4-modul. Intrenet- global kompyuter tarmog’I 9-Mavzu: Internet tarmog’ining tuzilishi Reja



Download 270,65 Kb.
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi270,65 Kb.
#96321
  1   2   3   4
Bog'liq
tarmoq texnologiyalari


4-MODUL. INTRENET- GLOBAL KOMPYUTER TARMOG’I

9-Mavzu: Internet tarmog’ining tuzilishi Reja:



  1. Internet tarmog‘inmg tuzilish prinsipi.

  2. Asosiy tushunchalar va ta’riflar.

  3. Internet sohasidagi standartlar.

  4. Modemlar, signallarning modulyasiya va demodulyasiyasi

Tayanch so‘z va iboralar: Tarmoq, mustaqil tarmoq, kompyuter tarmoqlarining rivojlanish tarixi, Internetni tashkil etilishi, tarmoqlarda adreslash. Protokol, qoida, IR protokol, TCR protokol, tarmoq daraja, transport daraja, amaliy daraja, protokol ahamiyati.

  1. Internet tarmog‘ining tuzilishi

Internet (ingl. Internet = internet work) - tarkibiy tarmoq yoki quyidagi fizik tarmoqlar asosida quriladigan inter tarmoqdir:

-lokal - Local Area Networks (LAN) - katta bo‘lmagan xududlardagi (radiusi 1 -2 km dan ortiq bo‘lmagan) kompyuter tarmoqlari;

-global - Wide Area Networks (WAN) - turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq;

-shahar (yoki megap olislar tarmog‘i)- Metropolitan Area Networks (MAN) - yirik shaharlar- megapolislar xududlariga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan tarmoqlar.

Tarkibiy tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar, quyi tarmoqlar (subnet), tashkil etuvchi tarmoqlar yoki oddiygina tarmoqlar deb ataladi. Tarkibiy tarmoqning komponentlari ham lokal, ham global tarmoqlar bo‘lishi mumkin. Bitta quyi tarmoq doirasida barcha uzellar, ular uchun yagona bo‘lgan texnologiyadan foydalanib o‘zaro xarakatda bo‘lishadi. 1

2.1-rasm. Internet tarmog‘ining tarkibiy qismlari



  1. Asosiy tushunchalar va ta’riflar

Internet - Yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash qurilmalarini yagona butunlikka bog‘lovchi, butun dunyo kompyuter tarmog‘idir:

-stol ustida turadigan shaxsiy kompyuterlar, serverlar, PDA, televizorlar, mobil kompyuterlar - xost tizimlar yoki oxirgi tizimlar;

-Ishchi stansiya - kompyuter tarmog‘ining abonenti bevosita ishlaydigan kompyuterdir;

-Server - bu kompyuter tarmog‘ining umumiy masalalarini bajaruvchi va ishchi stansiyalarga xizmatlami taqdim etuvchi kompyuterdir.

Host - bu IP-adresga ega, Internet tarmog‘iga ulanadigan universal nuqtadir. Bu kompyuter bo‘lib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qo‘llab- quvvatlovchi, bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Host kommunikatsiya tarmog‘ining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi.

IP-adres qaydlangan 4 bayt (32 bit) uzunlikka ega. IP-adresning taqdimlanish keng tarqalgan shakli to‘rtta raqam ko‘rinishida yozilishidir, xar bir bayt qiymatini nuqtalar bilan ajratilgan o‘nli shaklda taqdimlanishidir, masalan: 128.10.2.30.

Bu adres ikkilik formatda ham taqdimlanishi mumkin:

10000000000010100000001000011110

T armoqdagi IP-adreslarning maksimal soni 232=4 294 967 296 bo ‘ladi.

Insonga raqamli adresni eslab qolish ancha mushkuldir, shuning uchun ismlarning domen tizimi (DNS) kiritildi, u raqamli Internet - adresga mos noyob domen ism qo‘yiladi. Domen - bu bir qancha belgilar bo‘yicha birlashtirilgan kompyuterlar guruhidir. Domen tizimi ierarxik strukturaga ega: yuqori (birinchi) daraja domenlari; ikkinchi daraja domenlari; uchinchi daraja domenlari va x.k



2.2-rasm. Ismlarning domen tizimiga misol

Xost tizimlar orasida bog‘lanish maxsus kommutatsiyalovchi qurilmalar - marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar to‘plami yordamida amalga oshiriladi. Marshrutizator o‘zining kirish aloqa kanalidan birida uzatilayotgan ma’lumotlar porsiyasini qabul qiladi va uni o‘zining chiqish aloqa kanallaridan biriga yo‘naltiradi. Paketlar - uzatilayotgan ma’lumotlar p orsiyasi. Paket o ‘tadigan aloqa kanallari va marshrutizatorlar ketma-ketligi - marshrut yoki paketning tarmoqdagi yo‘lidir. Paketning yo‘li avvaldan ma’lum emas va u bevosita uzatish jarayonida aniqlanadi.

Oxirgi qurilmalarni Internetga kirishi Internet xizmatlarini yetkazib beruvchilar yoki Internet-provayderlar orqali amalga oshiriladi. Internet- provayderlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:

-marshrutizatorlar va aloqa liniyalari tarmog‘ini taqdim etadi va oxirgi qurilmalarni tarmoqqa turli usulda ulanish imkoniyatlarini taklif etadi, masalan - Dial-up, raqamli AL yordamida keng polosali ulanish, lokal tarmoq orqali yuqori tezlikli kirish, simsiz kirish;

-Web-saytlar tarmog‘iga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ulanish.

Mahalliy Internet-provayderlar milliy va xalqaro zvenolar provayderlariga ulanishadi.2

Magistral operatorlari ulkan territoriyalarda (mamlakat, kontinent) magistralaloqa kanallariga ega bo‘lishadi. Regional operatorlar bitta regionda (viloyat, o‘lka, shtat) xizmatlarni taqdim etadi. Lokal operatorlar shahar chegarasida xizmatlarni taqdim etadi.

Har bir Internet-provayder ma’muriy birlik bo‘lib, IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlarngi uzatadi va Internetda qabul qilingan ismlar va adreslar bo‘yicha kelishuvlarga rioya qiladi. Xostlar, marshrutizatorlar va Internetning boshqa komponentlari tarmoq ichida axborotni qabul qilish va uzatishni boshqarish uchun protokollardan foydalanishadi.

Protokol - tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to‘plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi.

Internet tarmog‘i turli qoidalar (protokollar) bo‘yicha ishlaydigan tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun shlyuzlar (maxsus kompyuterlar) qo ‘llanadi.

Internet tarmog‘ida protokollarni 2 turi mavjud - bazaviy va amaliy. Bazaviy protokollar (TCP/IP) ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha fizik jo‘natilishiga javob beradi. Amaliy protokollar - maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi, masalan (http - gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp - fayllarni uzatish protokoli).

TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server amaliy daraja (satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz satxida bajariladi. Port nomeri - bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir.

Umum ma’lum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan nomerlanadi. Misol, port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port 80 - HTTP





2.4-rasm. O‘rnashganjoy va funksiyalar.



3 tarmoq 3 protokol

Brauzer (browser) - (ingl.tilidan to browse - ko‘rib chiqish, sahifalash) Internet sahifalarini ko‘rishuchun dastur, to‘g‘rirog‘i, Butundunyo to‘ri.



2.5-rasm. Brauzerga (browser) misol.

protokoli.

Internetda Web-hujjatning har birida (va har bir ob’ektda) o‘zining murakkabadresi mavjud — u resursni ko‘rsatuvchi URL (Uniformed Resource Locator) deyiladi yoki, qisqacha, URL-adres deyiladi.

http://www.schooLneuhtm/images/27_1 .gjf




Download 270,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish