xalqaro tashkilotlar chetga
kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz ko’rinishida
hamda moddiy yordam ko’rinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy kapital xalqaro
kapitalning ikki xil: tadbirkorlik va ssuda kapitali shaklida namoyon bo’ladi.
Xalqaro tadbirkorlik kapitali tadbirkorlik foydasini olish uchun chet elda
bevosita va bilvosita mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo’yilgan mablag’lar
hisoblanadi.
Xalqaro ssuda kapitali esa muddatlilik, qaytarishlilik, to’lovlilik
shartlari
asosida, foiz ko’rinishida daromad olishni ta’minlovchi, bir mamlakatdan ikkinchi
mamlakatga chiqarilgan kapitalga aytiladi. Xalqaro ssuda kapitali chet el
valyutasidagi depozitlar yoki chet elga bank depozitlari va boshqa qo’yilmalar,
shuningdek kredit va qarzlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Statistikada ssuda
kapitali ko’rinishidagi investitsiyalarni “boshqa investitsiyalar” sifatida aks etadi.
Tashqi kreditlar va depozitlarning hajmi bo’yicha
rivojlangan mamlakatlar
etakchilik qilib kelmoqda. Oxirgi o’n yillikda ularning hajmi uch barobardan
ko’proqqa oshgan. Bunday kapitalning ¾ qismi banklar orqali xalqaro harakatga
keladi. Xalqaro ssuda kapital harakatining asosiy elementlaridan yana biri xalqaro
sindikatlashgan kreditlar
hisoblanib, ularng rivojlanishi tendentsiyasi xalqaro kredit
va depozitlar bilan bir xil bo’lmoqda va jami xalqaro
ssuda kapitali harakatidagi
ulushi atigi 2%ni tashkil etmoqda.
Rasmiy kapitalni xalqaro miqyosda ssuda kapitali tarzida tashkillashtirishning
mamlakat iqtisodiyoti uchun afzallik taraflari kattadir. Ssuda kapitalining afzalligi
foyda me’yori va qaytarilishida iqtisodiy risk darajasi kamligidir.
Xalqaro xususiy kapitalning tadbirkorlik kapitali sifatida qo’yishning afzalligi
uni yuqori darajada foyda olishni ta’minlashida va foyda olish maqsadida
tadbirkorlik kapitali mablag’lari elastikligi yuqoriligida namoyon bo’ladi.
Tadbirkorlik kapitali investorga o’z mulkidan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar va
portfel investitsiyalar shaklida foyda olishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik kapitali o’z
navbatida to’rt xil: to’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalar, portfel investitsiyalar, o’rta,
uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar shaklida namoyon
bo’ladi.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar – mamlakatga uzoq muddatli
iqtisodiy foydani ko’zlab qo’yilgan kapital bo’lib,
u investorga kapital
joylashtirilgan ob’ekt ustidan nazorat olib borishni ta’minlaydi. Bu odatda
korxonaning 10 foizdan kam bo’lmagan aktsiyasi yoki ulushiga ega bo’lishni talab
etadi.
Xalqaro portfel investitsiyalar – chet el qimmatli qog’ozlari (qarz
majburiyatini va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar va
boshqalar)ga qo’yilgan kapital bo’lib, u investorga kapital joylashtirilgan ob’ekt
ustidan real nazorat olib borish huquqini bermaydi. Odatda amaliyotda bunday
investitsiyalar aktsiya, obligatsiya, veksel va boshqa qarz majburiyatini ifodalovchi
qimmatli qog’ozlarning kichik paketi, shuningdek ba’zan portfel investitsiyalardan
alohida shakl kasb etuvchi qimmatli qog’ozlarning hosilalari ko’rinishida bo’lishi
mumkin.
O’rta va uzoq muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar – 1 yildan ko’p muddatga,
qisqa muddatlilari esa 1 yilgacha bo’lgan kapital qo’yilmalarga aytiladi.
Xalqaro portfel investitsiyalar qisqa muddatli
yuqori foyda olishni maqsad
qiladi. Bunda investorning qimmatli qog’ozlar portfeli shakllantiriladi va investor
uni boshqarish ya’ni portfelning foydasini maksimallashtirish hamda ushbu
portfelning risk darajasini kamaytirish orqali o’ziga maksimal foydani ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: