Bog'liq 8-Mavzu. 4.2.Q.X.INNOV.IZLANISh-IL.TADQ.VA TAJR.KONSTR.IshL. T. YЕSh.
Organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishda quyidagi shartlar bajariladi: organik mahsulot ishlab chiqaruvchisi muvofiqlikni baholash organi bilan organik mahsulotlar va organik mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash tartibini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtiriladi;
o‘tish davrida organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va mahsulot muomalasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga rioya qilinadi;
organik mahsulot ishlab chiqarish organik mahsulotlarga tegishli bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan ajratilgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi;
mahsulotlarni sotishda “o‘tish davridagi organik mahsulotlar” deb belgilashga ruxsat etiladi;
organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish muddati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va quyidagi qoidalarga:
sog‘lom hayvonlar va o‘simliklardan, kelib chiqishi hayvonot va o‘simlikdan bo‘lgan xomashyo va xavfsiz mahsulotdan foydalanish;
sintetik moddalar, pestitsidlar, gormonlar, antibiotiklar va kimyoviy oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanmaslik;
tuproqdan foydalanmasdan o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish usullaridan foydalanmaslik;
ionlashtiruvchi nurlanishdan foydalanmaslik;
qayta tiklanadigan tabiiy resurslaridan foydalanishni minimallashtirish;
yovvoyi o‘simliklarni qayta ishlashning kimyoviy usullaridan foydalanmaslik;
o‘simlik va hayvonot manbalaridan olingan chiqindilardan foydalanish, ular organik ishlab chiqarishda olingan taqdirdagina ruxsat etiladi;
ishlab chiqarish uchun organik mahsulotlarning o‘ziga xos turini tanlashda ekologik tizimlarni saqlash;
o‘simliklarni profilaktika choralari, shu jumladan, tegishli almashlab ekish, zararkunandalarga, begona o‘tlarga va o‘simlik kasalliklariga chidamli o‘simlik turlarini va navlarini tanlash orqali himoya qilish;
o‘simliklarni zararkunandalar, begona o‘tlar va o‘simlik kasalliklaridan himoya qilish mexanik, biologik va fizik usullaridan foydalanish;
tabiiy immunitetni rag‘batlantiradigan tabiiy xatti-harakatlar hisobga olgan holda tegishli binolar va boshqa sharoitlarni ta’minlash orqali hayvonlarning sog‘ligiga g‘amxo‘rlik qilish;
mahalliy sharoitga mos turg‘un turlarni, o‘simlik navlarini va hayvon zotlarini tanlash;
organik mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida, shuningdek, kelib chiqishi tabiiy moddalardan olingan ingredientlardan tashkil topgan ozuqa va ozuqa qo‘shimchalaridan chorvachilikda foydalanish;
an’anaviy usulda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, organik mahsulotlar bilan aralashib ketishni oldini olish maqsadida, organik mahsulotlar ishlab chiqarish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish, saqlash va transportda tashishning barcha bosqichlarida organik bo‘lmagan mahsulotlardan ajratilishni;
organik mahsulotlarga va (yoki) uning hayot sikli jarayonlariga qo‘yiladigan talablar organik mahsulotlarni ishlab chiqarish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga bilan belgilanadi;
organik mahsulotlarni qayta ishlashda organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar texnologik yoki zootexnik zarurat tug‘ilganda yoki parhez maqsadlarida foydalanishga ruxsat berilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari va ozuqa yem qo‘shimchalarini ishlatishni cheklashni ta’minlaydi.