4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/30
Sana27.01.2023
Hajmi0,81 Mb.
#903517
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

sinflanishlar tizimi
deb ataladi. Sinflanishlar tizimini barpo qilish va taxlil qilish nazariy tadqiqotning 
mantiqiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi, chunki tegishli 
predmetli soha
ni 
(predmetli soha sinflanishlar tizimining asoslarini sinflash asosini aniqlab beradi) 
aniq-ravshan belgilab olish imkonini beradi, ushbu predmetli sohada o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan quyi sohalarni ajratish imkonini beradi, “oq dog‘larni” – istiqbolli tadqiqot 
predmetlarini yoki metodlarini belgilab olish imkonini beradi. Undan tashqari, 
muayyan asosning barcha sinflarini tadqiq qilish umumlashtirishni amalga oshirish 
imkonini beradi. 
Sinflanishlar tizimi mavjud asoslarning bir qismini yo‘qotish, o‘chirish 
va/yoki yangilarini qo‘shish hisobiga modifikatsiyalanishi mumkin. Chunonchi, 
yuqoridagi misolda “tadqiq qilinayotgan birikma bilan o‘zaro aloqaga kiruvchi 
moddalar konsentratsiyasi” asosi bo‘yicha sinflanishni qo‘shish mumkin. Shunga 
yarasha, tadqiqot predmeti ham kengroq tus oladi. 
Shunday qilib, sinflanishlar tizimi tadqiqot predmetining butunligini va 
to‘laligini ta’minlashning samarali mantiqiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular 
tadqiqotchining o‘zi uchun qulaydir (tadqiqotchi predmetli sohani tartibga solish 
lozim bo‘lganda, nima qilindi-yu, nimani endi qilish kerakligini tushunish uchun 
ilmiy faoliyatni tashkil qilish jarayonida qo‘llaydi). Bundan tashqari, ular tadqiqot 
natijalarini ko‘rsatish shakli sifatida ham qulaydir, ya’ni, masalan, tegishli maqola 
yoki kitobni o‘qiyotgan kasbdoshi barcha olingan natijalar majmuini tezda qamrab 


36 
olishi uchun. 
Nazariya (konsepsiya) ning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish. Dastavval “u 
yoki bu fanning 
nazariyasi
” va “ilmiy nazariya” tushunchalarini ajratib olsak. 
Fanning nazariyasi deyilganda ilm-fanning u yoki bu sohasidagi – fizika, biologiya 
va xokazolardagi barcha nazariy bilimlar majmui tushuniladi. Shu bilan birga, har 
bir ilmiy sohada ko‘plab ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) mavjud – sababi, 
moxiyatan, har bir yaxshi yozilgan doktorlik dissertatsiyasi bir butun nazariya 
(konsepsiya) hisoblanadi. Quyida ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar)ni barpo qilish 
to‘g‘risida gap ketadi. 
Nazariya (konsepsiya) ning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish jarayoni ikki 
bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – 
induksiya
bosqichi – aniqlik, konkretlikdan 
abstraktlikka qarab yurish, bunda tadqiqotchi o‘z nazariyasining markaziy tizim 
xosil qiluvchi bo‘g‘inini – konsepsiyani, aksiomalar yoki aksiomatik talablar 
tizimini, yoki yagona tadqiqot yondashuvini va xokazolarni aniqlab olishi lozim. 
Qayd etish lozim-ki, “
konsepsiya
” termini ikki xil ma’noda ishlatiladi. 
Birinchidan, yetakchi 
g‘oya
, bir narsaning asosiy fikri sifatida ishlatiladi. 
Ikkinchidan, nazariyaning sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu yerda esa biz ushbu 
terminni ikkala ma’nosida ham ishlatamiz: birinchi holatda – konsepsiya to‘g‘risida 
qisqa, sermazmun ta’rif sifatida gapirganimizda; ikkinchi holatda – (qisqa ta’rif 
sifatidagi) konsepsiya rivojlanib, konseptual fikrlar, prinsiplar, omillar, sharoitlar, 
mexanizmlar va boshqalarga - nazariyaning sinonimi sifatidagi konsepsiyaga 
aylanganda.
Ushbu induktiv bosqichda “kuchsiz versiyali” fanlar tarmoqlarida 
umumlashtirish uchun yagona asos bo‘lib, shubxasiz, sinflanishli yondashuv 
hisoblanadi 
– tadqiqotchi mavjud natijalarni birlashtirishi, “yig‘ishi”, 
umumlashtirishi mumkin bo‘lgan tegishli 
sinflanish asoslarini
qidiradi. 
Natijalarni umumlashtirish, “yig‘ish” jarayonida tadqiqotchi bir tomondan, 
nazariyaning to‘laligi talablari nuqtai nazaridan xadeb o‘zining predmetli sohasiga 
murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi – predmetli sohada qanday bo‘shliqlar paydo bo‘ldi, 
- ularni keyinchalik bartaraf etish, to‘ldirish lozim bo‘ladi, shu jumladan, extimol, 
qo‘shimcha tajriba-eksperimental ishlar orqali yoki boshqa mualliflardan natijani 
o‘zlashtirish orqali. Boshqa tomondan, yana o‘sha barpo qilinayotgan nazariya, 
konsepsiyaning to‘laligi talablari hamda o‘zaro zid kelmasligi talablari nuqtai 
nazaridan kelib chiqib olinayotgan umumlashtirishlarni va predmetli sohani doimo 
olinayotgan nazariy natijalar majmui bilan solishtirib borish lozim. 
Induksiya bosqichida tadqiqotchi barcha o‘zida mavjud bo‘lgan natijalarni, 
barcha qiziqish uyg‘otadigan holatlarni batafsil yozib boradi. Keyin ularni guruxlab, 
sinflashning muayyan asoslari bo‘yicha birlamchi umumlashtirishga “yig‘ib 
boradi”, keyin ikkinchi tartibli umumlashtirishga (yana muayyan asoslar bo‘yicha) 


37 
yig‘adi va xokazo – induktiv jarayon – 
abstraktlash
aniqlikdan abstraktlikka
juz’iylikdan umumiylikka qarab yurish ro‘y beradi, toki barcha natijalar mualliflik 
konsepsiyasiga
– qisqa, 5-7 satrli, butun natijalar majmuini, butun ish moxiyatini 
eng umumiy, qisqa holda aks ettiruvchi sermazmun ta’rifga aylanmaguncha; yoki 
aksiomalar tizimiga aylanmaguncha, yoki yagona tadqiqot yondashuviga 
aylanguncha va xokazo. 
Induksiya bosqichi – markaziy tizim xosil qiluvchi bo‘g‘in – konsepsiya, 
tadqiqot yondashuvi, aksiomalar tizimi va xokazolarni ta’riflash va qolipga keltirish 
ishlari yakunlangach, deduktiv jarayon – 
konkretlashtirish
abstraktlikdan 
aniqlikka qarab yurish boshlanadi. Ushbu bosqichda konsepsiyaning ta’rifi 
prinsiplar, omillar, shartlar (shartlar guruxi), modellar, mexanizmlar va boshqalar 
majmuida rivojlantiriladi, kengaytiriladi. Ba’zan, agar tadqiqot muammosi bir necha 
nisbatan mustaqil bo‘lgan jixatlarga bo‘linib ketsa, konsepsiya bir necha konseptual 
g‘oyalarga rivojlanadi, ular esa o‘z navbatida keyinchalik prinsiplar va boshqalar 
majmuida rivojlanadi. O‘z navbatida, masalan, prinsiplar modellar sinflariga, 
masala turlariga va boshqalarga rivojlanishi mumkin. Shu tarzda nazariyaning 
mantiqi, mantiqiy tuzilmasi barpo etiladi. Ushbu jarayon 5-rasmda ko‘rsatilgan. 
Mazkur sxemani tadqiqotchi siklik holda bir necha bor, o‘z tadqiqotining mantiqini 
tekshirib va qayta tekshirib, aniqlashtirib o‘tashiga to‘g‘ri keladi. 
Gnoseologiya bo‘yicha ko‘plab adabiyotlarda mualliflar nazariyaning 
strukturaviy elementlarining ierarxik tartibga solinishini ko‘rmadilar. Masalan, 
abstraktlik (konkretlik) darajasi bo‘yicha nima baland (past) – prinsipmi yoki 
modelmi, qoidami yoki talabmi, mexanizmmi yoki protsedurami va xokazo? 
Shuning uchun, shubxasiz, tadqiqotchi ularning 
ierarxiyasini
o‘z tadqiqotida 
yechiladigan vazifalarga muvofiq (albatta, o‘zi ishlayotgan ilmiy tashkilotning 
an’analariga mos holda) mustaqil ravishda barpo qilish imkoniga ega. 
Shunday qilib, 
nazariya (konsepsiya)
bu – markaziy tizim xosil qiluvchi 
element – konsepsiya (tor ma’noda – asosiy g‘oya sifatida), aksiomalar tizimi, va 
xokazolar – va undan kelib chiquvchi, uning konseptual g‘oyalarini va boshqa 
konstruksiyalarni konkretlashtiruvchi – nazariyaning 
strukturaviy elementlaridir



38 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish