badiiy adabiyot
da, xalq og`zaki ijodida o`z ifodasini
topdi.
Professor N.Mallaevning «O`zbek adabiyoti tarixi» kitobida yozilishicha, bizgacha yetib kelgan
ayrim afsona, ertaklarda bu narsa tasvirlanadi. Kitobda arxeolog S.Tolstovning Xorazm bo`ylab
olib borgan tadqiqotlari asosida Qoraqalpog`iston hududidagi
Guldursun
xarobalarining topilishi va
u bilan bog`liq afsona keltiriladi. Unda xalq qahramonligi, mardona kurashi va ayni paytda
xoinlarga munosabati o`z ifodasini topgan. (Izoh: afsona tahlil qilinadi).
Chingizxon istilosi yozma adabiyotga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bosqinchilar madaniyat
yodgorliklarini, san`at va adabiyot asarlarini yo`q qilib yuboradilar. Ilm-fan, san`at vakillarining bir
qismi janglarda halok bo`ladi, ayrimlari asir qilinadi. Ayrimlari boshpana izlab boshqa o`lkalarga
ketib qolishga majbur bo`ladi. Buxorolik shoir, adib va adabiyotshunos
Muhammad Avfiy
,
toshkentlik shoir
Badriddin Chochiy
, naxshablik (Qashqadaryo vodiysi) shoir
Ziyo Naxshabiy
va
boshqalar bir muncha tinch bo`lgan Hindistonga borib, ijodiy ish bilan shug`ullanadilar. Ayrim
olimlar, san`atkorlar va yozuvchilar Eron ga, Turkiyaga, Misrga va boshqa mamlakatlarga
boradilar. Jumladan, shoir
Kamol Xo`jandiy, Nosir Buxoriy
va boshqalar Eron ga borib, o`sha erda
turg`un bo`lib qolgan.
Ayrim ijodkorlar bir necha tilda ijod etadilar. Masalan, asli balxlik bo`lgan
Jaloliddin Rumiy
Kichik
Osiyoga borib, fors-tojik tilidagina emas, balki turk tilida ham asarlar yaratadi.
Husomiddin Osimiy
fors-tojik tilida, turkiy tilda va arab tilida ijod etadi.
Muhammad as-Samarqandiy
esa to`rt tilni –
turkiy, fors-tojik, arab va mo`g`ul tillarini mukammal bilgan. Bu davrda mulamma` h – shir-u
shakar (ikki yoki undan ortiq tilda asar bitish) janri taraqqiy etadi. Masalan, shoir Purbahoi Jomiy
misralari uch tilda – turkiy, fors-tojik va mo`g`ul tillarida bitilgan qasida yaratadi.
Bu davr adabiyotdagi bo`shliqni to`ldirishda mashhur «Ma`naviyi masnaviy» asarining muallifi
Jaloliddin Rumiy
ning xizmatlari buyukdir. U Mavlaviya tariqatining asoschisi sifatida o`z asarlarida
tasavvufiy g`oya, istiloh va timsollardan keng foydalandi. Shuningdek, Sa`diy Sheroziy asarlari,
Rabg`uziyning «Qisasi Rabg`uziy», Qur`oni karim mavzulari asosida Ali degan shoir tomonidan
1233-yilda o`g`uz lahjasida yozilgan «Qisasi Yusuf» dostoni, Pahlavon Mahmud, Badriddin
Chochiy merosi ham xarakterlidir.
Rabg‘uziyning “Qissai Rabg‘uziy” asari.
Sayfi Saroyi hayoti va ijodi.Rabg`uziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan
xorazmlik shoirdir. Uning asl ismi Nosiruddin bo`lib, Xorazmning Rabotu O`g`uz degan joyida
tug`ilgan. Asarining muqaddimasida otasi Burhonuddinning O`g`uz Rabotining qozisi bo`lganligini
aytib o`tadi. Asarda bu haqda
: «Bu kitobni tuzgan, toat yo`lida tizgan, ma`siyat yobonin kezgan, oz
ozuqlik, ko`p yozug`luk G`yaxshiligi oz, gunohlari ko`pG` Rabot O`g`uzining qozisi Burhon o`g`li
Nosiruddin...»
deb qayd etilgan. Rabg`uziy so`zini prof. N.Mallaev «Raboti o`g`uz»ning
birikuvidan kelib chiqqan deydi. «Qisasi Rabg`uziy» asari o`zbek nasrining qadimiy namunasi. Bu
asar islom dinini qabul qilgan mo`g`ul beklaridan biri bo`lgan
Nosiruddin To`qbug`a
ning
topshirig`i va homiyligida yozilgan. Asar hijriy 709-yil, melodiy 1309-10 yil, ba`zi manbalarda
Do'stlaringiz bilan baham: |