4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/30
Sana27.01.2023
Hajmi0,81 Mb.
#903517
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

3.
 
Ilmiy 
hisobot, ma’ruza
. Ilmiy ishni ilmiy 
hisobot
shaklida ham 
rasmiylashtirish mumkin. Ilmiy hisobotga qo‘yiladigan umumiy talablar va 
rasmiylashtirish qoidalari tegishli davlat standartida (GOSTda) bayon etilgan. 
Ilmiy hisobotga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: tartibli, aniq tuzilish; 
material berilishidagi mantiqiy ketma-ketlik; ishonarli argumentlar; ta’riflarning 
qisqa va aniqligi; ish natijalarini bayon qilishning konkretligi; xulosalarning isbotli 
ekanligi va tavsiyalarning asoslanganligi. 
Ilmiy hisobotda titul varaq, mualliflar ro‘yxati, qisqacha referat, mundarija, 
ishning asosiy qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar bo‘lishi lozim. 
Hisobotning referatida hisobotning asosiy mazmuni, uning hajmi, rasm va 
jadvallarning miqdori va xarakteri, kalit so‘zlar ro‘yxati, bajarilgan ishning 
moxiyati, tadqiqot metodlari, qisqa xulosalar va tadqiqot natijalarini qo‘llash 
imkoniyatlari qisqacha bayon etiladi. 
Hisobotning asosiy qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kirish; mazkur 
mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlarning taxliliy sharxi; tanlangan ish yo‘nalishini 
asoslash; bajarilgan ishning metodikasi, mazmuni va natijalarini aks ettiruvchi 
hisobotning bo‘limlari (boblari); yakuniy qism (xulosa va takliflar). 
Ilovalarga hisobotning yordamchi materiallari kiritiladi: raqamli ma’lumotlari 
jadvallari; tadqiqot ishiga ishlab chiqilgan va unda qo‘llanilgan yo‘riqnomalar, 
anketalar, testlar va boshqalar; yordamchi tusdagi ko‘rgazmali materiallar va 
xokazolar. 
Ilmiy ma’ruza
– mazmunan ilmiy hisobotga yaqin bo‘lgan ilmiy ish. Shu bilan 
birga, ilmiy ma’ruza tadqiq qilinayotgan butun muammoni emas, balki uning 
muayyan mantiqiy yakunlangan qismini, jixatini qamrab olishi mumkin. Ilmiy 
ma’ruzaning rasmiylashtirilishi va shakliga ilmiy hisobotga bo‘lgani kabi o‘ta qat’iy 
talablar qo‘yilmaydi. Unga referat, boblarga bo‘lish sharti talab etilmaydi. Tili, 
bayon etilishining adabiy uslubi bo‘yicha ma’ruza, qoidaga ko‘ra, og‘zaki chiqishga, 
uning ovoz chiqarib o‘qilishini uqib olishga ko‘proq moslashgan bo‘lishi kerak. 
4.
 
Metodik qo‘llanma
. Bunday qo‘llanmaning asosi bo‘lib tadqiqot 
natijalari bazasida yaratilgan, nazariy jixatdan asoslangan, muayyan (o‘quv-
tarbiyaviy, 
texnologik
va boshqa) jarayonni takomillashtirish uchun qilingan 
metodik tavsiyalar
hisoblanadi. Metodik qo‘llanma amaliyot ishchilari uchun 
mo‘ljallangani sababli u yaxshi, jonli adabiy tilda yozilgan bo‘lishi lozim. Imkoni 
boricha uni ko‘rgazmali materiallar bilan boyitish kerak. 
Metodik qo‘llanmani broshyura yoki kitob ko‘rinishida ham rasmiylashtirish 
mumkin. 
Broshyura
deb yumshoq muqovali yoki muqovasiz, kichik hajmli (5-48 
betli) bosma nashrga aytiladi. 
Kitob
– qoidaga ko‘ra, muqovali yoki jildli, hajmi 48 


42 
betdan ko‘p, davriy bo‘lmagan bosma materialdir. 
Xa aytgancha, zo‘r yozilgan (xarbiy ish bo‘yicha) metodik qo‘llanmaga 
klassik misol sifatida A.V. Suvorovning taniqli “Zafar qozonish ilmi” kitobini 
keltirish mumkin, unda atigi 25 betli matnda genial sarkardaning, xozir aytish urf 
bo‘lgan innovatsiyalari – jangni olib borish qoidalari va xarbiy yurishlardan tortib 
to armiyaning front orqasi xayotini tashkil qilish va shifoxonalarning tuzilmasigacha 
bo‘lgan ishlar – bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. 
5.
 
Monografiya
. Monografiya deb muayyan bir muammo (
mono
- yakka) 
anchagina turli tomonlama va butunligicha ko‘rib chiqiladigan ilmiy nashrga 
aytiladi. Monografiyaning bir yoki bir necha mualliflari bo‘lishi mumkin. 
Agar tadqiqotchi qandaydir muammoni yangicha xal qilishga, muammo 
bo‘yicha mavjud ilmiy ishlarni har tomonlama umumlashtirishga muvaffaq bo‘lgan 
bo‘lsa, muammo bo‘yicha o‘z konsepsiyalarini ilmiy jixatdan asoslay olsa, ularni 
amaliyotda qo‘llashning konkret imkoniyatlarini ko‘rsata olsa, - unda u o‘z tadqiqoti 
natijalarini ilmiy monografiya shaklida rasmiylashtirishi maqsadga muvofiq. 
Monografiyada tadqiqotchi tadqiq qilinayotgan muammo avval ilmiy 
adabiyotlarda va amalda qanday xal qilingan va xozirda qanday xal qilinishini 
ko‘rsatadi. Keyin ushbu muammoni xal qilishning mualliflik g‘oyalari moxiyati 
ochib beriladi, konsepsiyani tasdiqlash uchun qo‘llanilgan tadqiqot metodikasi 
tasvirlanadi. Bundan keyin o‘z tadqiqoti natijalari batafsil yoritiladi, taxlil qilinadi, 
asosli xulosalar va ilmiy asoslangan tavsiyalar qilinadi. Monografiyaning yakunida 
foydalanilgan adabiy manbalar bibliografiyasi keltiriladi. Monografiya ham 
broshyura yoki kitob ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish