Nishon
Nurlar dastasi
Qurolni odamlarga, atrof-muhitga ta’siri ham termomexanik tarzda ta’sir etadi. Bunday qurollar ayrim davlatlarda sinab kо‘rilgan. Jumladan, Xitoy - sobiq SSSR chegarasi Xasan kо‘li mojarasida bunday quroldan foydalanilgani ma’lum.
Yadroviy qurollar va ularning xususiyatlari. Yadroviy aslahalar keng miqyosda odamlarni, sanoat va turar joy markazlarini yо‘q qilish, inshootlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun mо‘ljallangan.
Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yо‘naltiruvchi qismdan va qurolni boshqaradigan qismidan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar turli xil kо‘rinishlarda: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedolarning jangovar qismida va boshqa kо‘rinishlarda tayyorlanadi.
Yadroviy qurollarning ishlashi zanjirli reaksiya natijasida (termoyadro reaksiyasi asosida parchalanadigan og‘ir yadrolar va yengil yadrolar, vodorod va boshqa element izotoplarining hosil bо‘lishi) hosil bо‘ladigan ichki yadroviy energiyalarning hisobiga amalga oshadi. Yadroviy qurollarning kuchi trotil ekvivalenti bilan о‘lchanadi. Bu degan sо‘z oddiy portlovchi modda trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori о‘sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil ekvivalenti tonna (t.), kilotonna (kt.) va mega tonna (Mt.) bilan о‘lchanadi.
Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1 kt-gacha), kichik (1-10 kt), о‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- 1 Mt) va juda katta (1 Mt dan yuqori) turlariga bо‘linadi.
Yadroviy qurollarning vayronagarchilik darajasi qurolning turiga, quvvatiga, joylashgan о‘rniga, portlash sharoitiga, inshootlarning himoyalanish darajasiga qarab va boshqa sabablar bilan aniqlanadi.
Yadro portlatish turlari . Qо‘yilgan maqsadga kо‘ra, yadro portlatish yer yuzida, yer ostida, suv ostida va har xil balandlikdagi atmosferada amalga oshiriladi.
Yer ustida portlatilganda qurolning yarqirash hududi yarim oy shaklida yer ustida kо‘rinadi. Bunday holatda portlash balandligi (yerdan balandligi) quyidagi formula bilan ifodalanadi.
q-qurolning quvvati
Yadro quroli yer ostida portlatilganda portlash balandligi ( ) bо‘lsa, u holda yerda o`ra hosil bо‘ladi va uning diametri va chuqurligi portlatish quvvatiga, tuproq tuzilmasiga bog‘liq. Yer ustida portlatish, asosan juda mustahkam inshootlarni buzish, hamda atrof-muhitni, juda katta miqyosda radiоaktiv zararlash maqsadida amalga oshiriladi. Suv tagida portlatishdan juda mustahkam suv ostidagi juda mustahkam nishonlarni, gidrotexnik va port inshootlarni buzish maqsadlarida foydalaniladi. Bu xildagi portlatishning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bunda gravitatsiya tо‘lqini hosil bо‘lib, bu har qanday nishonga katta zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |