4-mavzu. Polimer eritmalar nazariyasi Reja


Polimerlarni fraksiyalash



Download 435,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi435,8 Kb.
#951969
1   2   3   4
Bog'liq
4--Ma\'ruza

Polimerlarni fraksiyalash 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, polimerlarning ko‘pchiligi polimolekulyar, ya’ni 
ular polimergomologlar aralashmasidan iborat. Bunday aralashmalarni molekulyar 
massa bo‘yicha bir jinsli bo‘laklarga – fraksiyalarga ajratish lozim bo‘ladi. 
Polimerlarni fraksiyalarga ajratish
fraksiyalash
yoki preparativ fraksiyalash 
deyiladi. Bundan tashqari, polimerni fraksiyalarga ajratmay turib uning fraksion 
tarkibi haqida tasavvur beruvchi analitik fraksiyalash deb ataluvchi usul ham bor. 
Preparativ fraksiyalashning ko‘plab usullari ma’lum bo‘lib, ulardan turlicha 
molekulyar massali polimerlarning har xil eruvchanligiga asoslangan usullar keng 
tarqalgan. Polimer eruvchanligining o‘zgarishiga erituvchining eritish qobiliyatini 
o‘zgartirish orqali erishish mumkin. Bunga yaxshi erituvchiga yomon erituvchini 
qo‘shish yoki haroratni o‘zgartirib erishiladi. Bu usulning uch turi mavjud: bo‘laklab 
cho‘ktirish orqali fraksiyalash, eritib fraksiyalash va haroratni o‘zgartirib 
fraksiyalash. Bundan tashqari, polimerlarni fraksiyalashda xromatografik usul ham 
keng ishlatiladi. 
Bo‘laklab yoki ketma-ket cho‘ktirish.
Polimer namunasi unga mos 
erituvchida tiniq eritma hosil bo‘lguncha eritiladi. Nazariy jihatdan mushohada 
qilinsa, 
fraksiyalash 
samaradorligi 
cho‘ktirish uchun olingan eritma 
konsentratsiyasining kamayishi bilan ortadi. SHuning uchun odatda 1% li yoki 
undan past konsentratsiyali eritma ishlatiladi. Eritmaga o‘zgarmas haroratda 
aralashtirgan holda asta-sekin cho‘ktiruvchi qo‘shiladi. CHo‘ktiruvchining ma’lum 
miqdori qo‘shilgach, uning keyingi bir tomchisi ham aralashtirganda yo‘qolib 
ketadigan loyqa hosil qiladi. Bu eng yuqori molekulyar, ya’ni eng kam eriydigan 
fraksiyaning eritmadan cho‘kmaga tushishining boshlanishiga to‘g‘ri keladi. 
Barqaror loyqa hosil bo‘lgach aralashtirish to‘xtatilib eritmani o‘zgarmas haroratda 
ushlab turiladi, so‘ngra cho‘kkan polimer ajratib olinadi. Boshqa fraksiyalarni o‘zida 
tutgan qolgan eritma xuddi shu usul bilan unga navbatdagi fraksiya cho‘kmaga 
tushguncha cho‘ktiruvchi qo‘shib ishlanadi. SHunday qilib so‘nggisi eng quyi 
molekulyar bo‘lgan polimerning ko‘p fraksiyasini olish mumkin. Turli xil 
fraksiyalardan iborat cho‘kkan fazani uncha ko‘p bo‘lmagan erituvchida eritiladi va 
+


aralashtirib turgan holda katta miqdordagi cho‘ktiruvchiga quyiladi. Bunda qattiq 
holdagi fraksiyalangan polimer namunasi hosil bo‘ladi, uni filtrlab mos haroratda 
vakuumda massasi o‘zgarmay qolguncha quritiladi. 
Ketma-ket eritib fraksiyalash
. Polidispers polimer namunasi birin-ketin 
cho‘ktiruvchi miqdori kamayib boradigan suyuqliklar binar aralashmasi bilan 
ishlanadi, ya’ni navbatdagi har bir ishlovda muhitning eritish qobiliyati ortib boradi. 
Shu sababli eng birinchi eriyotgan fraksiya kichik molekulyar massaga ega bo‘lib, 
so‘nggisi – eng yuqori molekulyar massali bo‘ladi. YUqoridagi usuldagidek, 
polimerning turli fraksiyalaridan iborat eritma katta miqdordagi cho‘ktiruvchiga 
quyiladi, hosil bo‘lgan cho‘kmani ajratib olib quritiladi. Ba’zan bevosita 
ekstraksiyalash usuli qo‘llaniladi, ya’ni maydalangan polimer kolbada yoki Sokslet 
apparatida mos haroratda ekstraksiya qilinadi, bundan tashqari polimerni qaynab 
turgan erituvchi bilan ham ishlanadi. 
Haroratni pasaytirib fraksiyalash.
Bu usul polimer eruvchanligi harorat 
pasayganda yomonlashgan hollarda ishlatilishi mumkin. Buning afzalligi shundaki, 
jarayon faqat bitta erituvchi muhitida borib, sistemaning hajmi amalda o‘zgarmaydi, 
ammo harorat pasayganda fraksiyalarga ajralish sodir bo‘ladigan erituvchi yoki 
xatto erituvchi-cho‘ktiruvchi aralashmasini tanlash ancha qiyin bo‘ladi. 

Download 435,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish