4-mavzu. San’at va ma’naviyat. Iqtisod va hayot. Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy va san’atshunoslik terminlari



Download 28,82 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2021
Hajmi28,82 Kb.
#59173
  1   2
Bog'liq
5-mavzu


4-mavzu. San’at va ma’naviyat. Iqtisod va hayot. Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy va san’atshunoslik terminlari

O‘qish uchun material.



O‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz.

Shavkat Mirziyoyev

San’at va ma’naviyat

Ma’naviyat – ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, u tarixni anglash orqali hayotni anglash, inson fe’l-atvorini shakllantirish, milliy g‘ururni uyg‘otishga da’vat etishning asosidir. “Ma’naviyat-taqdirimizning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalblar vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak”- degan edi: I.A.Karimov. Darhaqiqat, ma’naviyat insonga shunchaki berilmaydi, ma’naviyat inson umri davomida paydo bo‘lib, shakllanadi, kamol topadi. Inson ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyos. Shu bois xalqimiz azal-azaldan yoshlarning har jihatdan yetuk, barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun harakat qilganlar. Inson ma’naviyatini kamol toptirishda ta’lim-tarbiya bilan bir qatorda san’atning ham ahamiyati bor.

San’at ijtimoiy madaniyatning insonga estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik, notiqlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi sohasi hisoblanadi. O‘zbek xalqi – san’atsevar xalq. Shuning uchun O‘zbekistonda san’atning deyarli barcha turi mukammal rivojlangan.

Musiqa san’atida qadimgi davrlardan to bugungi kunimizgacha bebaho kuy-qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari va musiqa nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Juda ko‘p mahoratli sozlandalar, bastakorlar, hofizlar o‘zbek san’ati dovrug‘ini olamga taratishgan. Xususan, Tamaraxonim, Halima Nosirova, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov kabi o‘zbek qo‘shiqchilari jahonga mashhurdir. O‘zbek milliy qo‘shiqchiligi va sozandachiligi bugungi kunda ham rivojlanib, ravnaq topib bormoqda. O‘zbekiston tasviriy san’ati ham o’zining qadimiy ildizlariga ega. XV-XVI asrlarda Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali kabi buyuk rassomlar asos solgan an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda. O‘zbek rassomlari Chingiz Axmarov, Abdulxaq Abdullayev, Bahodir Jalolov, Ro‘zi Choriyev kabi musavvirlarning asarlari dunyodagi ko‘pgina nufuzli ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.

O‘zbekistonda kino san’ati ham juda yuqori darajada rivoj topgan. Kinoning barcha turlari – badiiy film, hujjatli film, teleseriallar, multiplikatsiya, ilmiy-ommabop filmlar sanoatining shuhrati MDH mamlakatlarida mashhur. Har yili ”O‘zbekfilm” kinostistudiyasida tarixiy, sarguzasht, detektiv, sevgi va hayot hamda mehr-vafo haqida o‘nlab filmlar suratga olinadi. ”Mahallada duv-duv gap”, ”O‘tgan kunlar”, ”Kelinlar qo‘zg‘aloni” kabi filmlarni xalqimiz juda sevib tomosha qiladi.

O‘zbek teatr san’ati ham o‘z tarixi, rivojlanish bosqichlari, o‘ziga xos an’analariga ega. Teatr san’ati darg‘alari Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jaev, Soyib Xo‘jaev, Sora Eshonto‘rayeva, Shukur Burxonov, G‘ani A’zamov kabilar o‘zbek teatr san’atini yuqori pog‘onaga ko‘targanlar. Ular ishtirokidagi har bir spektakl tomoshabinlarga olam-olam ma’naviy ozuqa bergan.

O‘zbekistonda, shuningdek, opera, balet, estrada, me’morchilik kabi san’at turlari ham rivojlangan.
Lug‘at

tasviriy san’at – изобразительное искусство

amaliy san’at – прикладное искусство

mahorat – мастерство

dunyoqarash – мировозрениe

Grammatik ma’lumot. Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari

San’at [mehnat; mahorat] – 1. Ijtimoiy madaniyatning estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi sohasi. Tasviriy san’at. 2. Muayyan faoliyat sohasidagi yuksak mahorat, ustalik; iste’dod. So‘z san’ati.

Tilda shunday so‘zlar borki, ular ma’lum bir fan (masalan, tilshunoslikka oid tovush, fon, fonema, ega, kesim, aniqlovchi, aniqlanmish, sifatlovhi, sifatlanmish, to‘ldiruvchi, hol, gap, undalma va h.), texnika (kalit, ko‘targich, qisqich, gayka, shayba, bolt va h.), sport (to‘p, to‘r, darvoza, himoya, hujum, kurash, yonbosh, chala, halol va h.), madaniyat (sahna, musiqa, qo`shiq, lapar, raqs, ijro, soz, nutq va h.)ga oid tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday so‘zlar atamalar (terminlar) deb yuritiladi. Ularni o‘rganuvchi soha esa atamashunoslik (terminologiya) deb ataladi.

Atama so‘zini Abdurauf Fitrat 1927-yilda nashr etilgan “Nahf” kitobida birinchi bo‘lib qo‘llagan bo‘lsa-da, bu so‘z XX asrning 90-yillariga kelibgina keng ishlatila boshladi. Ilmiy adabiyotlarda, asosan, “termin” so‘zi qo‘llanishda bo‘ldi.

Umumxalq leksikasida san’atshunoslik sohasiga oid terminlar ham talaygina. Bu terminlarning ba’zilari sof turkiy so‘zlardan iborat bo‘lsa, ayrimlari arab, fors - tojik, rus tili va u orqali boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir.

O‘qish uchun material

Iqtisod va hayot

Iqtisod - jamiyatning hamma a’zolari uchun farovon hayot yaratish usul va vositalarini o‘rganadigan va amalda qo‘llaydigan soha. Iqtisodning yagona maqsadi – jamiyatning har bir a’zosi uchun yaxshi turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi: iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan ta’minlash va hokazo.

Iqtisodiyot

Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi  fan. U:


  • kishilar tomonidan mehnatni qoʻllagan holda inson uchun zaruriy boʻlgan neʼmatlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni taʼminlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xoʻjalik vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimot, isteʼmol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi;

  • muayyan mamlakatning milliy xalq xoʻjaligi yoki uning bir tarmogʻi (transport iqtisodiyoti, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va boshqalar;

  • xoʻjalikning u yoki bu tarmogʻini, mintaqa xoʻjaligini, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va shakllarini, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishni oʻrganadigan iqtisodiyot fanlari (sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti va boshq.)

Bozor iqtisodiyoti

G‘arbda bozor iqtisodiyoti deganda, iqtisodiy yechimlar, asosan, markazlashmagan tarzda qabul qilinadigan iqtisodiyot tushuniladi. Bozor iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatishi, asosan, bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. G‘arb adabiyotida bozorning ko‘pgina ta’riflari mavjud. Lekin ularning hammasi shundan iboratki, bozor mustaqil ravishda qarorlar qabul qiluvchi alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar shakli hisoblanadi. Har doim ham bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor bo‘lmay, balki raqobatli bozor o‘z faoliytini ko‘rsatadi. Uning faoliyat ko‘rsatishi uchun dastavval mulkchilikning xilma-xil shakllarini (xususiy, kooperativ, aksiyadorlik, davlat va boshqalarni) ro‘yobga chiqarishini va bozor infrastrukturasini vujudga keltirishini talab etadi.


E’tibor bering!


Download 28,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish