Innovatsion texnologiyalarni ilmiy-tadqiqot tajriba- konstruktorlik ishlari (ITTKI), vazifalari, tamoyillari, bosqichlari va tarmoqlararo hujjatlar tizimi
8.1. 4.2.1.Innovatsion texnologiyalarni ilmiy-tadqiqot tajriba- konstruktorlik ishlari (ITTKI), vazifalari, tamoyillari, bosqichlari va tarmoqlararo hujjatlar tizimi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion jarayonlarning rivojlantirilishi makroiqtisodiy holatga bevosita ta’sir qiladigan jarayondir. Shuning uchun mazkur sohaning mamlakatimizda yanada rivojlantirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratilishi, iqtisodiyotning raqobatbardoshligining ortishi, inflyatsiya darajasining jilovlanishi, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining ortishi, iqtisodiyotning chetdan bo‘ladigan ta’sirlarga qarshi tura olish qobiliyatining shakllanishi va makroiqtisodiy barqarorlikka erishish asosida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradi. Bundan tashqari jahondagi innovatsion jarayonlarning kechishi AKTning rivojlanishi bilan mutanosiblikka ega. Bugun dunyodagi innovatsion jarayonlar quyidagi ijobiy o‘zgarishlar fonida sodir bo‘lmoqda: Investorlarning ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlanmalariga qiziqishing ortishi va bu sohani moliyalash hajmining keyingi yillarda o‘sishi;
Global telekommunikatsiyalar tarmog‘ining shakllanishi;
Internet texnologiyalardan foydalanish darajasining ortishi;
Informatsion, nano va biotexnologiyalar sohasida konvergensiya
jarayonlarining kengayishi;
Energiya tejovchi texnologiyalarning qo‘llanilish hajmining
ortishi va pirovardida ekologik muammolarning hal etilishi[11].
Yuqoridagi jihatlardan kelib chiqib shuni aniq aytishimiz mumkinki, AKT va innovatsiyalarning rivojlanishi uzviy aloqalarga egadir. Chunki global telekommunikatsiyalar tarmog‘ining shakllanishi va internet texnologiyalaridan foydalanish darajasining ortishi AKTning yanada kengroq tadbiq etilishi ortidan sodir bo‘ladi va innovatsiyalarning rivojlanishiga olib keladi.
Mamlakatimizda AKTning rivojlanishi quyidagi innovatsion rivojlanish yutuqlari bilan xarakterlidir: 1.AKTdan foydalangan holda elektron pullarni emmissiya qilish orqali inflyatsiya darajasining jilovlanishi. Inflyatsiya darajasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shu sababli inflyatsiyaning jilovlanishi makroiqtisodiy barqarorlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Elektron pullardan foydalanish esa naqd pul aylanmasini qisqartirishga olib keladi;
2.Elektron tijoratning vujudga kelishi. An’anaviy tijoratdan tashqari elektron tijoratning bugun AKTning rivojlanishi hisobiga infratuzilmasi tashkil qilinmoqda. Elektron tijoratning rivojlanishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini hajmining ortishiga bevosita ta’sir etadi;
3.Bank sohasida AKTning yutuqlaridan foydalanish hisobiga masofaviy bank xizmatlarining vujudga kelishi. Masofaviy bank xizmatlari kichik bines va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini to‘laqonli tashkil qilinishida o‘z aksini topmoqda;
4.Elektron raqamli imzo vujudga kelishi hisobiga moliya-xo‘jalik faoliyatining ish unumdorligi oshishi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq va statistika idoralariga taqdim etiladigan hisobotlarning bugungi
kunda 100 % elektron shaklda taqdim etilmoqda;
5.Plastik kartalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmining ortishi. Aholi manfaatlarini ko‘zlanib plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmining ortishi kundalik turmushda qulayliklar yaratmoqda. To‘lovlarning tezda amalga oshirilishi, kulayligi va to‘lovlar miqdori ko‘p bo‘lganda xavfsizligi shular jumlasidandir;
6.AKTning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi chet el investorlarining yuqori texnologiyalar sohasiga katta hajmdagi investitsiyalarning olib kirishiga turtki bo‘lmoqda. Iqtisodiyotga katta hajmdagi investitsiyalarni kirib kelishi global iqtisodiy sharoitda juda muhimdir. Chunki investitsiyalar hajmining ortishi mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ortishiga zamin hozirlaydi.