bilan bog`liq. Shuning uchun ham bu davrdagi tarixiy sharoit, madaniy hayot, san’at
va adabiyot mo‘g‘ul bosqinchiligi bilan uyg‘un holda o`rganiladigan murakkab bir jarayon
Bu davr hayotini har tomonlama tasavvur qilish, o`rganish uchun manba bo`luvchi asarlar
anchagina. Jumladan,
Banokatiyning «Ravzatul-asbob...», Hamdulloh Qazviniyning «Nuzhat al-qulub» (Nuzhat – huzur
qilish, bezanish, qulub – qalblar) asarlari, shuningdek, Batuta, Vamberi, S.Tolstovlarning qaydlari
ham xarakterlidir. Ko‘pgina tarixchi olimlarimizning tadqiqotlari, yozuvchilarimiz Mirmuhsin va
Muhammad Alining badiiy asarlari ham bu davr manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi.
bosqinchilarining asoratiga tushib qoladi. XII asrning II yarmida vujudga kelgan Xorazm
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullarning ilk feodal istilochilik harakatlari avj olib
Osiyoga bostirib kiradi. Muhammad Xorazmshoh o`z qo`shinini bir joyga to`plash o`rniga, bo`lib-
bo`lib shahardagi qal`alarga joylashtirdi. Bu mo`g`ullarning osonlik bilan mamlakatni bosib olishga
qulaylik tug`dirdi. (B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. T.,1994. 418-bet).
Mo`g`ul bosqinining dahshatli oqibatlari haqida ko`p yozilgan.
H.Vamberi
Buxoro bosib
olingandan keyingi holatni shunday tasvirlaydi: «Barcha uylar vayron qilindi, hamma sandiqlar
buzildi. Behisob xazinalar talandi. Kitoblar yirtilib, hayvonlar oyog`i ostiga somondek sochildi.
Muqaddas kitoblar saqlangan sandiqlarni otlarga oxur sifatida ishlatdilar. Ilm yulduzlari bo`lgan
mullolar, shayxlar qullar kabi, e`tiborli jangchilarga xizmatkor qilib, goho esa, mo`g`ul baxshilariga
masxara uchun berildi... mo`g`ullarning ushbu birinchi hujumidan keyin, shubhasiz, Buxoro ko`p
ziyon ko`rdi va dahshatlarni boshidan kechirdi». (H.Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi.
T.,1990.23-bet).
Xalq mo`g`ul zulmiga qarshi, o`z mustaqilligi yo`lida jon berib jon oldi. Mahmud Torobiy, Temur
Malik, Jaloliddin Manguberdi jasorati tillarda doston bo`ldi. Ayniqsa, Muhammad Xorazmshohning
o`g`li
Jaloliddin Manguberdi
ning mustaqillik yo`lidagi mardona kurashi hammaga saboq
bo`larlidir. Shuning uchun ham Prezidentimiz
I.A.Karimov
Jaloliddin Manguberdi tavalludining
800 yilligi munosabati bilan so`zlagan nutqlarida shunday degan edilar:
«Sulton Jaloliddin siymosi
nafaqat Xorazm, balki butun O`zbekistonning faxr-u g`ururidir. U bizning ozodligimizga,
istiqlolimizga tajovuz qilmoqchi bo`lgan har qanday yovuz kuchga qarshi tik turib kurashishga,
mardona zarba berishga qodirligimizning tasdig`i va timsolidir»
. (I.A.Karimov. Jaloliddin
Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlangan nutq. 1999
yil 5 noyabr. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-tom. Toshkent:
O`zbekiston, 2000. 75-bet).
Shuning uchun ham hukumatimizning alohida e`tibori bilan
1999-yilda
uning 800 yilligi zo`r
tantanalar bilan nishonlandi. Uning mahobatli haykali Urganchda salobat to`kib turibdi...
XIII-XIV asrlar adabiyotining asosiy xususiyatlari.
Chingiz istilosining dahshatli oqibatlari, xalqning ularga munosabati, nafrati, bosqinchilarga qarshi
kurash, bu yo`ldagi qahramonlik g`oyalari
Do'stlaringiz bilan baham: