4-шўъба. Олий таълим тизимида психолог фаолиятини такомиллаштириш дарс таҳлилининг илмий – методик асослари


Keywords: Family, society, future, children, relationships, independent living, family strength, family values, parents. Аннотация



Download 391,92 Kb.
bet30/74
Sana31.05.2022
Hajmi391,92 Kb.
#623179
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
4-SHO`BA. TO`PLAM.

Keywords: Family, society, future, children, relationships, independent living, family strength, family values, parents.
Аннотация: В данной статье подчеркивается уникальная роль родителей в формировании личности детей с раннего возраста, всестороннем развитии их детей, их места в обществе, формировании в их сердцах чувства человечности и что у родителей должно быть больше этические, правовые, педагогические, психологические знания и, главное, практические навыки.
Ключевые слова: семья, общество, будущее, дети, отношения, самостоятельная жизнь, крепость семьи, семейные ценности, родители.

Ota-ona haqida so’z borar ekan, eng avvalo shuni ta’kidlab o’tishim lozimki , farzand tarbiyasi dast avval oiladan boshlanadi.Bola hayot uchun dastlabki tushunchalarni , bilimlarni oiladan oladi. O’zbek xalqi azaldan o’zining oilaparvarligi va bolajonligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turgan. Bu esa albatta farzandga mehr qo’yish, ularning qornini to'q va ustuni but qilish bilan birga ularni yuksak ma'naviyatli, qadr-qimmatli shaxs sifatida tarbiyalab, voyaga yetkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Shu o’rinda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajakda qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita tasir ko’rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanini tan olishimiz darkor” deb aytib o’tgan edilar.


Bola tarbiyasini amalga oshirishdagi eng jiddiy to'siq ota-onalarning psixologik va pedagogik mahoratining pastligi bilan bog'liq muammolar bo'lib, bu muammolar ta'lim tizimiga nisbatan ishonchsizlik, ota-onalarning farzandining ta’lim olishini na’zorat qilishga kam vaqt ajratishi, ularning bo’sh vaqtini qanday o’tkazayotganini na’zorat qilmasligi, o’qituvchi- murabbiylari bilan davomli tarzda muloqatda bo’lmasligi va eng muhimi farzandi bilan individual suxbatni juda kam qilayotgani ularning ya’ni ota-onalarning kamchiligi ko’pol bo’lsa ham aytish joizki ularning o’z vazifalariga mas’uliyatsizligidir. Dunyoga kelgan chaqaloq tashqi dunyoni ongsiz ravishda ko’radi. Mehribon va ehtiyotkor ota-onalarga uning xatti-harakati oddiy va tushunarli ko'rinadi. Ammo vaqt o'tishi bilan bolaning ichki hayoti yanada yashirin bo'ladi. Ko'pincha ota-onasi uning xatti-harakatlarini tushuntira olmaydi. Sezgi ko'pincha kuchsiz bo'lib qoladi. Kichkina odamning hayoti to'g'risida ilmiy bilimlarga bo'lgan ehtiyoj shu yerda paydo bo'ladi. Qishloq maktabida ota-onalar bunday bilimlarni o'qituvchidan olishlari mumkin. Shu sababli, boshlang'ich sinf o'qituvchilari ota-onalarni bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab va psixologiya ta'rifiga ko'ra, butun o'rta bolalik davrida (5 yoshdan 11 yoshgacha) tarbiyalashni boshlaydilar. Bu vaqtda bolada burch tuyg'usi, axloq tushunchasi va muvaffaqiyatga intilish paydo bo'ladi. Muloqot qobiliyatlari rivojlanadi. Bola o'zini o'zi belgilashni va muammolarni hal qilishni o'rganadi.
Maktabimiz o‘qituvchilari o‘z faoliyatida ota-onalarning pedagogik –psixologik savodxonligini oshirish uchun yig‘ilishi, semenar , treninglardan foydalanilmoqda. Bu sinf rahbarining o'quvchi oilasi bilan ishlashning eng muhim shakli, ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish vositasidir. Ota-onalar yig'ilishlarida biz ota-onalarni o'quv va tarbiya jarayonining mazmuni va metodikasi bilan tanishtiramiz. Qo'llaniladigan dasturlar, o'qitish usullari tavsifini beramiz, sinfdan tashqari ishlar, to'garaklar haqida gapiramiz. Pedagogik umumiy ta'limda biz ota-onalarga ma'lum bir yoshning xususiyatlari, bolalar bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish shartlari haqida ma'lumot beramiz. Biz ota-onalarga farzandlari bilan birgalikda o'yin o'ynashni taklif qilamiz. maktabga tayyorlashda fikrlashni rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o'yinlar, 6-7 yoshli bolalarda maktabga muhabbat uyg’otadigan o’yinlar o’tishlarishi lozimligini aytamiz.
Ota-onalar bilan individual ravishda muloqot qilish orqali biz ular bilan o'zaro hurmat asosida munosabatlarni o'rnatish, oilaga kelgusida yordam berish usullarini va ota-onalarga bolani tarbiyalash bo'yicha aniq tavsiyalarni berish imkoniyatiga ega bo’lamiz .Oilani pedagogik-psixologik qo'llab-quvvatlash - bu ota-onalarga shaxsiy muammolarini hal qilishda profilaktik va tezkor yordam ko'rsatishga yo'naltirilgan mutaxassislar - maktabgacha ta'lim tashkiloti vakillarining faoliyati,hamkorlik jarayonida maktab o’qituvchilarining faoliyati yaqqol ko’zga tashlanadi. Ota-ona nafaqat bolani tarbiyalashda bilim va ko'nikmalarga chuqur ega bo’lishi uning rivojlanishida muvaffaqiyatni belgilab berishini, balki o'zini ota-ona sifatida va shaxs sifatida anglab, bolaning ijobiy rivojlanishi uchun qalqon bo’lmog’i lozimdir.Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning faolligini oshirish, ularning bilimlarini tizimlashtirish, bolalar bilan ishlashning amaliy usullari bilan qurollantirish darkor. Bolaning har tomonlama kamol topishida bog‘cha va oila o‘rtasidagi hamkorlikning mazmuni, shakl va usullarini takomillashtirishning ahamiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bu borada tarbiyalanuvchilarning ota-onalarini sherigi sifatida ishlaydi. O'qituvchilar va oila a'zolari o'rtasidagi aloqalarning tabiati ham, samaradorligi ham oila bilan ishlash shakllarini to'g'ri tanlashni ko’rsatadi. O'zaro munosabatlar bolaga maqsadli ta'sir qilish zarurligini anglash, ularni muvofiqlashtirishning maqsadga muvofiqligini tushunishga asoslangan bo'lsa, ular eng samarali bo'ladi. Bu tomonlarning har biriga ma'lum talablarni qo'yadi. Umuman olganda, ular o'zaro munosabatda bo'lish va bir-birini hurmat qilish istagi va qobiliyati sifatida shakllantirilishi mumkin. Ota-onalar bilan ishlashning turli shakllari o'zaro bog'liq bo'lishi va yagona izchil tizimni (ma'ruzalar, seminarlar, suhbatlar, maslahatlar va boshqalar) ifodalashi kerak. Ota-onalarni pedagogika va psixologiya sohasidagi innovatsion g'oyalar bilan yanada ko’proq tanishtirish maqsadga muofiqdir. Ota-onalar bilan individual ishlash ham zarur, chunki oila chuqur intim jamoa bo'lib, ota-onalarda yuzaga keladigan individual pedagogik vaziyatlar va muammolarni muhokama qilish ba'zi hollarda faqat individual yo’l bilan hal qilinadi Yuqorda ta’kidlab o’tganimizdek bola voqelikning dastlabki ko'nikmalari va tasavvurlarini oilada ota-onasidan oladi, o'zini jamiyatning to'la huquqli vakili sifatida tan olishni o'rganadi. Ota-onalar farzandlar tarbiyasi va ularning rivojlanishi uchun mas'uldirlar. Ota-onalar bilan muhokama qilish uchun kichik mavzular yo'q, chunki ota-onalar bolaning rivojlanish xususiyatlari, ta'lim vazifalari, o'yin muhitini tashkil qilish usullari va uni maktabga tayyorlash haqida bilimga muhtoj. Ota-onalar bilan ishlash o'qituvchi faoliyatining murakkab va muhim qismidir. Muassasa rahbari va pedagoglarning asosiy maqsadlaridan biri ota-onalarni pedagogik jarayonga jalb qilishdir. yordam .O'qituvchi ota-onalar bilan ishlashning qanday shakllarini tanlamasin, asosiysi uning ishga shaxsiy qiziqishi, bolalar va ularning ota-onalariga do'stona munosabatida bo’lishi, o’z kasbiga ma’suliyat bilan yondashishi muhimdir.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ota-onalarning farzandlariga yanada mas’uliyatliroq bo’lishga, ularning bo’sh vaqtini unumli -foydali o’tkazishini na’zorat qilishga, ta’lim tizimidagi bilimlarni o’zlashtirishiga, xulq-atvoriga, muomila- madaniyatiga,kasbga to’g’ri yo’naltirilishiga, jamiyatda o’z o’rnini topishiga javobgarligini yanada ko’proq xis qildirishimiz lozim. Go’zal O’zbekistonimizning yanada gullab yashnashi, kamol topishi, butun dunyoga o’zbek nomining olib chiqilishi shu yosh avlodning ya’ni bolajonlarimizning qo’lida, shuning uchun biz ota-onalar, ta’lim tizimidagi barcha kadrlar bunga birdek ma’sulmiz. Yosh avlodga tayanch bo’lmog’imiz lozim.

Download 391,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish