4-mavzu. Texnologiyalar konsorsiumi va innovatsiyalar(2 soat)
Reja:
4.1. Texnologiyalar transferi to‘g‘risida umumiy tushunchalar
4.2. Texnologiyalar konsorsiumining innovatsiyalarga ta’siri
4.3. Jaryonlar bo‘yicha innovatsiyalar
4.1. Texnologiyalar transferi to‘g‘risida umumiy tushunchalar
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM)ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan (3-jadval).
3-jadval
Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlari
|
Texnologiyalar transferi bosqichlari
|
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari bosqichlarini bajarish
Texnologiyani amalga oshirish imkoniyatini tekshirish
|
Tadqiqot natijalarini e’lon qilish
Patent arizalari berish
Anjuman va ko‘rgazmalarda qatnashish
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari natijalariga egalikhuquqini sotish
|
Tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarini bajarish
Mahsulotning sinov namunasi Texnologiya prototipi
Texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlash
|
Texnologiyani amalga oshirish uchun kichik korxona tashkil etish
Texnologiyani sotish
|
Texnologiyani maromiga yetkazish
Bozor namunalari yaratish
Sinov tariqasidagi sotuvlar
Servisni tashkil qilish
Ruxsatnoma olish
Sertifikatsiya
|
Mahsulotni ko‘paytirish (kichik seriyada) va sotish
Foydalanuvchilarni o‘rgatish Dillerlarni o‘rgatish
Servis
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
|
Sanoat texnologiyasi yaratish
Ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish
Mahsulotni sertifikatsiyalash va ishlab chiqarish
Diversifikatsiya
|
Mahsulot va xizmatlarni sotish Servis
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
|
Ishlab chiqarishni kengaytirish
Mahsulotlarni ko‘paytirish
Ishlab chiqarishnisertifikatsiyalash
Ishlab chiqarish va mahsulotniyangilash
Diversifikatsiya
|
Mahsulot va xizmatlar sotish
Servis
Foydalanuvchilarni o‘rgatish
Dillerlarni o‘rgatish
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
|
Shuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator omillar to‘sqinlik qiladi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust tashkil etilganligi;
ko‘pchilik TTMda ham ichki, ham xorijiy bozorlarga chiqish bilan bog‘liq muammolar;
TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining yetarli emasligi;
innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan meyoriy-huquqiy asoslarning yo‘qligi.
“Qanchalar qiziq tuyulmasin, Internet tarmog‘ida ommalashib borayotgan Cloud tizimi iqtisodiyotda ham o‘z ta’siriga egadir. Bunga misol sifatida texnologiyalar konsorsiumini tuzilishini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, firmalar gorizontal yo‘nalishda koalitsiyalar [2] tuzishadi. Bu koalitsiyalarning maqsadi birgalikda innovatsiyalarni joriy etish, joriy etish bo‘yicha tajriba almashinish va birgalikda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdir. Ushbu ishlar texnologik innovatsiyalarni yaratishda tannarx pasayiga olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, ular eng samarali hamkorlikda ishlardan biridir”.
4.2. Texnologiyalar konsorsiumining innovatsiyalarga ta’siri
Texnologik innovatsiyalar deganda yuridik shaxsning texnologik yangi mahsulotlar va jarayonlarni, shuningdek mahsulotlar va jarayonlarda sezilarli darajada takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli darajada takomillashtirilgan xizmatlarni, xizmatlar ishlab chiqarilishi (yetkazib berilishi) bo‘yicha yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq faoliyati nazarda tutiladi. Texnologik innovatsiyalar yuridik shaxs tomonidan birinchi marotaba ishlab chiqilayotgan mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar va usullar shaklida (agar ular boshqa yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilayotgan bo‘lsa ham) bo‘lishi mumkin.
Texnologik innovatsiyalarning ikkita turi mavjud. Bular: mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar va jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar.
Sanoat ishlab chiqarishida mahsulot bo‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi va takomillashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash va joriy etishni o‘z ichiga oladi. Texnologik yangi mahsulot – texnologik xususiyatlari (funksional belgilari, konstruktiv yo‘l bilan bajarilishi, qo‘shimcha operatsiyalari, shuningdek qo‘llaniladigan tarkibiy qismlar va materiallar tarkibi) yoki qo‘llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki yuridik shaxs tomonidan ilgari ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash mahsulotdan sezilarli darajada farq qiluvchi mahsulotdir. Bunday innovatsiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki mavjud texnologiyalardan, tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
“Texnologik konsorsiumlarning 4 turi mavjud bo‘lib, ular:
Ishlab chiqarish samaradorligini koalitsiyalar orqali takomillashtirish.
O‘zgarmas kapitalga investitsiyalar kiritishdagi xarajatlarni bo‘lishish.
Texnologiyalarni ortiqchalik samarsini oshirish uchun o‘zaro bo‘lishish.
Narx diskriminatsiyasi orqali innovatsiyalar xarajatini o‘zaro taqsimlash”.
Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot – bu yuqoriroq samarali tarkibiy qismlar va materiallardan foydalanish, bir yoki undan ortiq texnik tarkibiy qismlarini qisman o‘zgartirish (kompleks mahsulotlarda) yo‘li bilan ishlab chiqarilishining sifat bo‘yicha xususiyatlari yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir.
4.3 Jaryonlar bo‘yicha innovatsiyalar
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi yoki texnologik jihatdan sezilarli darajada takomillashtirilgan ishlab chiqarish, shuningdek mahsulotlarini yetkazib berish usullarini ishlab chiqish yoki joriy etishni o‘z ichiga oladi. Bu turdagi innovatsiyalar yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yangi usullaridan foydalanishga yoki ularni birgalikda qo‘llashga, shuningdek tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo‘lishi mumkin. Bunday innovatsiyalar, odatda, tashkilotda ilgari mavjud bo‘lgan mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki yetkazib berishning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi, shuningdek odatdagi usullar yordamida amalga oshirish imkoni bo‘lmaydigan texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalarni tashkilot birinchi bo‘lib joriy qilgan bo‘lishi muhim emas.
Texnologik innovatsiyalarga quyidagilar kirmaydi:
• mahsulotdagi estetik (rangida, bezatilishida) o‘zgartirishlar;
• mahsulotning konstruktiv vazifalarini o‘zgartirmaydigan, uning yoki tarkibiy qismi hisoblangan materiallar va komponentlarning ko‘rsatkichlariga, xususiyatlariga, narxiga yetarlicha sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan texnik va tashqi ko‘rinishda sezilarsiz darajadagi o‘zgartirishlar;
• vaqtinchalik talabni va tashkilotning daromadlarini ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan ilgari ishlab chiqarilmagan, ammo mahsulotlar, ishlar, xizmatlar bozorida yetarlicha ma’lum bo‘lgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish (boshqa ixtisoslik bo‘yicha bo‘lishi ham mumkin) evaziga ularning turlarini ko‘paytirish. Masalan, mashinasozlik zavodida mavsumiy talabdan foydalangan holda yozgi davrda boshqa ixtisoslik bo‘yicha mahsulot, ya’ni mix ishlab chiqarilishi;
• ma’lum modeldagi qo‘shimcha dastgohlarni o‘rnatish, hatto ularni shu modelning oxirgi modifikatsiyaga almashtirish evaziga ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;
• to‘laligicha boshqa tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan innovatsion tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish;
• tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar.
Takrorlash uchun savollar
1.Texnologiyalar transferi to‘g‘risida tushuncha bering.
2.Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari nimadan iborat?
3. Texnologik konsorsiumlarning qanday turlari bor?
4. Texnologiyalar konsorsiumining innovatsiyalarga ta’siri qanday?
5. Texnologik innovatsiyalar va ularning turlarini sanab bering.
6. Jaryonlar bo‘yicha innovatsiyalar.
7. Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |