4-SEMINAR: OʼRTA ASRLARDA YEVROPA VA ARAB TILSHUNOSLIGI. OʼRTA OSIYODA TILSHUNOSLIKNING RIVOJLANISHI. UYGʼONISH DAVRI TILSHUNOSLIGI. UMUMIY RATSIONAL GRAMMATIKANING YARATILISHI.
1-Topshiriq. O’rta asrlarda Yevropa tilshunosligiga oid quyidagi fikrlarga izoh yozing.
V-XV asrlar fanlar taraqqiyotida turg’unlik davri sifatida.
Lotin tili mantiqiy fikrlash tili va tadqiqotlar obyekti sifatida.
Tilshunoslikda realizm, nominalizm va kontseptualizm oqimlari.
2. Topshiriq. Quyidagi tushuncha, kontsept, ma’lumotlardan foydalanib arab tilshunosligining asosiy xususiyatlarini belgilang. Sabab-oqibat munosabatlarini o’zaro moslang (sonlar bilan harflarni moslang).
1. Qur’on tili va jonli arab tili orasida farqlar sezilishi
2. Kufa va Basra maktablarida tilshunoslik masalalari yuzasidan “fikrlar jangi” olib borilishi
3. Arab tilshunosligida lug’atlar yaratish an’anaga aylanib ketishi
4. Arab tilshunosligi fonetika sathining fleksiya hodisasiga uchrashi
5. Arab tilshunosligida sintaksisning o’rganilishi
6. Arab tilshunosligida morfologiyaning o’rganilishi
7. Arab tilshunosligida semantika (so’z ma’nosi)ning o’rganilishi
8. Arab tilshunosligida o’zga tillarning o’rganilishi
a) Tilshunoslikning ko‘pgina masalalarini yechishga turlicha yondashuvni bildiradi
b) Turli mavzu va hajmdagi lug’atlarning paydo bo’lishiga olib keldi
d) So‘z va so‘z formalarini yasash paytida undoshlar orasidagi unli tovushlar o‘zgartiriladi
e) So‘z turkumini-ismun (ot), fe’lun (fe’l) va harfun (yuklama, yordamchi so‘zlar va affikslarni) ajratish imkonin berdi
f) Arab xalifaligida tilshunoslikning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga turtki bo’ldi
g) So‘zlarning bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishini, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishini
h) Fors, mo‘g‘ul va turkiy tillar sistemasini o’rganish imkonini berdi
i) So‘zlar o‘rtasidagi sub’ekt - predikat munosabatining o‘rganilishi, gaplarning tuzilishiga ko‘ra otli, fe’lli va holli turlarga bo‘linishini, sintaksisning tekshirish ob’ekti sifatida gap, gapning struktur-semantik tahlilini yuzaga keltirdi
3-Topshiriq. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sinolarni tilshunoslikka qo’shgan hissalari bilan mos ravishda moslang.
bilishning ikki bosqichi (hissiy va idrokiy), umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa dialektikasi haqida ma’lumot beradi; so‘z ma’nolarini tasnif etadi (sodda va murakkab); atoqli va turdosh otlarni farqlaydi; umumiylik va xususiylik dialektikasini ochib beradi; sanskrit tilini puxta o’rgandi; dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltirilgan ”Saydana” asarini yozdi; morfemalar haqida, ya’ni so‘zning ma’noli birliklari haqida ham fikr yuritadi va ularni o‘zak hamda o‘zak bo‘lmagan (affiksal) turlarga ajratadi; «Asbobi xudut al xuruf» asari arab tili fonetikasiga bag‘ishlangan; «Asbob» asarida tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari o‘rganiladi (sinxron fonetika); fizikaviy tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi (savt va harf)
|
4-Topshiriq. Aql xaritasi texnologiyasidan foydalanib “Mahmud Koshg’ariyning lingvistik qarashlari” kontsepsiyasini yarating. Quyidagi har bir konseptdan foydalaning.
1. «Devonu lug‘atit turk»
2. «Javohirun nahv fil lug‘atit turk» («Turkiy tillarning nahv (sintaksis) javohirlari»)
3. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist-fonolog, leksikolog, leksikograf, lingvogeofaf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi
4. Turkologiya fanining asoschisi (turkiy qabilalarni birma-bir kezib, ularning tilidagi farqli xususiyatlarni aniqlaydi, til xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarni guruhlarga tasniflash imkoniyatiga ega bo‘ldi)
5. Sathlar bo‘yicha turkiy tillarni o‘zaro qiyoslab, umumiy va farqli jihatlarini ajrata oldi
6. Turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy fonologiyasi, qiyosiy leksikologiyasi, so‘z yasalishi hamda qiyosiy morfologiyasi qaqida batafsil ma’lumot bergan, lug‘at tuzishning namunali mezonini yaratgan, qiyosiy tilshunoslikning, dialektologiya, lingvogeografiya kabi tilshunoslik yo‘nalishlarining asoschisi
5-Topshiriq. Mahmud Zamaxshariyning lingvistik qarashlari konseptini yarating.
Arab tili grammatikasiga doir «Al-mufassal» asari.
«Muqaddimat ul-adab» («Adabiyotga kirish») asari. Asar besh qismdan iborat: 1) ot, 2) fe’l 3) bog‘lovchilar, 4) ot o‘zgarishlari, 5) fe’l o‘zgarishlari.
6-Topshiriq. Quyidagi dialektlarga asoslanib Alisher Navoiyning lingvistik qarashlarining asosiy jihatlarini bayon eting.
Til va nutq.
Mazmun va shakl.
Umumiylik va xususiylik dialektikasi.
7-Topshiriq. Umumiy ratsional grammatika uchun xos tushunchalarni toping.
Mantiq, aql-idrok, ratsionalizm, umumiy qonun, grammatika, universal grammatika, bir mazmunning turli ifoda shakllari, turli ifoda vositalar, til o’zgaruvchan hodisa, grammatika turli tillarda turlicha, o’ziga xos, grammatika mantiq qoidalariga doim ham birdek mos kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |