Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Fayzieva M., Jabborov A.Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. – T.:«Yangi asr avlodi»,2007.–144 b.
2. Sharqona oila. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. G‘.B.Shoumarov umumiy tahriri ostida. Toshkent,2012. B. 122.
3. O. E. Eshmuradov “Oilaviy muhit va oilaviy munosabatlar psixologiyaning o‘rganish predmeti sifatida” “O‘zMU xabarlari” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali 2019 yil 1/6/1-soni. 162-164 betlar
TALABALAR O‘ZLASHTIRISHINI BAHOLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Boybekova Iroda Xaitovna
TerDUPI Pedagogika-psixologiya mutaxxasisligi I-bosqich magisti boybekovairoda@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda davr talabiga aylanayotgan ta’lim sifatini oshirishda yurtimizda qilinayotgan ishlar tahlili, oldingga qo‘yilgan maqsadlari va bu sohada erishilgan yutuqlar, o‘zgarishlar yoritilib berildi.
Kalit so‘zlar: Ta’lim-tarbiya, xalqaro standart tasnifi, ta’lim sifati, zamonaviy metodikalar, uzluksiz ta’lim, xalqaro standartlar.
Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odimlab borayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi, yosh avlod tarbiyasi birinchi o‘rindagi muhim masalalar qatorida bo‘lib qolmoqda. Zeroki,O‘zbekiston ravnaqi, kelajagi shu yoshlar, ya’ni zamonaviy kadrlar qo‘lida ekan, jamiki e’tibor ularning teran fikrli bo‘lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevorlardan biridir. Buning uchun esa,avvalo,ta’lim sifatini jahon andozalariga mos ravishda oshirish lozimdir. Zamonaviy ta’lim olishning o‘zi har bir shaxs zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Zeroki,ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol toptirish yuksak g‘oyali,milliy g‘ururli, chuqur ma’lumotli, ma’naviy va jismoniy yetuk qilib yetishtirish maqsadini ko‘zda tutadi va o‘z harakatlarini shu nuqtai nazardan yo‘lga qo‘yadi. Istiqlolning dastlabki qadamlaridanoq, yosh avlodni tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, demokratik davlat qurish vazifalariga bo‘ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o‘tilgandi. Oradan yillar o‘tib, zamonaviy innovatsion ta’limni turli usullarda amalga oshirish imkoniyatlari kundan-kunga kengayib bormoqda.Bularning barida butun mas’uliyat faqatgina o‘qituvchi zimmasigagina yuklatilmasdan ta’lim oluvchidan ham o‘z-o‘zini boshqarish talab etilmoqda. Ta’lim-tarbiyaga yangicha yondoshish,ta’lim sifatini oshirish, mavjud ta’lim dasturlarini zamonaviy talablarga muvofiq isloh qilish va yosh avlod tarbiyasi muammolarini oqilona tarzda hal qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu ulug‘ niyatlarni amalga oshirishda, avvalo, ta’lim tizimini maktab yoshigacha bo‘lgan bola tarbiyasidan boshlab, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yuksak aql-zakovat mohiyatini shakllantirish, buning uchun zamonaviy moddiy texnik va axborot bazasini yaratishgacha bo‘lgan barcha sohalarni isloh etish kerak. Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Universitetlarning milliy va xalqaro reytingini oshirish yo‘nalishida ishlarni muvofiqlashtirish va olib borish, universitetlarning va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirishning yo‘nalishlarini belgilab berishdan iborat edi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish,ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da tegishli ko‘rsatma va vazifalar belgilab o‘tildi. Unda oliy ta’lim muassasariga qabul kvotalarini oshirish, oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash, baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirish, ta’lim jarayonini shaffof, zamonaviy va adolatli tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni o‘zining kasb-mutaxassisligidan tashqari, faoliyatiga unga bog‘liq bo‘lmagan keraksiz tadbirlar va yig‘ilishlarga jalb etmaslik masalalari, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitish tizimlarini tashkil etish, shuning uchun birgalikda ikki tomonlama tan olinadigan diplom berishni joriy etish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli ko‘rsatma va vazifalar ijrosini taminsh bo’yicha topshiriqlar berilgan edi. Bu esa hayotimizda o‘z aksini topdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
2019 yilning aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti 2030 yilga qadar Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqladi. Ta’lim infratuzilmasini yaxshilash va kengaytirish hamda o‘qitish metodikalarini takomillashtirishdan tashqari, konsepsiyada talabalar o‘zlashtirishini baholashning xalqaro tadqiqoti – PISA reytingiga ko‘ra O‘zbekiston 2030 yilga qadar jahonning 30 ta etakchi mamlakatlari qatoriga kirishi maqsad qilib qo‘yilgan.
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya ishlari, samaradorligini keskin oshirishdan iborat. Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim tarbiya jarayonlari samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan o‘qituvchilar o‘rtasida uzliksiz ishlar olib borish zarur. Bu esa maktab o‘qituvchisi va o‘quvchisi o‘rtasidagi yoki litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasidagi munosabatlardan farq qiladi,bu bir tomondan ular o‘rtasidagi yosh xususiyatlariga, ijtimoiy-huquqiy mavqelarga bog‘liq bo‘lsa , auditoriyada “Ustoz-muallim” va “shogird-tinglovchi” tarzida, auditoriyadan tashqarida do‘stona aka-uka, xatto ota-bola munosabatlariga yaqin do‘stona dilkash bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Lekin shu vaqtgacha oliy maktab psixologiyasi, undagi talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi psixologik muhit chuqur tahlil qilinib chiqilmagan. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy etuklikning jadal surat bilan ro‘yobga chiqishidir. Talabalik davri o‘spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo‘lib 17-21 (25) yoshni o‘z ichiga oladi va o‘zining xususiyatlariga ega. Mazkur pallada o‘spirin o‘ziga ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi. Bunda kattalarning turli rollarini bajarib ko‘radi, turmush tarzining yangi jihatlariga ko‘nika boshlaydi.
Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlar, ma’lumotlar olishni ko‘paytirsa, osonlashtirsa ikkinchi tomondan yoshlarga biron mutaxasislikka oid bilimlarga barqaror intilish, qiziqishning pasayishiga hatto yo‘qolishiga olib keladi. Chunki qatiylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo‘r berish o‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallamoqda. Boshqacha misol bilan aytganda, ular tayyor axborotlarning quliga aylanib kelmoqdalar. Talabaning maktab o‘quvchisidan farqi shundaki, u faqat tinglovchi o‘quvchigina emas, mustaqil ilm, hunar oluvchidir ham. “Student” lotincha mustaqil shug‘ullanuvchi degan ma’noni anglatadi. Talabalarga mustaqil bilim olish,, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va hakozalarni o‘rgatishdir. Bu vazifani amalga oshirishning asosiy omili monologik ma’ruzadan dialogik ma’ruzaga muloqotga o‘tishdir.
Talabalarda ta’lim berish bu ularni bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar bilan ommalashtirish ular faoliyatini va psixikasiga ta’sir qilishdir. Ta’lim jarayonida uning mohiyati asosida talabalar psixikasining turli tomonlari shakllanadi. Ta’lim bo‘lg‘usi mutaxxasis shaxsining ilmiy dunyoqarashining ilmiy va boshqa xislatarining rivojlanishida bevosita ahamiyatga egadir. Talabalarni tarbiyalash bu qobiliyat onglilik burch, xissi, intizomlilik odamlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini tanqid qilish kabi shaxs xislatlari va xususiyatlarini shakllantirish maqsadida ularning psixikasi va faoliyatiga ta’sir qilishdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Bugungi kunda hayotimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning tub mohiyati bevosita ta’lim jarayoniga taqaladi. Ta’limda ilg‘or pedagogik tajribalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yanada takomillashtirish zarur.Bu orqali biz yoshlarimizning quyidagi xususiyatlarini rivojlantirgan bo‘lamiz:
- bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
- yoshlarni jahon arenalariga intilishlariga zamin yaratish hamda ularning yetuk kadr sifatidagi raqobatbardoshligini oshirish;
- ularda ijodkorlik hamda tanqidiy fikrlay olish qobiliyatlarini shakllantirish.
Yana shuni aytish lozimki, bugungi kunda oldimizda turgan asosiy hamda buyuk vazifamiz har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkizishdir.
-Motivatsiya bu xarakatga intilish, psixofizik jarayon talaba xatta-xarakati yo’nalishini belgilaydi. Talabalarda rag’batlantirish bu barcha ta’lim jamoatchiligi oldida turgan muammo.
Ta’lim soxasi mutaxassislari va ushbu soxa mutaxassislarining fikriga ko’ra motivatsiya o’quvchining shaxsiy va tashqi omillar tomonidan qo’llab quvvatlanadigan o’quv jarayonida ishtirok etish istagi bilan belgilanadi.Ba’zan talabalarning motivatsiyasiga yetarlicha etibor berilmaydi, bu xato. Avval siz motivatsiyani aniqlab olishingiz kerak. Bu inson xatti- xarakatlarini boshqaradigan va uning tashkil etishini yo’nalishini barqarorligini va faolligini belgilaydigan dinamik psixofiziologik jarayondir.Talabalarda o’qishga qanday rag’batlantirish –zamonaviy universitetlar o’qituvchilarning oldiga qo’ygan muxim savol,chunki aynan kelajak mutaxassislari iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asos va jamiyatning barqaror rivojlanishining asosiy saloxiyati xisoblanadi.
Talabalarda liderlikka xos bo’lgan xususiyatlarni shakllantirish bo’yicha psixologiya fanidan qator amaliy tadbirlar mavjud dastur,interfaol ta’lim uslubigi asoslangan amaliy mashg’ulotlarda o’z aksini topadi.
Talabaning liderlik xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixologik tadbirlarining metodologik asoslari bir muncha baxsli bo’lib,bu mavzuning puxta ishlab chiqilishi ushbu mashg’ulotlardan olingan natija samarasini belgilaydi.
Kreativlik (lot.,ing.”create”- yaratish “creative” yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi xamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, xis tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit xolda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi.Shuningdek kreativlik iqtidorning muxim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zexni o’tkirlikni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |