4-modul. Intrenet- global kompyuter tarmog’I 9-Mavzu: Internet tarmog’ining tuzilishi Reja



Download 270,65 Kb.
bet2/4
Sana30.12.2021
Hajmi270,65 Kb.
#96321
1   2   3   4
Bog'liq
tarmoq texnologiyalari

bo vicka berdgau resursa

kinsh amalsa oshinLadi va u

adresumg boshqa qismlaridau

ikki uuqta ikki qiya cbiqizLar

bdau airatiladi

Kompyuterums

domeu uomi uuda

mazkur xujjat

saqlauadi

Ko rsatdgau

kompyuterda

saqlaugau A1 eb

xujjata kinsh yo Li

Amaliy prtokol aomi u

2.6-rasm. URL-adres strukturasi.

Uznet (Uznet = uz + net) — Internet tarmog‘ining O‘zbekistondagi qismi.Uznetda rus tili keng tarqalgan, bu Uznetni Runetga “qisman kiritish” imkonini beradi. O‘zbek tilidagi saytlar orasida O‘zbekiston Vikipediyasi mavjud. Ko‘p xollarda Uznet deyilganda Tas-IX trafikni almashtirish tarmog‘i tushuniladi, chunki Tas-IX ichidagi resursga kira oladigan ko‘pchilik provayderlar abonentlari uchun u tekindir.

.uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda registratsiyadan o‘tdi va 2001 yil oxiriga qadar erkin foydalanishda bo‘lgan, bu vaqtda domen zonasini ma’muriyatlash xuquqi nemis kompaniyasi Euracom Equipment GmBH ixtiyoriga o ‘tdi, uning O‘zbekistondagi vakili T omas kompaniyasidir.

2002 yil dekabrida .uz domen zonasiga xuquq O‘zAAA (xozirgi O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi) tizimiga kiruvchi UZINFOCOM markaziga berildi, bu markaz xozirgi vaqtgacha bu xuquqqa ega.

2010 yil fevralida 10 000 domen ro ‘yxatga olindi, 2015 yi avgustida ro ‘yxatga olingan domenlar 23 000 dan ortib ketdi.

Internet tarmog‘ining rusiy zabon qismi Runet (Runet = ru + net) foydalanishga tabiiy xolda 1990 yillarning ikkinchi yarmida kirib keldi, uning kelib chiqishi aniq emas. Izohlarda biri inglizcha network (net) “tarmoq” kelib chiqqan bo‘lishi mumkin ru - domen ismi + net. Rossiya Federatsiyasi 1993 - 1994 yillarda InterNIC ga ulanildi va Rossiya domeni .RU qaydlandi. Shu vaqtdan boshlab Rossiya Federatsiyasida Internet mavjudligi xalqaro darajada rasman tasdiqlandi.

2.3. Internet sohasidagi standartlar

Internet - tarmoqlar ichidagi eng o‘zgachasidir. Amaliyotda istalgan ob’ekt resurslarni yoki ularga kira olishni taklif qilishi uchun Internetga ulanishi mumkin. Internetda axborotning istalgan turi xech qanday cheklanishsiz bemalol aylanib yurishi mumkin. Internet tarmog‘i ishlashini tartibga soluvchi markaziy organ mavjud emas, lekin ma’lum bir fundamental prinsiplarni o‘rnatuvchi va tarmoq ishlashini boshqaruvchi tashkilotlar mavjud. O‘z falsafasi bo‘yicha Internet tarmog‘i avtonomdir va xatto anarxiyalikdir; oqibat natijada bu uning qudrati va

zaifligidir.



Bir qator tashkilotlar mavjudki, ular Internetni ma’muriylashtirish va qo‘llab- quvvatlashda bo‘yicha turli tadbirlarda qatnashadilar. Mazkur kitob kontekstida bunday tashkilotlar qatorida quyidagilarni aytib o‘tish lozim: CERT, IAV, IETF, IESG, IRTF, ICAnN va The Internet Society (ISOC sifatida ma’lum bo‘lgan, Internet jamiyati).

Kompyuter himoyasi buzilishiga e ’tibor beradigan guruh (CERT) - Karnegi- Mellona Universitetining ekspertlar guruhi, ular Internet tarmog‘ida kompyuter himoyasi buzilishi bilan bog‘liq masalalarga javob berishadi. CERT 1998 yilning noyabrida ARPA tomonida o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi virusli dasturlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bir qator insidentlarga reaksiya sifatida tashkil etildi.

Internet arxitekturasi bo ‘yicha Kengash(IAB), dastlab -Internet tarmog ‘ining koordinatsion Kengashi - tarkibi 12 ekspertdan iborat ko‘ngilli organ, ular Internet ehtiyojlariga yordam berish uchun o‘zlarining kompaniyalari-sponsorlari resurslaridan foydalanishadi. IAB ikkita muammoli (ishchi) guruhlar: IETF va IRTF faoliyatini nazoratlaydi va koordinatsiyalaydi. Natijada bu tashkilotlar texnik siyosat va ishchi yo‘nalishni ishlab chiqaradi.

Internetning injenerlik muammolariguruhi (IETF) ustivorliklarni aniqlaydi, o‘rnatadi va qisqa muddatli masalalar va muammolar, jumladan protokollar, arxitektura va ekspluatatsiya bo‘yicha yechimlar ishlab chiqadi. Taklif etilgan standartlar Internetda So‘rovlar, kommentariyalar va takliflar (RFC) ko‘rinishida e’lon qilinadi. Standartning oxirgi versiyasi ishlab chiqilgandan so‘ng u tasdiqlash uchun Internet injenerlarini boshqarish guruhiga(IESG) kelib tushadi.

Internetning ilmiy-tadqiqot muammoviy guruhi(IRTF) uzoq muddatli masalalar, jumladan adreslash sxemalari va texnologiyalar bilan shug‘ullanadi.

Ismlar va nomerlarni berish bo‘yichaInternet korporatsiya (ICANN)- 1999 yilda tashkil etilgan notijorat tashkilot. ICANN portlarning umumiy ma’lum bo‘lgan nomerlarini taqsimlash, IP-adreslarni boshqarish va domen ismlarini berish bo‘yicha IANA federal organining vakolatlarini o‘ziga olish uchun tashkil etildi. Portlar nomerlari 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattaliklarni tashkil etadi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlar 0 dan 1 023 gacha diapazon ichidagi raqamlar bilan nomerlanadi va tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlarda foydalaniladi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlar misollar ko‘rsatish mumkin: SMTP (Pochtani uzatish oddiy protokol), protokoli uchun 25 port, HTTP (Gipertekstli transport protokoli) protokol uchun 80 port T elnet Distansion xizmati uchun 107 port. TCP/IP protokoli bazazidagi Internet mijoz/server muxitida, server amaliy daraja protokolini hisobga olib, portlarni belgilaydi, u mijoz darajasida bajariladi. Shuningdek ICANN kompyuterlarni Internetgajoylashtirishni xoxlagan tashkilotlarga IP-adresni belgilaydi;IP-adreslar soni tashkilot xajmiga bog‘liq.

Internet jamiyati (ISOC) - ko‘ngilli tashkilotdir, u Internetni ma’muriyatlashtirish uchun qandaydir formal strukturani bildiradi. Internet jamiyati standartlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatini rasmiy xolda IESG ga bergan.

4. Modemlar, signallarning modulyasiya va demodulyasiyasi

MODEM (Modulyator—Demodulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to'g'ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o'zgartirish qurilmasidir.

Eng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan:



  • uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o'zgartirish;

  • qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor p olosali analogli signalni raqamli kodga teskari o'zgartirish.

Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o'zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan boo'langan.

Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o'zgartirishdir.

Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o'tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o'zgartirishdir.

Zamonaviy modemlarda ko'pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:



  • chastotali — FSK (F requense SHift Key ing);

  • fazali — PSK (Rpake SHift Keying);

  • kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).

Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning

(uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o'zgaradi, bunda uning amplitudasi o'zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gs va 1180 Gs. Chastotali modulyatsiya holaqitlargajuda turg'undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.

Fazali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo'lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o'zgarmaydi; faza— modulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.

Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo'llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar t aktida bir vaqtning o'zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o'zgaradi.

Modemlarning turlari. Ko'p gina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:

— tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;



  • faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;

  • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);

  • avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.

Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba’zida e sa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprosessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to'g'risidagi tovushli va yorug'likli xabarlash yelementlariga egadir. Doimiy xotira ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfigurasiyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko'pincha qayta dasturlanishi mumkin.

Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:


  • konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;

  • aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);

  • vazifasi bilan — turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun — faks—modemlar (haqiqatan ham, butunda ko'plab firmalar faks—modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo'lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);

  • uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi maTumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o'z ichiga oladi (bit/s da): 300, 600, 1200, 2400, 4800,9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600,56000.

Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba’zilari (masalan, MT1932, MT 2834 va b.): ham kommutasiya qilinadigan, ham kommutatsiya qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o'z ichiga oladi; modem va faks—modem rejimlariga ega.

Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga qu rilgan turlariga birmuncha batafsilroq to'xtalaniz. Avtonom modemlarni ko'pincha tashqi, apparatura ichiga mos qurilgani esa ichki modem deb ataladi.

Ichki modem qurilma ichki platasining raz’yoniga quyiladigan plata ko'rinishga ega, masalan, kompyuter tizimi platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ—11 tipidagi yevrorazyomga ham ega.

Tashqi modem — bu odatda katta bo'lmagan quticha ko'riiishdagi mustaqil konstruksya bo'lib, u manba — bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma—ket portiga — RS—232) va telefon kanaliga (RJ—11 raz’yoni) ulash uchun razgyomlar va indiketorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejnmlari to'g'risida ma’lumot beradi, masalan, indikatorlar quyidagilarni ko'rsatadi:



  • MR (Modem Ready) — modem tarmoqqa ulangan;

  • ON (Off Hook) — modem "trubkani" ko'tardi;

  • AA (Auto Answer) — modem telefon ko'ng'irog'iga javob bermoqda;



  • SD (Sarrier Detest) — modem liniyada boshqa modemni aniqladi;

  • DS (Data Sompression) — ma’lumotlarni siqish jarayoni bajarilmoqda;

  • YeS (Yerror Sontrol) — xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.

Tashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar bo'lishi mumkin, masalan, HS (High Spyeyed) indikatori ishlash tezligi 1200 bit/s bo'lganda qizil rang, tezlik 2400 bit/s bo'lganda — yashil rang, tezlik 9600 bit/s bo'lganda to'q sariq rang bilan yoritiladi.

Ba’zi tashqi modemlar tovush balandligini rostlagichga ega bo'ladi, aslida bu ham ortiqcha emas. Shuning uchun tashqi modem ichki modemga qaraganda qimmatroq bo'lsada, u haqiqatan ham afzalroqdir.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, V.34 (V.34 bis) standartidagi tashqi modemlar kompyuterda asinxronli qabul qiluvchi VART 16S550 mikrosxemasi bo'lishini talab yetadi, 1994 yil va undan oldin chiqqan kompyuterlarda VART 8250 yoki VART 16540 mikrosxemalari quyilgan, ular V.34 standarti ishlatilganda almashtirilishi kerak.

Yana shuni inobatga olish kerakki, tashqi faks —modemlar ikkita sinfga bo'linadi:



  1. sinf. faksimil aloqani ta’minlash dasturi bilan faksi—nil xabarlarni kompyuter tomonidan qabul qilish va uzatish bo'yicha asosiy ishni bajarishni nazarda tutadi.

  2. sinf. fakslarni uzatish va qabul qilishning hammajarayonlarini modemning o'zning vositalari bilan amalga oshiradi; tabiiyki, Slass 2 modemlari bir necha marta qimmatroq, lekin ular birmuncha ayniqsa, ko'p masalali operasiyey tizim bilan ishlaganda samaraliroqdir.

Ixcham (portativ) kompyuterlar uchun Yeaslset, PSMSIA va RS—Sard klassidagi modemlarni aloxida eslatish kerak, ular bu kompyuterlarning telekommunikatsiya tizimlarida va kompyuter tarmog'larida ishlash imkonini beradi; xususan, MNP10 bayonnomasini ta’minlaydigan PSMSIA modemlarn ixcham ShK elektron pochta bilan ishlashmni va chaqqon radiotelefon orqali Internet tarmog' i bilan ishlashini ta’minlay di.

Rossiya bozorida Zyxel, US Robotiss, Motorola, GVS, Multitech, IDS va b. firmalarning modemlari keng tarqalgan. Bulardan eng omaviylari birinchi ikkita firmanikidir. Tayvan Zyxel firmasining modemlarida o'zining xatoliklardan hamoya qiluvchi samarali ZySeli bayonnomasi ishlatishadi, u past chastotali Rossiya aloqa kanallarida, hattoki uyali telefon kanallarida ham yaxshi ishlashni ta’minlaydi va boshqalarga nisbatan fakslarni yaxshiroq qabul qiladi va jo' natadi, lekin ular, odatda, qimmatroqdir. Amerika US Robotiss firmasining modemlari ommaviyligi bo'yicha hali 1995 yilda ham Zyxel modemlaridan ancha orqada qolgan edi, lekin hozir amalda ulardan uzib ketdi. Bular ommaviyligining asosi shundaki, ular kompyuter tarmoqlarida yaxshi ishlaydi va narxi yuqori emas, hamda Robotiss V.34 bayonnomasining yuqori tezlikli modemlarini ishlab chiqarish bilan Zyxel modemlaridan yanada o'zib ketdi.

Hozir Robotiss uch turdagi modemlarni ishlab chiqarmoqda:


  • Sportster — minimum vazifalar bilan ta’minlangan, uncha qimmat bo'lmagan modemlar;

  • Sourier — professional yuqori tezlikli modemlar;

  • Woridport—uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo'ljallangan modemlar.

Modemlarning ko'pgina turlari juda rang—barang servis imkoniyatlarini

ta’minlaydi. Masalan, firmali dasturli ta’minot Zvoise bilan jixozlangan Zyxel V seriyadagi modemlar faks, avtojavob beruvchi va NAA vazifalarini avtomatik rejimda juda samarali bajarishi mumkin. Masalan, telefonda kulayroq bo'lganda faks—modem «trubkani ko'taradi», abonent nomerini aniqlaydi, uni ekranda yoritadi; keyin, avtojavob beruvchi kabi, salomlashishini amalga oshiradi va u bilan kim ulangamini taxlil qiladi. Agar u faks salomlashishini eshitsa, u holda faksni qabul qiladi va agar printer ulangan bo'lsa, uni chop yetadi. Agar ma’lumotlarni uzatayotgan abonent qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, u holda faks — modem ularni qabul qiladi va o'ziga ulangan pochta qutisiga yuklaydi (albatta, shunday quti ulangan bo'lsa). Agar telefonda odam qo'ng' iroq qilayotgan bo'lsa, u holda nutqli axborot magnit diskiga yozilishi va keyinroq telefon orqali eshitib qurilishi mumkin. Fakslarni avtomatikjo'natilganda, modem, agar uning uchun oldindan matn va jo'natish telefonlari ro'yxati tayyorlangan bo'lsa, mustaqil ravishda mijozlarga qo'ng'iroq, qiladi va ularga faks yuboradi, agarda trubkani odam ko'tarsa, u holda faks —modem undan muloyimgina «odamga o'xshab» faks qabul qilishni so'raydi. 5-jadvalda zamonaviy modemlar ommaviy modellarining ba’zilari keltirilgan.

Zyxel Omni 288 va Zyxel yelite 2864 faks —modemlarida ISDN interfeysi borligini alohida ta’kidlash kerak, bu ularga istiqbolli raqamli tarmoqlarda ishlash imkonini beradi, kompyuterga esa bu modemlar parallel port orqali ulanishi mumkin. ISDN tarmoqlarida ishlashni Zoom Telephonies firmasining modeni — ISDN Duo ham imkon beradi, uning tarkibiga, xususan, 128 Kbit/s almashish tezlikli terminalli adapter va 33,6 Kbit/s almashish tezlikli integrallashgan analogli modem kiradi.

Modemlarda ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari

Modemlarda ma’lumotlarni uzatish va ularni o'zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mo s ravishda baj ariladi.

Ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi — bu ma’lumotlar shaklini va ularning aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentlovchi (tartiblovchi) qoidalar to'plamidir. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko'rsatilishi mumkin: ma’lumotlar qanday tasvirlanadi, ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyatsiya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda amaldagi shovqinlarni bartarafyetish va ma’lumotlarni uzatishning ishonchliligini ta’minlash qanday bajariladi.

Standart odatda o'z ichiga bayonnomalar to'plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi. Modemlar uchun ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari sohasidagi rasmiy tashkilot telegraf va telefoniya bo'yicha Xalqaro maslahat kengashidir — TTXMK (International Telegraph and Telephone Consultative Committee (CCITT)). Bu kengash yaqinda Xalqaro telekommunikasiya instituti deb qayta nomlangan (GSH — International Telesommunikation Union), ITU - TSS (International Telecommunications Union - Technical Standards Sector).

Amalda ma’lumotlarni uzatishning barcha modemli standartlari bu tashkilot tomonidan belgilangan; ularning tavsiflari 3-jadvalda kelshrilgan.



Telefonli aloqa kanalari bo'yicha ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari

  1. jadval

Protokol


Download 270,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish