1311-yil
yaratilgan deb ko`rsatiladi. To`qbug`a Rabg`uziyga payg`ambarlar haqida asar yozishni
topshiradi va natijada «Qisasi Rabg`uziy» yuzaga keladi. Muallif asarni bir yil zahmat chekib
tugatganini qayd etadi. «Qisasi Rabg`uziy»ning turli davrlarda ko`chirilgan bir necha qo`lyozma
nusxasi mavjud. Ular dunyoning turli kutubxona va qo`lyozma fondlarida saqlanadi. Asarning eng
qadimiy qo`lyozma nusxasi XV asrda ko`chirilgan bo`lib, u Britaniya muzeyida saqlab
kelinmoqda. Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan. Manbalarga qaraganda,
XV asr
London nusxasi
1340-yilda Rabg`uziy tiriklik davrida ko`chirilgan. XV-XVI asrlarga
mansub
Sankt-Peterburg
, XIX asrga oid
Toshkent nusxalari
mavjud. XIX asrning II yarmi va XX
asrning boshlarida Toshkent, Qozon shaharlarida bir necha marta nashr etilgan. Asarning to`la
matni ilk marta rus turkiyshunos olimi
N.Ilminskiy
tomonidan 1859-yili Qozon shahrida e`lon
qilingan. Ushbu asar Radlov, Tomsen, Melioranskiy, Malov, Kononov, Bosim Atalay kabi xorijiy
turkiyshunos olimlar, Fitrat, N.Mallaev, T.Fafurjonova, I.Ostonaqulov kabi o`zbek olimlari
tomonidan tadqiq qilingan.
Rabg`uziy ushbu asarni yozishda Qur`oni karim, hadislar, Abu Ishoq Nishopuriy asari, islomga oid
turli kitoblar, shuningdek, Hasan Basra, Jobir ibn Ansoriy kabi qissago`ylar ijodidan foydalangan.
Asarni o`qir ekanmiz, Rabg`uziyning o`nlab bunday asarlardan ijodiy foydalanganligining guvohi
bo`lamiz. Bu manbalar ikkiga bo`linadi:
1. Adabiy manbalar.
2. Tarixiy manbalar.
Adabiy manbalar
ga, avvalo, Qur`onga yozilgan tafsirlarni, so`ng Ishoq Nishopuriy, Abul Hasan
Kisoiy qissalarini kiritish mumkin. «Qisasi Rabg`uziy»da Muhammad payg`ambar hayotigacha
bo`lgan qissalar bevosita Qur`on sharhi vazifasini bajargan badiiy asarlar, ikkinchi guruhga Imom
Ismoil Buxoriyning «Al Jome al sahih», Abu Iso at Termiziyning «Shamoili nabaviya» kitoblarini
kiritish mumkin.
Rabg`uziy payg`ambarlar haqidagi qissalarda olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy
ifodalashga harakat qilgan. Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Asar 72 qissadan iborat.
Qissalar mavzu jihatdan rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo`lgan Ollohni ulug`lash,
payg`ambar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand
munosabatlari, vatan va mehnatsevarlik, erk va adolat, do`stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik
kabilar shular jumlasidandir.
Asarda Nuh, Dovud, Sulaymon, Iso, Muso, Yusuf, Ya`qub, Ismoil, Ibrohim kabi
payg`ambarlar, Luqmoni hakim haqidagi hikoyatlar keltirilgan.
Asarda odamning, yer yuzi, ko`k, jin, farishtalarning yaratilishidan boshlab ma`lumotlar
keltiriladi. Mana olamning yaratilishi haqidagi xabar:
«Xabarda andog` kelur: Yakshanba kun
ko`klarni yaratti, dushanba kun oyni, kunni, yulduzlarni yaratti, falak ichinda turitti, seshanba kun
olam xalqinda qush-qurtlarni, farishtalarni yaratti, chahorshanba kun suvlarni yaratti, ellarni,
bulutlarni chiqardi, yig`ochlarni, o`t- yemlarni yaratti, undurdi. Ro`zilarni ulashturdi. Payshanba
kun ujmox, tamug`ni, rahmat va azob farishtalarni yaratti, hurlarni yaratti. Azina kun odamni
yaratti. Shanba kun narsa yaratmadi»
. «Qisasi Rabg`uziy». 12-bet.
Odamning yaratilishi haqida ham gap boradi. Jabroil, Isrofil, Mekoil tuproq olib kelishga
buyuriladi. Ular qilmagan ishni Azroil bajaradi. Shu uchun ham jonzotlar jonini olish unga
topshiriladi. Odamni tuproqdan yaratadi. Tog`, Tengiz, Ko`k ulardan yaratishni talab qilishadi.
Tuproq jim turgani bois undan yaratiladi 17-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |