy omil bo’lganligiga hech shak-shubha yo’q. Bularning barchasining tag zamirida psixologik bilimlarni rivojlantirish inson psixologiyasini mukammal darajada o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki psixologiyada qiziqishning ikki turi o’quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi bevosita qiziqish, ikkichisi bilvosita qiziqish. O’quvchilarda ta’lim tarbiya jarayoniga bo’lgan qiziqishni oshirish har bir pedagogdan psixologik bilimlarni qay darajada mukammal egallaganligiga bog’liq.
Psixologiyaning ko’plab tarmoqlari bo’lib ularning har biri kishidan psixologik bilimlarni talab etadi. Misol uchun marketing munosabatlari aslida odamlar o’rtasidagi sof psixologik munosabatlar bo’lib uning negizida odamlar o’rtasidagi jonli muloqot ta’b va did tarbiyasi yotadi. Shuning uchun biz bugun odamlarda to’g’ri marketing tafakkurini shakllantirish vositalarini qidirishimiz va talab taklif munosabatlarini real ishlab chiqarish imkoniyati bilan muvofiqlashtirishda inson psixologiyasi xususiyatlarini inobatga olib ishlashga o’rganishimiz kerak. Qaysi bir sohada ish faoliyatimizni yuritmaylik biz har doim shaxslar bilan faoliyatimizni davom ettiramiz. Shuning uchun ham jamiyatga qo’shilayotgan har bir shaxs o’z psixologiyasini o’rganishi lozim. Shundagina jamiyatda ham davlatda ham o’sish va rivojlanish bo’ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasi ko’p tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib o’zining tadqiqot predmetiga ega bo’lgan ko’plab sohalardan tashkil topgan. Psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir.
Psixologiya sanoatda jamiyat boshqaruvida ta’lim tizimida sog’likni saqlash madaniyat, sport, transport, radio, televedeniya va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Zamonaviy psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur o’rganish kabilar qo’llanilmoqda. Bularning barchasi inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Jamiyatimizda sog’lom fikrlaydigan, o’z bilimiga ishonadigan yoshlarni tarbiyalash har bir psixologning vazifasidir. Zero bizning ertangi kelajagimiz o’sib kelayotgan yosh avlodga bog’liqdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek “Yoshlari bilim-don yurtning kelajagi buyukdir”.
Xulosa qilib aytganda jamiyatimizda sog’lom fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish yo’lida psixologlarning o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki insonga psixologiya tug’ilishidanoq kerak. Chunki maxsus psixologik mashqlar yordamida xotirani, e’tiborni va boshqa bilim jarayonlarini mustahkamlash kerak. Psixologiya ayniqsa o’spirin uchun juda zarurdir, chunki uning jami-yatda o’z o’rnini topishi yaxshi va yomonni anglashi nihoyatda qiyin bo’lishi mumkin. Yaxshi psixolog sizga qanday qilib qiyinchiliklarni yengib o’tishni muammolarni stressiz hal qilishni va boshqalar bilan yarashishni o’rgatadi. Bugungi davr talabi inson o’z-o’zini shakllantirish o’zining individual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun psixologga murojaat qilmoqdalar. O’z-o’zini rivojlantirish psixologiyasi kim uchun kerak? O’z-o’zini rivojlantirish psixologiyasi o’z-o’zini ang-lashni istagan har bir shaxs uchun kerak. Bugungi davr shuni talab etmoqdaki bizning jamiyatda psixologlar o’rni beqiyosdir.

Download 391,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish