etgan bir davridir. Bu davr adabiyoti ham mazmun, ham janr jihatidan rivojlandi, ijod bilan
ga yaqin shoir haqida ma`lumot beradiki, ularning ko`pchiligi mana shu davrda yetishib chiqqan
Bu davrda turkiy tilda ijod qilish o`ziga xos an`anaga aylana boshladi. Bu davr adabiyotining
rivojlanishida, turkiy adabiyotning taraqqiyotida temuriylarning, ayniqsa, Amir Temur, Boysung`ur
Mirzo, Shohrux Mirzo, Ulug`bek, Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalarning xizmati kattadir.
Bu davrda
xalq og`zaki ijodi
ayniqsa rivojlandi. Ko`plab afsona, rivoyat, hikoyatlar yuzaga keldi.
A.Temur, A.Navoiy, Ulug`bek, H.Boyqaro, Xo`ja Ahror keyinchalik esa Shayboniyxon obrazlari
bilan bog`liq turli afsonalar yuzaga keldi. Bu jihatdan «Amir Temur o`gitlari» va «El desa
Navoiyni» kitoblaridagi hikoyat va afsonalarga e`tiborni qaratish kifoya. Ulardagi «Amir Temur va
kampir», «Amir Temur va qo`y hadya etish», «Amir Temur va kabutar», «Amir Temur va ot
sug`organ ayol» kabi hikoyatlarda A.Temurning donishmandligi, saxovati, jonivorlarga muhabbati,
har ishdan xulosa chiqara olishi aytiladi.
A.Navoiy
bilan bog`liq afsona va hikoyatlarda «Navoiy va bulbul», «Dono savdogar», «Navoiy
o`tdi ko`changdan», «Mir Alisher bilan sulton Husayn» kabi afsonalarda Navoiyning oliyjanobligi,
donoligi, xalqparvarligi, adolat egasi ekanligi va boshqalar xususida gap boradi.
XIV asrda Qutb, Sayfi Saroyi, Xorazmiy kabi shoirlar, XV asrning birinchi yarmida Durbek,
Haydar Xorazmiy, Amiriy, Yaqiniy, Ahmadiy, Atoiy , Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Gadoiy, Lutfiy,
XV asrning ikkinchi yarmida A.Navoiy, Husayniy, XVI asrda Bobur, Muhammad Solih, Majlisiy,
Shayboniy, Ubaydiy, Xo`ja kabi shoirlar ijod qildilar.
Bu davrda tarjima adabiyoti ham rivojlandi. Qutb Nizomiyning «Xusrav va Shirin» asarini, Haydar
Xorazmiy «Maxzanul asror»ni, Mas`ud ibn Ahmad Sa`diyning «Bo`ston» asarini, S.Saroyi
«Guliston» asarlarini tarjima qildi.
Lutfiy Sh.A.Yazdiyning «Zafarnoma»si asosida doston yozdi. Umumun, bu davrlar o`ziga xos
yuksalish, taraqqiyot davri sifatida e`tiborlidir.
3. Atoyi ijodining o‘ziga xosliklari.
Atoiy XV asr birinchi yarmiga mansub shoirlarimizdan biridir. U bu davrda yashab ijod qilgan
Haydar Xorazmiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy va boshqa shoirlar qatori
turkiy adabiyotning rivojlanishiga, keyinchalik Navoiydek buyuk zotning yetishib chiqishiga zamin
hozirlaydi. Atoiy haqida Navoiyning «Majolis-un nafois» va «Muhokamat-ul lug`atayn» asarida,
Yaqiniyning «O`q va yoy» munozarasida ma`lumotlar berilgan.
Mavlono Atoiydan bizgacha 260 ta turkiy g`azallarini o`z ichiga olgan devon yetib kelgan. U
Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar fondida saqlanadi.
Atoiyning hayoti va ijodi haqida yetarlicha ma`lumot saqlanib qolmagan.
Navoiyning «Majolis-un
nafois»
asarida Atoiy haqida quyidagi ma`lumotlar yozilgan: «Mavlono Atoiy Balxda bo`lur erdi.
Ismoil ota farzandlaridandir, darvesh, va xushxulq va munbasit (ochiq ko`ngil, xushhol, shod-
xandon) kishi erdi. Turkigo`y erdi. O`z zamonida she`ri atrok (turklar) orasida ko`b shuhrat tutti va
bu matla` aningdurkim:
Ul sanamkim suv qirog`inda paridek o`lturur,
Foyati nozukligidin suv bila yutsa bo`lur.
Qofiyasida aybg`inasi bor. Ammo mavlono ko`b turkona (sodda va xalqona) aytur erdi. Qabri Balx
navohisidadur».
Navoiyning bu ma`lumotidan aniqlanadiki, Atoiy nasl-u nasab jihatidan bir-ikki avlod orqali
Ahmad Yassaviyga yaqin turgan. Mashhur shayxlar – otalar avlodidan bo`lgani uchun o`ziga
«Atoiy » taxallusini tanlagan.
Atoiy qayerda va qachon tug`ilganligi, asl ismi noma`lum.
Uning nasl-nasabi mashhur shayxlar-Ismoil ota, Ibrohim ota, Ahmad Yassaviylarga borib taqaladi.
Atoiyning Samarqand, Toshkent, Turkiston shaharlarida yashaganligi, yashagan bo`lsa qancha
muddat turganligi aniq emas.
Atoiyning taxallusi hozirda Atoiy, Otoyi, Otoiy tarzida har xil yozib kelinmoqda. Bularning qaysi
to`g`ri ekanligi matbuotda jiddiy munozaralarga olib keldi. Ko`plab bahslar, munozaralarga bu
so`zning o`zagi, qo`shimchalari haqida fikr yuritildi. Olimlarimiz Atoiy shaklida tadbiq etish va
atash haqiqatga muvofiq deb hisoblamoqdalar.
Atoiy g`azallari devonda tartib bilan joylashtirilgan. Shoir lirik merosining umumiy hajmi 1718
bayt, 3436 misrani tashkil etadi.
XV asr birinchi yarmida ko`plab shoirlar qatori Atoiy ham turkiy g`azalchilikning rivojlanishiga
munosib ulush qo`shdi. Bu davrda ham g`azal janri yetakchilik qildi. Shoir g`azallari mavzu
jihatdan rang-barang. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
Oshiqona g`azallar.
Diniy-tasavvufiy g`azallar.
Peyzaj xarakteridagi g`azallar.
Atoiy lirikasi
Do'stlaringiz bilan baham: