1. Og’zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish faoliyati, to’garaklar, shanbaliklar.
3. Ko’rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
“Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarning og’zaki ish usullari
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’Iim muassasalarida 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbari faoliyatini tashkil etish haqida”gi 41-sonli buyrug‘iga ilova sifatida tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomda quyidagilar sinf rahbarining vazifasi sifatida belgilangan:
o‘quvchilarning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat gilish, yordamga muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otish;
sinf o‘quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o‘qituvchilar, yoshlar yetakchisi, psixolog, ota-onalar va ularning o‘mini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi), ta’Iim muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash.
Shu sababli sinf rahbari umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etiladigan “Ertalabki saflanish” tadbirlarida o‘quvchilarning qatnashishini bevosita nazorat qiladi hamda bu jarayonda sinf o‘quvchilariga rahbarlik qiladi.
“Ertalabki saflanish”ni tashkil etishda quyidagilar tavsiya etiladi:
Oʼquvchilarda fidoyilik va vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda davlat ramzlariga boʼlgan hurmatni mustahkamlash maqsadida taʼlim muassasalarida “Ertalabki saflanish” oʼquv yili davomida har haftaning dushanba kunlari tasdilangan reja asosida barcha oʼquvchilarning toʼliq ishtirokida oʼtkazish.
“Ertalabki saflaniiGda umumiy oʼrta taʼlim maktabining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari, Boshlangʼich tashkilot yetakchisi va sinf rahbarlari bevosita ishtirok etish lozimligi tavsiya etiladi.
“Ertalabki saflanish”ni doimiy ravishda alohida ajratilgan maydonda shuningdek, ob-havoga karab faollar yoki sport zalida oʼtkazish mumkin.
“Ertalabki saflanish” tashkil etiladigan maydon sarishta boʼlishi, har bir sinfning saflanadigan joyi aniq belgilangan boʼlishi, Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼini koʼtarish uchun moslama (flag shtok) boʼlishi shart.
“Ertalabki saflanish” oʼquv jarayoni boshlanishidan kamida 15-20 daqiqa oldin
tashkil etiladi.
“Ertalabki saflanish”da hafta davomida alohida yutuqlarga erishgan oʼquvchi (faol, aʼlochi va namunali xulqqa ega) tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼini tantanali koʼtarish marosimi bilan boshlanadi. Unda barcha oʼkituvchi va oʼquvchilar tomonidan tik turgan holda, oʼng qoʼl kaftini koʼkrakning chap tomoniga qoʼyib Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi joʼrlikda jonli ijro etiladi.
“Ertalabki saflanish” hafta davomida amalga oshiriladigan tashkiliy ishlar belgilanadi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati ochib beriladi, alohida yutuqlarga erishgan oʼquvchilar ragʼbatlantiriladi, oʼquvchilar tomonidan “Mamlakatimiz va dunyo yangiliklari” mavzusida hafta davomida dunyoda va yurtimiz hayotidagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar berib boriladi (sinflar kesimida navbatma-navbat), shu bilan birga oʼquvchilarning “Maktabning ichki tartib qoidalari” va “Odob-axloq qoidalari ga rioya kilishi, ular oʼrtasida qarovsizlik va ququqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish kabi dolzarb vazifalar belgilanib, uning ijrosi toʼgʼrisida hisobotlar eshitib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |