4-mavzu: O’zbek xalqining etnik shakllanishi


- III – O’zbek xalqi etnogenezi quyidagi asosiy bosqichlarga bo’linadi: Birinchi bosqich



Download 103,5 Kb.
bet3/6
Sana04.12.2022
Hajmi103,5 Kb.
#878656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

- III –

O’zbek xalqi etnogenezi quyidagi asosiy bosqichlarga bo’linadi:


Birinchi bosqich – boshlanishi bronza davriga borib taqaladi. Arxeologik materiallar tahliliga ko’ra, bu bosqich m.a. 2 ming yillikning o’rtalaridan to makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyo hududiga kirib kelishiga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr, o’z navbatida, qator tarixiy voqyeliklar bilan xarakterlanadi. Yevroosiyo cho’llarining chorvador aholisi hayotida ot, eshak va tuyadan transport vositasi sifatida foydalanishga o’tilgach, dasht aholisining o’z chorva podalarini haydab janub va g’arbga tomon migrasiyasi boshlanadi. Shu munosabat bilan bir guruh dasht aholisi m.a. 2 ming yillikning ikkinchi yarmida (bronza davri) O’rta Osiyoning shimoli sharqiy tomonidan Amudaryoning quyi havzalariga kirib keldi.
Ikkinchi bosqich – antik davrda, ya’ni Da-yuyechji qabilalari va xunnlarning bu zaminda paydo bo’lishi bilan bog’liq edi. Bu davrda turkiy etnos foydasiga tub o’zgarishlar yuz beradi. Xususan, m.a. III – m. V asrlar davomida Qang’ davlati doirasida qang’ar elati tashkil topadi, Sirdaryoning o’rta havzasi rayonlarida ikki tilli aholi etnik guruhlari omuxtalashgan moddiy voqyelik – Qovunchi madaniyati va o’zbeklarga xos antropologik tip – «O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i tipi» shakllanadi va nihoyat o’zbek xalqi asoslari dastlab tarkib topgan etnomadaniy maydon tarkib topadi.
Uchinchi bosqich – yurtimizning ichki hududlariga xioniylar, kidariylar (toxarlar), eftaliylar kabi turkiy tilli qabila va elatlarning kirib kelishi bilan bog’liqdir.
Xioniylar – turkiy qabila. Ba’zi tadqiqotchilar fikriga ko’ra dastlab Oltoy tog’lari atrofida yashashgan va IV asrning 1 yarmida janubiy g’arbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga kirib kelishgan. Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va sosoniylar Eroniga qaram bo’lib qolgan Kushon podsholigi o’rnini egallaganlar hamda markazi Toxariston bo’lgan Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, Xurosonning bir qismini ham o’z ichiga olgan Xioniylar (Xionitlar) davlatini (IV-V asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub bo’lib, xunnlar bilan aralashganligini ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda xioniylar «oq xunnlar» deb atalgan. IV asrning 70-yillarida xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418-438), Yazdigard II (438-457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Xioniylar davlati 120-yildan oshiqroq hukmronlik qilgan.

Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish