Boshlovchi: Guvohi bo‘lganingizdek, shoira Zulfiya sadoqat va bahor kuychisi, chinakam o‘zbek ayoli. Bunday fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan insonlar kamdan-kam topiladi.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng Zulfiyaning hayoti, faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor berila boshlandi. Xususan, 1999-yildan boshlab iste’dodli va iqtidorli qizlarga “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilganligi fikrimiz dalilidir.
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, har bir darsimiz ezgulikka, ijodga qo‘yilgan qadamdir. Siz yoshlar kelajakda ezgu ishlar davomchisisiz. O‘ylaymanki, Zulfiya haqidagi xulosalar poyoniga yetgani yo‘q.
“Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarning amaliy ish usullari
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirining 2020-yil 21-dekabrdagi “Umumta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni va o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etiish tog'risida”gi 314-sonli buyrug’i asosida o'quvchi-yoshlarni madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, sog'lom'turmush tarzini targ'ib qilish, kompyuter texnologiyalari va dasturlash asoslarini o'rgatish kitobxonlik va kitob targ'ibotini kucharytirish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish bo'yicha tashkil etilgan darsdan tashqari turli to'garaklar, seksiyalar va klublar faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida barcha umumiy o'rta ta'lii muassasalarida o'quvchilarning ta'lim olishlariga sharoit yaratish va ularni darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun ommaviy va madaniy ma'rifiy yo'nalishdagi tadbirlar tashkil etishni hamda turli to'garaklar, seksiya va klublar faoliyati to'liq yo'lga qo’yildi.
“Tarbiya” fanidan to'garak tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko'p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi fanga alohida qiziqish ko'rsatgan o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. To'garakni o'tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak.
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
a) fan to’garaklari;
b) mohir qo’llar to’garaklari;
v) duradgorlik to’garaklari;
g) sport to’garagi;
d) badiiy havaskorlik to’garagi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida bu ishlarni ma’maviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari uyushtiradi va nazorat qiladi. Sinf rahbari to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi.
Sayxunobod tumanidagi 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus!” doirasidagi to’garaklarga jalb etish bo’yicha
SO’ROVNOMA
Familiya ism sharifingiz ___________________________________________
Sinfingiz___________________________
“5 ta muhim tashabbus” haqida nimalarni bilasiz? ______________________
________________________________________________________________
Qaysi sohaga qiziqasiz (sport, san’at, kitobxonlik, she’riyat, tikuvchilik, pazandachilik, komyuter texnologiyalari)?______________________________
Qaysi to’garakka qatnashishni xohlaysiz?_______________________________
Nima uchun?______________________________________________________
Maktabingizda “5 ta muhim tashabbus” doirasida qanday ishlar amalga oshirilishi xohlaysiz? _________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sayxunobod tumanidagi 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan to’garaklariga jalb etish bo’yicha
SO’ROVNOMA
Familiya ism sharifingiz ___________________________________________
Sinfingiz___________________________
Qaysi fanga qiziqasiz? _____________________________________________
Nima uchun? _____________________________________________________
Qaysi fan to’garagiga qatnashishni xohlaysiz? ___________________________
Kelajakda qaysi kasbni egallamoqchisiz? _______________________________
Nima sababdan shu kasbni tanladingiz? ________________________________
To`garak mashg`ulotlarining o’tkazilish jadvali fan o’qituvchisining taqdimnomasi asoida maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan o`quvchilarning jamoat ishlarida ishtirok etishi va dam olishlarini hisobga olgan holda, ularning yoshi, fiziologiyasining o`ziga xosligi, sanitariya-gigiyena normalari hisobga olgan holda tuziladi.
To’garakning yillik ish rejasi to’garak rahbari tomonidan fanning yillik taqvim mavzuiy ish rejasi asosida, ijodiy to’garaklarlarning yillik ish rejasi yo’nalishini hisobga olgan holda tuziladi hamda maktab direktori tomonidan o’quv yili boshida tasdiqlanadi.
Quyida “Tarbiya” fanidan to’garakning yillik ish rejasidan namuna keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |