Vafo va sadoqat kuychisi
O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag’ishlanadi
Zalda “Bahor valsi” kuyi taraladi. Sahnaga ikki qiz-boshovcilar chiqib kelishadi.
1-boshlovchi: -Assalomu alaykum, adabiyot va she’riyat muxlislari. Adabiy kechamizning aziz mehmonlari. Bugun biz xalqimizning atoqli va ardoqli shoirasi, O’zbekiston xalq shoiri “Nilufar” , Javoharla’l Neru nomidagi mukofotlar sohibasi Zulfiya Isroilova tavalludining 100 yilliginikeng nishonlayapmiz.
2-boshlovchi: Zulfiya ijodi boy, rang-barangdir. Shoira ellikdan ziyod kitob muallifi. Uning jo’shqin lirikasi, sevgi va sadoqati, tinchlikni ulug’lovchi dostonlari, hayotiy ocherklari ehtirosli publitsistikasi, go’zal tarjimalari, librettolari o’zbek adabiyotining xazinasiga qo’shilgan bebaho durdonalardir.
Zulfiya
1-boshlvchi: Zulfiya Vatanimiz jamoliga boqib to’ymaydi. Uni baland tog’lar, bahor faslining go’zalligini o’zida mujassam etgan gulzorlar, bog’-u rog’lar maftun etadi. U yerda ungan har bir giyohga, bog’bon mehnatiga mehr bilan boqadi. Bulbullar xonishi uni o’ziga rom etadi.
2- boshlovchi:
Bahor tongi tiniq va oppoq,
Borliq to’lgan gular hidiga.
Hislar uyg’oq, tabiat uyg’oq,
Uyg’un bo’lib kishi diliga.
E’tiboringizga shoira she’rlaridan namunalarni o’quvchi qizlarimiz havola etadilar.
1-boshlovchi: Zulfiya yuragida adabiyotga, she’riyatga ilk bor havas uyg’otgan inson onasi Xadicha aya edi.
2-boshlovchi: “Onamning qanchadan-qancha qo’shiq va afsonalari, doston va ertaklarni bilishiga aqlimiz bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va dostonlar bizga benihoya huzur bag’ishlar, o’ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etar edi”,- deydi u o’z xotiralarida.
1-boshlovhci:
Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uyg’oq.
Parcha qog’oz, kichik bir qalam,
Boshim uzra porlaydi chiroq.
2-boshlovchi:
Bunda qancha xayol, qancha kuy,
Men berilib quloq solaman.
So’z topolmay ifodasiga
Rang axtarib shishib qolaman.
-Zulfiya qalamiga mansub “Bog’bon”, “Men chizolmagan surat” she’rini rassom qizlar nigohi bilan o’qiymiz.
1-boshlovchi: - Taqdir shoirani o’ziga munosib yor bilan siylagandi. Zulfiya va Hamid Olimjon uzukka ko’ qo’ygandek bir-biriga munosib edi.
Ular 1936-yil bahorida lola sayliga chiqishadi. Oradan bir yil o’tgach Hamid Olimjon o’sha sayl soniyalarini xotirlab “Eng gullagan yoshlik chog’imda” she’rini yozgan edi.
2-boshlovchi:
Eng gullagan yoshlik chog’imda
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.
Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
(Hozir ana shu she’r bilan aytiladigan qo’shiqni tinglaysiz.)
1-boshlovchi:
Garchi yillar changi har nega qodir,
Meni qilolmadi yodingdan nari.
Yana huzuringda turibman, shoir,
Qo’limda bir quchoq bahor gullari.
2-boshlovchi:
Ajab, qarta yosh yoq bu kun ko’zimda,
Ko’ksimda yo’q zarra alamdan tugun.
G’am emas, shodlik bor qara ko’zimda,
Seni qutlagani kelganman bugun.
(
Do'stlaringiz bilan baham: |