“ilk Uyg`onish davri”
deb atashga ham to`la asosimiz bor». (Buyuk
siymolar, allomalar. 1-kitob. T.,1995. 8-bet).
Bu davrda arab istilochilariga qarshi kurash avj oladi.
Ozodlik uchun
olib borilgan kurashlar
natijasida arab xalifaligi hukmronligi emirilib, davlat mahalliy amaldorlar ixtiyoriga o`tadi: avval
Somoniylar davlati, keyinroq Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolasi vujudga keldi.
Qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik
rivojlanadi. Buxoro, Samarqand, Marv, Ko`hna
Urganch, Xiva kabi shaharlar o`z davrining madaniyat markazlari sifatida tanildi. Mashhur «Ipak
yo`li» boshqa xalqlar bilan turli sohalarda hamkorlik qilishda asosiy aloqa yo`li vazifasini bajardi.
Bu davrda
me`morchilik
taraqqiy etdi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O`zgan, Marv
shaharlarida ko`plab saroy, masjid, xonaqoh, madrasa, minora, sardoba va boshqa binolar qurildi.
Bu binolar qurilishi o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Navoiy viloyatida XI asrda qurilgan Hazora
qishlog`idagi Dehgaron masjidi, Raboti Malik, Buxorodagi Masjidi jomening 1127-yilda qurilgan
minorasi, XII asr oxirida bunyod etilgan Vobkent minorasi, Urganchdagi Faxriddin Roziy
maqbarasi, Doya xotin ravoti, Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi va boshqalar shular jumlasidandir.
Bu davrda
naqqoshlik
ham rivojlandi. Turli binolarga ishlangan naqshlar buning dalili.
Musiqa
ham
taraqqiy etadi. Bu davrda rud, tanbur, barbat, daf, qo`biz, rubob, nay, surnay, karnay, qonun kabi
cholg`u asboblari keng tarqaladi. «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Sipahon», «Navo»,
«Tarona» kabi kuylar ijod qilinadi.
X-XII asrlar Markaziy Osiyoda ilm-fanning rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadi.
Falsafa,
mantiq, riyoziyot, tibbiyot, tarix, tabbiyot, tilshunoslik, adabiyotshunoslik
kabi sohalar rivoj topdi.
Arab tili Sharq mamlakatlari orasida ilm-fan tili sifatida shuhrat qozondi. Buxoro, Samarqand,
Termiz, Urganch, Marv, Balx, Bog`dod, Shom kabi shaharlar Sharq olimlari hamkorligining
markazi bo`lib qoldi.
Markaziy Osiyo olimlaridan
al-Xorazmiy, Abunasr Farobiy, Ahmad Farg`oniy, Ibn Sino,
Aburayhon Beruniy
va boshqalar jahon ilm-fani xazinasiga bebaho ulush qo`shdilar (Izoh:
talabalarga olimlar merosi bilan tanishish topshiriladi). Shuningdek, Abdulloh ibn Muslim
Marvaziy Dinovariyning «Kitob-ul-maorif», «Kitob-ush-she`r va-sh-shuaro»si, tarixchi Abusaid
Gardiziyning «Zayn-ul axbor», Bayhaqiy, Narshahiy, matematik va astronom Abdulmajid
Xo`jandiy, astronom Muhammad Balxiy, huquqshunos Burhoniddin Al-Marg`inoniy, tilshunoslar
Abulqosim Zamaxshariy, M.Qoshg`ariylar asarlari ham mashhur bo`ldi.
X-XII asrlarda badiiy adabiyot.
X-XII asrlarda
badiiy adabiyot
ham rivojlandi. Arab, fors-tojik va turkiy tilda badiiy asarlar
yaratildi. Bu davr adabiyoti haqida nishopurlik olim, yozuvchi, adabiyotshunos va tilshunos,
tarixchi
Abu Mansur as-Saolibiy
(961-1038)ning “Yatimat ad-dahr fi mahosini ahli al-asr” (“Asr
ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi”) nomli tazkirasi boy ma`lumot beruvchi muhim
manba sanaladi. Tazkira 995-1000 yillar mobaynida yozib tugatiladi. Tazkira to`rt qismdan tarkib
topgan bo`lib, uning har bir qismi o`n bobga ajratiladi. Tazkiraning to`rtinchi qismining dastlabki
uch bobi Buxoroning o`zida yashab ijod etgan 48 shoirning hayoti va ijodiga doir qaydlardan iborat.
Asarda keltirilgan Movarounnahr va xurosonlik shoirlarning she`rlari qasida, vasf, hajv, marsiya,
masnaviy, g`azal, urjuza janrlariga mansubdir.
X-XII asrlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |