4-mavzu. O`Rta osiyodagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo`lgan iqtisodiy g’oyalar



Download 294,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana12.03.2022
Hajmi294,17 Kb.
#492303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-мавзу



Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov,
umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni
pok va but-butun asrashga burchlidir.
"Avesto"dan. 
4-MAVZU. O`RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR 
DAVRIGACHA BO`LGAN IQTISODIY G’OYALAR 
 
Reja: 
4.1. "Buyuk ipak yo`li"ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o`rni 
4.2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarning bayon 
etilishi 
4.3. Xalq og`zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar 
4.4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar mohiyati 
Asosiy tushuncha va iboralar: 
"Avesto" , "Hidoya" asari; islomdagi farz va sunnat 
amallari; zakot; halol mehnat, halol luqma, ehson, sadaqa; ehtiyoj, boylik, mulk, davlat.
4.1. "Buyuk ipak yo`li"ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi 
o`rni 
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa 
davlatlarini bog`lovchi qadimgi savdo yo`li - Buyuk ipak yo`lidir. Bu yo`l orqali asosan ipak 
eksport qilinganligi sababli "Ipak yo`li" nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo`l m.a. II asrdan to 
milodiy XV asrgacha, suv yo`llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, 
Yaqin Sharq hamda O`rta Yer dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotiq va madaniy 
aloqalarning rivojida muhim rol o`ynagan. 
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg`oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan 
boshlangan dastlabki yo`l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib ,biri 
shimoli-g`arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo`nalgan. Karvon yo`lining umumiy uzunligi 12 
ming chaqirim atrofida bo`lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo`nalishga ilk bor 
"Buyuk ipak yo`li" degan nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.
Shimoliy yo`l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg`ar, Dovon (Farg`ona 
vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi Samarqand va Marg`iyona (Marv) ga 
yo`nalgan. Ipak yo`li Farg`ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo`lingan. Janubiy qismi 
O`zgandan O`sh, quva, Marg`ilon, qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. 
Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o`tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga 
engan. Demak, qamchiq tarixiy yo`lning uzviy bo`lagi hisoblangan. Bu yo`l mohiyat-e'tibori 
bilan Sharq va G’arbni turli jabhalarda bog`lovchi yo`ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat 
va boshqalar). 
Shu karvon yo`l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va paloslar, 
oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va 
Dovon (Farg`ona) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo`lning ahamiyati 
ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, 
bu yo`lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug`ildi. Xitoy, Qirg`iziston, O`zbekiston, 
Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, qora dengizga chiquvchi undan 
Yevropa (Parij, Rotterdam) ga yetkazuvchi yo`l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, 
bu yo`lning kelajagi porloq.


Endi esa, moziyga qaytib, O`rta Osiyoning Buyuk ipak yo`li o`rni va eksport 
potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O`zbekiston hududiga 
qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo`lgan. 
Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko`ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o`rni, 
qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, 
mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo`yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga 
ega. 
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va 
javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. 
Ayniqsa, oltin ajnabiylarni magnit (ohangrabo) kabi tortganligi aniq. 
Bu o`lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik 
buyumlari, sifatli po`lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va 
boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to`qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib 
ko`rinishli qorako`l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo`lgan. 
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani 
qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo`lgan. Miniatyura san'ati yuqori 
darajada edi. 
Shu sababli, bilim, ilm makoni bo`lgan kitob savdo-sotig`i yetakchi o`rinni egallagan. 
Hozirgi davrda ko`plab taniqli mutafak-kirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy 
kutubxonalaridan topilmoqda va o`z vatani, O`zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan 
dalolat beradiki, o`z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo`lining asosiy faoliyatidan biri bo`lgan, 
demak, bu yerdan chetga ko`plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan. 
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo`lganligi ma'lum, xalq eposida 
uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni 
qanday tuhfa qiziqtirishini so`ralganda, ot olishni afzal ko`rgan. Otlar xalq xo`jaligining barcha 
tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o`ynash, zeb-
ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda yetakchi o`rinni egallagan. 
Qishloq xo`jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o`rinda 
turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog`dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga 
ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo`lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va 
beda yetishtirishni o`rganishgan. 
Vatanimiz hududida qorako`l teri beradigan qo`ylar parvarishi muhimdir. Ularning 
terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni 
kuchaytirish O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, 
boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy 
qo`riqchilar bo`lgan. Butun yo`l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o`tilgan. 

Download 294,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish