- zardushtiylarning alohida xudolarini madh etuvchi qo`shiq-oyatlardir. Ularda qadimiy
rivoyatlar ko`plab uchraydi. Bu rivoyatlarning ayrimlari Firdavsiyning «Shohnoma» sida o`z
ifodasini topgan. Yashtlarning aksariyati she`riy shaklda bitilgan;
- yasnalarga qo`shimcha tarzda yozilgan, 24 bobdan iborat ibodatga doir qo`shiqlardir;
- «Viydaivadota» so`zining o`zgargan shakli bo`lib, devlarga qarshi qonun ma`nosini
hisoblangan. Unda ibodat qilish tartibi, buni buzganlarni jazolash qonun- qoidalari ham aks etgan.
«Vandidod» 22 bobdan tashkil topgan. «Vandidod»da, shuningdek, o`likni yerga ko`mib, uni harom
qilgan yoki yolg`on va`da bergan odamni jazolash, tabiblar xususida, o`liklarni qo`yadigan
dahmalar qurish, ko`mish marosimi va o`likdan yomon jinlarni quvish uchun yoniga it olib borish,
it boqish va ularni ehtiyot qilish, ayollar bilan oyning qaysi kunlari munosabatda bo`lish, soch va
tirnoqlarni qachon olish va ularni toza saqlash, o`z qichqirig`i bilan yomon narsalarni qochiruvchi
xo`roz haqida, suvning shifobaxshligi, chaqaloqni parvarishlash, Axura Mazdaning odamlarni turli
«Kichik Avesto» - u Quyosh, Oy, Ardivusura, Bahrom singari xudo hamda ma`budalar sharafiga
aytilgan duo matnlarini o`z ichiga oladi.
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lishi bilan bir qatorda Turonu Eron va boshqa
Yaqin Sharq mamlakatlarining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tili, urf-odatlari, xalq
og`zaki ijodi, umuman, turli sohalar haqida ma`lumot beruvchi noyob qomusiy manbadir. Undan
o`rin olgan afsonalar, qo`shiqlar ma`lum ma`noda xalq og`zaki ijodining qadimiy janr
namunalarini o`zida aks ettirgani bilan ham ahamiyatlidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng, merosimizga, buyuk vatandoshlarimiz ijodiga
munosabatda jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Davlat miqyosida e`tibor berilmoqda. Jumladan, 2001
yilda Xorazmda «Avesto» ga bag`ishlangan yirik tadbirlar, ilmiy anjumanlarning o`tkazilishi
buning yorqin dalilidir.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari.
Mazkur obidalarning topilishi O`rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bog`liq.
Keyinchalik bu obidalar Sibir va Mo`g`ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, Markaziy
Osiyo, Kavkaz, Volga bo`yi va boshqa joylardan topilgan bo`lsa ham, shu nom bilan ataladigan
bo`lib qoldi.
Bu yodgorliklarning topilishi va o`rganilishi XVIII asrdan boshlanadi.
Rus xizmatchisi
Remezov bu haqdagi dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim
Messershmidt yodgorliklarni evropa ilm ahliga ilk marta taqdim qiladilar.
1893 yilda daniyalik olim
Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovlar yodgorliklardagi harflarni o`qidilar. Bu yodgorliklar
«tosh bitiklari» deb ham yuritiladi.
Ular Mo`g`uliston, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk
Britaniya, Frantsiya, Shvetsiya, O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`izistonda saqlanadi.
Yodgorliklar
asosan VI-VIII asr voqealarini aks ettiradi. 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keladi. V-VIII
asrgacha hukmronlik qiladi. Tosh bitiklarining katta qismi ana shu xoqonlikning tarixini tasvirlaydi.
«To`nyuquq» bitigtoshi ikkita ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm. dan iborat.
Bu yodgorlikni 1897-yili Elezaveta Klements Shimoliy Mo`g`ulistonda eri Dmitriy Klements bilan
birgalikda izlab topgan. «Kultegin» bitiktoshi marmardan ishlangan. Balandligi 3 m 15 sm, qalinligi
41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo`lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi
N.Yadrintsev 1889 yili Mo`g`ulistonning Ko`kshin O`rxun daryosi qirg`og`idan topgan.
«Bilga xoqon» bitigini ham Yadrintsev topgan. U Kultegin bitigtoshidan 1 km janubiy-g`arbga
o`rnatilgan.
Uning bo`yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm. U 80 satrdan iborat.
To`nyuquq - Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi. Unga qo`yilgan toshda
To`nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari, turkiylarning bir qancha dushman qabilalariga qarshi
kurashi, To`nyuquqning donoligi, tadbirkorligi, vatanparvarligi, turk xalqiga sadoqati ko`rsatilgan.
Mana bu tasvir shundan dalolat beradi: «Nega chekinamiz, dushmanni ko`p deb, nega qo`rqamiz,
o`zimizni oz deb, qani bosaylik, hujum qilaylik, dedim. Hujum qildik, dushmanni tor-mor qildik.
Ikkinchi kun keldi. Urushdik. Ularning qo`shini biznikidan ikki qanoti yarmicha ortiq edi. Tangri
yorlaqagani uchun, dushman ko`p deb biz qo`rqmadik, jang qildik. Ularni ham tor-mor qildik...»
(Qadimiy obidalar. 21-bet).
Kultegin - Eltarish xoqonning kichik o`g`li. Bitigtosh 702 yilda o`rnatilgan
. Akasi Bilga xoqon
tilidan Yo`llug` tigin yozgan. Unda Bilga xoqonning turk xalqiga aytgan yurak so`zlari bayon
qilingan. Kultegin dono, bahodir inson sifatida tasvirlanadi.
Bilga xoqon-Eltarishning katta o`g`li. Uning qabridagi yozuv ham Yo`llug` tigin tomonidan
yozilgan. Tosh 735 yilda o`rnatilgan.
Bulardan tashqari,
«Ungin bitigi», «Moyun Chur bitigi» borki, bular O`rxun bitiglariga
kiradi.
Enisey bitiglari hozirgi Tuva, Xakasiya hududidan topilgan. Bu bitiglar turli shakldagi-
yumaloq, to`g`ri burchakli granit toshlariga bitilgan. Ayrim lari qoyalarga, metallarga, oltin va
kumush idishlariga yozilgan.
Hozirgacha hammasi bo`lib 250 ga yaqin bitigtoshlar topilgan.
Enisey
bitiglari «Eletmish bilga xoqon yodnomasi», «Uyuq Tarlak yodnomasi», «Uyuq Turan yodnomasi»,
«Begra yodnomasi», «Chakul yodnomasi» kabi yodgorliklardan iborat. Ularda ham mardlik,
qahramonlik, dushmanga qarshi kurash tasvirlangan.
Bu yodgorliklarni nasr namunasi deb qarovchi olimlarimiz bo`lganidek, Stebleva ularni turkiy
xalqlar she`riy ijodining namunalari sifatida beradi
Bitiglarda «Edguti eshid, qatug`du tungla» «Yaxshi eshit, qattiq tingla», «Ichra oshso`z, tashra
jonso`z» «Ichda oshsiz, toshida to`nsiz» kabi maqolga o`xshash jumlalar mavjud.
Yodgorliklarning tili quyidagicha:
Qog`on ulurup yo`q jig`ay budunug Qoon bo`lgach kambag`al xalqni ko`p ko`portdum Yuksakka
ko`tardim.
Jig`oy budunug bay qiltim Kambag`al xalqni boy qildim.
Umuman, O`rxun-Enasoy yodgorliklari V-VIII asrlarda yashagan turkiy xalqlarning
madaniy merosi sifatida ajdodlarimizning ma`naviy -badiiy , ilmiy-tarixiy salohiyatining balandligi,
qadimiy va boyligidan yorqin nishonadir.
Mif va afsonalar. “To‘maris” va “Shiroq” rivoyatlari.
Xalq tafakkuri va ijodining mahsuli bo`lgan afsona va miflar sharoit va voqealardan kelib
chiqadi.
Markaziy Osiyo va Eron xalqlari orasida qadimiy davrlardan keng yoyilgan afsonalardan
biri
Do'stlaringiz bilan baham: