Xalqaro moliya bozori orqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish
bilvosita
(kredit
(depozit)
bozori)
va
bevosita
(qimmatli
qog’ozlar)
moliyalashtirilishi mumkin.
Xalqaro moliyaviy aktivlar o’zida quyidagi xususiyatlarni jamlaydi:
1.
Mehnat natijalarini o’zida
mujassamlashtirgan holda
mustahkamlik, ishonchlilik xususiyati. Moliyaviy aktivlarning ishonchli
bo’lishiga tovarlar iste’moli, ayirboshlash va ishlab chiqarishning barcha
jarayonlari hamda vaqt omili sabab bo’lgan.
2.
Likvidlilik. Moliyaviy aktivlarning bu xususiyati ularni
istalgan vaqtda, tezda boshqa tovarlarga ayirboshlash xususiyatini
ko’rsatadi.
3.
Harakatchanlik.
Zamonaviy
iqtisodiyotda
aynan
moliyaviy aktivlar jahonning qaysi bir
joyida samarali foydalanish
imkoniyati paydo bo’lsa, shu erga tezda etib borish xususiyatiga ega.
4.
Universallik.
Hozirgi
davrda
barcha
iqtisodiy
munosabatlar moliyaviy munosabatlar bilan birga bo’lmoqda.
5.
Real aktivlar taqsimlanmagan holda moliyaviy aktivlarni
bo’linish xususiyati. Ularning bunday xususiyati investitsiyalarni tashkil
etishda nafaqat yirik investorlarni, balki kichik investorlar mablag’larini
ham jalb etish imkonini yaratadi,
vaqt omilini tejaydi, investitsiyalar
aylanish tezligini oshiradi, kapitalning daromadligini ko’paytiradi.
Kichik investorlar uchun investitsion portfellarini diversifikatsiyalash va
o’z daromadlarini ko’paytirish imkonini beradi.
6.
Qimmatli qog’ozlarning tovarga o’xshash xususiyati.
Qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdisidan keyin u iste’mol
qilinmaydi,
qimmatli qog’ozlar so’ndirilmaguncha muomaladan chiqmaydi.
Qimmatli qog’oz egasi ixtiyoriy vaqtda ularni bozorga olib kelib sotishi
mumkin.
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o’zgarishlarni boshqa bir
mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog’liq
bo’lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini
ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog’lik
rivojlanganligini o’zida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga
integratsiyasini ta’minlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Xalqaro qimmatli qog’ozlar erkin konvertatsiya
qilinadigan valyutalarda
nominal narxi o’rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro
anderrayterlar orqali ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog’ozlar
hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud.
Agar xalqaro qimmatli qog’ozlar bir mamlakat ichidagi ikkilamchi qimmatli
qog’ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo’lsa, bir vaqtning o’zida
ular mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin,
shuningdek, xalqaro qimmatli qog’ozlarni birlamchi
joylashtirish mamlakatlar
o’rtasidagi kapitalni qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo’ladi.