adibning nomi bilan atalmagan. Ammo XV asrdan boshlab o`zbek tili Navoiy tili nomi bilan tanila
boshlagan. Sharq mamlakatlarining ko`plarida Navoiy an`analarining davomchilari paydo bo`ldilar.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shoxruh mirzo davrida Hirot shahrida
tug‘ildi. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” – din-diyonat
nizomi, “Mir” – amir demakdir. Otasi G‘iyosiddin Muhammad (G‘iyosiddin kichkina) temuriylar
saroyining amaldorlaridan, onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, bobosi
Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan, buvilari temuriy
shahzodalarning enagasi bo‘lgan. Uch-t‘ort yoshlarida Qosim Anvor she’rlarini yod aytgan. To‘rt
1447-yilda Shohruh mirzo vafotidan keyin temuriylarning toj-taxt talashi keskinlashgach,
Alisherning oilasi Iroqqa ko‘chib, Taft shahrida yashay boshlaydi. Bu yerda u mashhur shoir
1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo taxtga o‘tirgach, G‘iyosiddin Sabzavor hokimi etib tayinlanadi.
Bu paytda Alisher Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Farididdin Attorning “Mantiq ut-
tayr” asarlarini o‘qir va yod olardi. Shuningdek, Xo‘ja Yusuf Burhondan musiqa ilmini o‘rganadi,
Shoir ona tiliga juda erta muhabbat qo'ygan edi. U 10-12 yoshlaridan boshlab, shaklan go'zal,
matla'si bilan boshlanuvchi g'azali Mavlono Lutfiyning yuksak bahosiga sazovor bo'lgan edi.
Alisher Navoiy o`smirlik chog`larida ota-onasidan erta judo bo`ladi. Sulton Abusaid Mirzo
uning tog`alarini qatl ettirali. Yosh shoir ham ta`qibga uchraydi. Navoiyning H`irotda qolishi
xayrlashmoqchi bo`ladi. Ammo uni topolmay, unga she`riy xat qoldiradi. Ushbu xatda Said
Ardasherga o`z mehr-muhabbatini izhor qiladi. Hirotdan jo‘nab ketayotganligining sabablarini
aytadi, o`z iqtidoriga yarasha qadrlanmayotganini, agar imkoniyat bo`lganida kuniga yuz bayt she`r
aytish o`tirib halvo yeyish bilan barobar ekanligini afsus bilan ta`kidlaydi. Shuningdek, Firdavsiy
"Shohnoma"ni 30 yilda, Nizomiy, “Xamsa”ni yigirma yildan ziyod vaqt ichida yozgan bo`lsa, o`zi
bunday asarlarni 30 oy ichida yozib tamomlashi mumkinligini uqtiradi. Shoirning bu so`zlarini
zamondoshlari mubolag‘a deb o‘ylashib, uning ustidan kulgan hollar ham bo‘lgan. Husayn Boyqaro
o`zining "Risola" sida shu haqda to`xtalib, Alisher Navoiy aytgach so`zining ustidan chiqqanligini
ta`kidlaydi. Haqiqatan ham, "Xamsa" uzog`i bilan 2-3 yil ichida yozib tamomlangan edi.
2. Xamsachilik yaqin va O`rta Sharq xalqlari klassik adabiyotida uzoq va murakkab tarixga ega
bo`lgan adabiy an`anadir. Xamsachilik an`anasi XV asrga kelib ancha keng tus oldi. Faqat uch
shoirgina ulug` xamsanavis bo`lib, Nizomiy qatoridan o`rin olishga muyassar bo`ldi, uning asari
bilan bellasha oladigan “Xamsa” yaratdilar. Bular ulug` hind shoiri Xisrav Dehlaviy (1253-1325),
ulug` fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va ulug` o`zbek shoiri Alisher Navoiydir.
Alisher Navoiy – «Xamsa»ni yozishga kirishganda 42 yoshda bo`lib, ayni ijodiy kuchga to`lgan,
hayot tajribalariga ega bo`lgan mashhur shoir, el e`tiborni qozongan buyuk olim va davlat arbobi
edi.
Zamondosh shoirimiz A.Oripov Navoiy shuhrati haqida “O`zbekiston” she`riida quydagi misralarni
bitgan edi:
Ko`p jahongir ko`rgan bu dunyoni,
Hammasiga guvoh – yer osti.
Lekin, do`stlar, she`r ahli oro,
Jahongiri kam bo`lar, rosti.
Besh asrkim, nazmiy saroyni,
Titriratadi zanjirband bir she`r,
Temur tig`i yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher.
Ha haqiqatan ham, jahongir Temur tig`i etmagan joylarni Navoiy o`zining qalami ila zabt etdi.
Navoiy «Xamsa»si bir-biridan mazmundor, biri ikkinchisining takrori bo`lmagan, biroq bir-biri
bilan ipga terilgan injulardek bog`langan «Hayratul-abror» (Yaxshilar hayrati), «Farhod va Shirin»,
«Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor» (Yetti sayyora) va «Saddi Iskandariy» (Iskandar devori)
dostonlarini o`z ichiga oladi.
3. Navoiyning o`zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o`rni va adabiy merosi. Navoiy jahondagi eng
sermahsul ijodkorlar sirasiga kiradi. 100000 baytdan ortiq lirik va epik asarlari jahon madaniyati
xazinasiga bebaho hissa bo'lib qo'shildi. Navoiy qoldirgan ilmiy-adabiy meros hayratlanarli
darajada ulkandir. Shoirning epik asari "Xamsa", to’rt lirik devonni o'z ichiga oluvchi "Xazoyin-ul
maoniy" asari, falsafiy dostoni "Lison-ut tayr", tarixga oid "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi
muluki Ajam", adabiyotshunoslikka oid "Mezon -ul avzon", "Majolis-un nafois", tilshunoslikka oid
"Muhokamat-ul lug'atayn", axloqiy-falsaviy asari "Mahbub-ul qulub, tasavvuf tarixiga oid
"Nasoyim-ul muhabbat", ruboiylar majmuasi "Nazmul javohir", diniy mavzudagi "Arbain", "Siroj-
ul muslimin", xotiralari "Xamsatul mutahhayirin", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", "Holoti
Pahlavon Muhammad", maktublar to'plami "Munshaot", vaqf ishlari haqida "Vaqfiya" va boshqa
bir qator asarlari xalqimizning ma'naviy-madaniy mulki bo'lib qolmoqda.
4. Alisher Navoiy lirikasi
Alisher Navoiyning lirik merosi mavzulari jihatidan g`oyat keng ko`lamli, g`oyaviy yo`nalishlari
rang-barang, janrlari xilma-xil, poetik mahorati esa g`oyat yuksakdir. Zahiriddin Muxammad Bobur
ta`biri bilan aytganda, hech kim Navoiychalik "ko`p" va "xo`p" yoza olmagan. Navoiyning o`zi
xam "Xazoyin" ning debochasida kuniga ba`zan besh-oltita g`azal yozganligini aytadi. Lirika
shoirning bir umrlik ijodiy mashg`uloti bo`lib qoldi. O`z ijodini g`azal bilan boshlagan Alisher
Navoiy umrining so`nggi nafaslarida ham shu janrda ijod qildi.
Navoiyning shartli ravishda "
Do'stlaringiz bilan baham: