4-mavzu: O’zbek xalqining etnik shakllanishi



Download 103,5 Kb.
bet1/6
Sana04.12.2022
Hajmi103,5 Kb.
#878656
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu


4-MAVZU: O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI

Reja:




  1. Urug’, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari.

  2. O’rta Osiyoning qadimgi aholisi.

  3. O’zbek xalqining etnogenezi va uning shakllanish bosqichlari.

  4. O’zbeklarning etnik tarixi. «O’zbek» atamasi.



Tayanch so’zlar va iboralar: Urug’, qabila, elat, xalq va millat tushunchalari. Sug’diylar, baqtriylar (baxtariylar) xorazmiylar, saklar va massagetlar. O’zbek xalqining etnogenezi, xioniylar, kidariylar (toxarlar), eftaliylar. O’zbek xalqining etnik tarixi, «O’zbek» atamasi.

- I -



O’zbek xalqi uzoq va voqyealiklarga boy tarixga ega bo’lib, uning xalq sifatida shakllanishi masalasini o’rganishda dastlab urug’, qabila, elat, xalq, millat tushunchalari to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
URUG’ (eski o’zbek) – bir ajdoddan tarqalib (bir ona yoki otadan), umumiy bir nom bilan ataluvchi qon-qarindoshlik jamoasi. Qadimdan qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan, bir ildizga borib taqaladigan, turmush tarzi, yashash sharoiti bir xil bir necha oilalar birikuvidan hosil bo’lgan. Qarindoshlik hisobi ona (ona urug’i) yoki ota (ota urug’i) bo’yicha olib borilgan. Urug’ jamoasining o’z yetakchisi – oqsoqoli bo’lgan. Urug’ jamoasi hamma narsada, har bir masala-yu, say-harakatlarda oqsoqolning izmida bo’lgan. Urug’lar qabilalarga birlashgan. Jamiyatda tabaqalanishning paydo bo’lishi bilan urug’lar bo’linib ketgan. Urug’-qabilalarga bo’linish qoldiqlari ba’zi xalqlarda saqlanib qolgan.
QABILA (arab.) – urug’, urug’-aymoq – bir ota-onadan tarqalgan bir nechta urug’ uyushmasi; qabila urug’ga nisbatan yirik bo’lib, bir nechta urug’larning birlashuvidan hosil bo’ladi. Qabilaning o’ziga xos tili (lahzasi), hududi, qabila nomining (etnonimining) bo’lishi va o’ziga xos qabila an’analarini, uning a’zolari tomonidan bilishi bilan boshqa qabilalardan ajralib turadi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, muhim masalalar bo’yicha qabila yig’inlari o’tkazilgan.
Qabilalar o’rtasida xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi natijasida ular qo’shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning yetakchi, nufuzli guruhi nomi bilan yangi etnik birlik – elat yoxud xalq shakllanadi.
ELAT – mug’ulcha, turkiycha so’z bo’lib, kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdan oldingi birligi. Elatning shakllanishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo’lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida qabilalar orasidagi etnik, xo’jalik, moddiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Natijada etnik birlikning yangi turi vujudga keladi. Bu elat deyilib, ma’lum tarixiy sharoitda hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi.
XALQ – 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi; 2) tarixiy birlikning turli shakllari (qabila, elat, millat). Xalqlarning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini o’rganishda ijtimoiy fanlarda «etnos» (yun. «xalq») va «etnik birlik» iboralari qo’llaniladi. Xalq – bu biologik hosila emas, balki uzoq davom etadigan etnogenetik jarayonlar mahsuli va etnik birliklar yig’indisidir. Etnos atamasi, ya’ni xalq juda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Masalan, keng ma’noda: O’zbekiston xalqi, Rossiya xalqi, dunyo xalqi; tor ma’noda: o’zbek xalqi, qirg’iz xalqi, tojik xalqi. Kichik bir guruh kishilariga nisbatan ham «xalq» iborasi qo’llaniladi. Kishilar birlashuvining tabiiy negizi – hudud umumiyligi, shuningdek, ular tilining yaqinligi yoki umumiyligi etnik birlikning, ya’ni xalqning vujudga kelishida asosiy shart hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda xalqning shakllanishida iqtisodiy va madaniy umumiylik omillari ham muhim rol o’ynaydi. Biroq ushbu ko’rsatilayotgan hududiy, til, iqtisodiy va madaniy umumiylik bir paytning o’zida yuz bermaydi, aksincha muayyan tarixiy bosqichlarda shakllanib tarkib topadi.
MILLAT (arab.) – til, ma’naviyat, milliy o’zlikni anglash, ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan mustaqil subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligi. Millat ma’lum hududda barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyat yagonaligi asosida shakllanadi. Mutaxassislarning fikricha, Yer yuzida uch mingga yaqin millat bo’lib insoniyatning o’rta hisob bilan 96%ini birlashtiradi. Qolgan 4% elat va qabilalardir. Har bir millat nufuzi bir necha o’n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi. Millatlar besh yirik guruhga bo’linadilar: A) buyuk millatlar - yuz milliondan ortiq aholi; B) katta millatlar - 50 milliondan 100 milliongacha; V) yirik millatlar - 10 milliondan 50 milliongacha; G) o’rta millatlar – 1 milliondan 10 milliongacha; D) kichik millatlar – bir necha o’n mingdan 1 milliongacha.
- II -

O’lkamizning qadimgi aholisi tosh va bronza davrlarida qanday nom bilan atalganliklari hozirda noma’lum. Yurtimizning qadimgi etnik guruhlari haqidagi ma’lumotlar dastlab Sharq va yunon-rim manbalarida tilga olinadi. Bu manbalarning guvohlik berishicha, m.a. VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida sug’diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Ular o’zbek xalqining ham ajdodi hisoblanadi.


SUG’DIYLAR. Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Bu hududda yashaydigan qadimgi aholi sug’diylar, sug’dlar deb atalgan. Bu hudud Sug’da («Avesto»da), So’g’uda (Behistun yozuvlarida), Sug’diyona (yunon-rim manbalarida) deb nomlangan. Bu mintaqada sug’diylar etnik uyushma sifatida m.a. XII-XI asrlarda bo’lgan.
Sug’diylar har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muhim rol o’ynagan. M.a. VIII-VII asrlarda Ko’ktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Yerqo’rg’on shahar xarobalari o’rnida bo’lgan qadimgi shaharlar Sug’d xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi. Sug’diylar uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida bo’lib kelganlar. Jumladan, axomaniylar, yunonlar, kushonlar, xioniylar, eftaliylar, kidariylar, Turk xokonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar.

Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish