Toвар. Bu so‘z jonli va jonsiz mol ma’nosida o‘zbek va boshqa turkiy tillarda qadimdan ishlatilgan. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” (XI) asarida keltirilishicha, tovar o‘g‘uz lahjasida ishiatilgan va tovar shaklida bo‘lgan. Turk va ozarbayjon tillarida dovar shaklida yuritiladigan bu “tovar” so‘zi rus tiliga ХII-ХIII asrlarda o‘zlashgan.
Товарищ. Rus tilidagi bu so‘z asli turkiy “tovar” (mol-merek va ish, turkiycha “o‘rtoq”, “yaqin”, “hamkor”) so‘zidan tashkil topgan va dastlab “savdo qiluvchi o‘rtoq, savdodagi hamkor” ma’nolarini bildirgan. U XIV asrdan ishlatila boshlandi, keyinchalik ma’nosi kengaydi. Товарищ so‘zi “hamkor, hamdam” ma’nolarida ham ishlatila boshlandi.
Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling
pul birligi, Yevropa Ittifoqi, iqtisodiy krizis, kapitalistik davlat, mustamlakachilik, strategiya, hamkorlik, bozor munosabatlari, pul-kredit siyosati, bunyodkorlik
Grammatik ma’lumot. Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar.
Tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi, dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan turli sohalarda hamkorlikning o‘rnatilishi o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminlarni ham kiritishimiz mumkin va bu terminlar tilimizda o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda.
Shuni aytish kerakki, tilda an’anaviy tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor Qadimgi iqtisodiy atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisodiy terminlar benihoya boyib bormoqda.
Diqqatingizni jamlang!
Daromad [foyda, kirim] – savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan kelib tushadigan sof pul.
Baho [narx, qiymat] – biror narsaning pul bilan o‘lchanadigan qiymati; narx. Inflatsiya baholar o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi tufayli ham yuz beradi.
Moddiy – [jism, moddaga oid] - mol va puldan iborat. Moddiy yordam.
Moliyaviy – moliyaga oid. Pul mablag‘lari va ularni to‘plash, taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Moliyaviy masala.
Mablag‘ [naqdina, tayyor pul] - biror narsa yaratish, qurish, o‘tkazish uchun sarflanadigan ma’lum miqdordagi pul. Aholi o‘z mablag‘larini pul shaklida tutib turishga bo‘lgan xohishini yo‘qotadi va ularni moddiy ne’matlarga sarflaydi.
Inflatsiya [lot. inflatio - shishish, ko‘tarilish; bo‘rtib chiqish] - muomaladagi qog‘oz pullar massasining taklif qilinayotgan real tovarlar hajmiga nisbatan haddan tashqari ortib ketishi va pulning qadrsizlanishi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosining ko‘tarilishi, pulning xarid qilish quvvatining pasayishi. O‘rmalovchi inflatsiya.
Ishsizlik – ishsiz holat, ish bilan ta’minlanmaganlik. Inflatsiya mehnatkashlar ahvolining yomonlashuviga olib keladi, ularning hayot darajasini pasaytiradi, ishsizlikni ko‘paytiradi.
Kredit [lot. creditum - qarz< credere - ishonmoq] –foyda qaytarish sharti bilan, vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag‘lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; shaxs yoki muassasaning o‘ziga tegishli pullarni hisoblab qo‘yiladigan schyoti; qarz, mablag‘, chiqarilgan pul. Kredit olmoq.
Giperinflatsiya – shiddat bilan rivojlanuvchi va iqtisodiy halokat, inqiroz xavfini tug‘diruvchi inflatsiya. Inflatsiyaning yana bir turi – giperinflatsiyadir.
Pul [pul, aqcha] – oldi-sotdi yoki to‘lov muomalalarida narx, baho, qiymat o‘lchovi bo‘lgan metall yoki qog‘oz belgi; aqcha. Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.
Lokal [lot. localis - mahalliy] – mahalliy, muayyan joyga xos yoki uning chegarasidan chiqmaydigan. Lokal inflatsiya – bir mamlakat doirasida inflatsiyadir.
Naqd [qo‘lda bor, mavjud pul] – 1. Pulini darhol to‘lash sharti bilan bo‘lgan yoki bo‘ladigan savdo muomalasi. Naqdga olmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |