Investitsiya mulkini tan olish mezonlari: - ta'rifga muvofiqligi;
- investitsiya mulkidan foydalanish natijasida kompaniyaning kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli yuqori;
- investitsiya mulkining ob'ekt tannarxi ishonchli tarzda baholanishi mumkin.
Investitsiya mulkini dastlabki baholash. Investitsiya mulki ob'ekt dastlaki tannarxi bo'yicha baholanishi kerak.
Investitsiya mulk ob'ekt tannarxi bo'yicha sotib olish narxi va to'g'ridan-to'g'ri xarajatlarni o'z ichiga olishi kerak.
Investitsiya mulki ob'ekt tannarxi bo'yicha quyidagi xarajatlarni o'z ichiga olmaydi:
- ob'ektni ish holatiga keltirish uchun bunday xarajatlar zarur bo'lgan hollar bundan mustasno, ishga tushirish xarajatlari;
- dastlabki operatsion zararlar, masalan, ofis ijarasining rejalashtirilgan darajasiga yetishguncha;
- mulk ob'ektlarini qurish yoki rekonstruktsiya qilish paytida materiallar, ishchi kuchi va boshqa resurslarni ortiqcha sarf qilish xarajatlari.
Agar investitsiya mulk kechiktirilgan to'lov shartlari asosida sotib olingan bo'lsa, unga kelajakda pul to'lovlar berilgan (diskontlangan) qiymati uchun tan olingan bo'ladi. Investitsiya mulki ob'ektini dastlabki tan olish qiymati va umumiy to'lovlar o'rtasidagi farq kechiktirilgan davr mobaynida foiz stavkasi sifatida e'tirof etiladi.
Keyingi xarajatlar Investitsiya mulki ob'ektiga (mehnat xarajatlari, sarf materiallari) xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish bilan bog'liq keyingi xarajatlar davr xarajatlariga kelib chiqadi.
Agar investitsiya mulkining bir qismi foydali xizmat muddati davomida almashtirishni talab qilsa, tegishli xarajatlar kapitallashtirilishi mumkin (agar aktivni tan olish mezonlari bajarilsa).
Investitsiya mulkini keyinchalik baholash. Investitsiya mulk ob'ektlarini keyingi hisoblashning ikkita modeli:
* boshlang'ich qiymati bo'yicha hisob modeli (MHXS (IAS) 16 “Asosiy vositalar”):
Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda investitsiya mulki = tarixiy xarajatlar - to'plangan amortizatsiya - qadrsizlanishning to'plangan zarari;
* adolatli qiymatni hisobga olish modeli:
Moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotdagi investitsiya mulki = adolatli qiymat (agar adolatli qiymatni ishonchli baholash mumkin bo'lmagan hollar bundan mustasno).
Kompaniya barcha investisiya mulkni hamma ob'ektlar uchun keyingi hisob modelini tanlash kerak.
Investitsiya mulkining adolatli qiymatidagi o'zgarishlardan kelib chiqadigan foyda yoki zararlar ular paydo bo'lgan davrning daromadlari to'g'risidagi hisobotda hisobga olinadi.