4-mavzu. Geodezik tayanch tarmoqlari
REJA:
1. Davlat geodezik tarmoqlari haqida tushuncha
2. Planli geodezik tarmoqlarni barpo etish usullari
Tayanch so‘zlar: umumdan bo‘lakka o‘tish, geografik koordinata, geografik kenglik, geografik uzoklik, geoid yer, globus, aerosurat, karta, plan, sistema, profil, astronomik va geodezik usul.
1. Davlat geodezik tarmoqlari haqida tushuncha
Berilgan katta yoki kichik joyning plan, karta va profilini chizish uchun avval shu joyda yuqorida tanishilgan s’yomka usullarining biri bilan gorizontal yoki vertikal s’yomka ishlari olib boriladi. S’yomka natijalarining to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishi uchun ularni ilmiy asoslab, bir sistemada olib borish kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, hamma vaqt har qanday geodezik ish «umumdan bo‘lakka o‘tish» deyiladigan qoida asosida olib boriladi. Bu qoida tatbiq etilganda o‘lchash va hisoblash davrida sodir bo‘ladigan xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishga imkoniyat tug‘iladi.
4.1-rasm
U mumdan bo‘lakka o‘tish usulining mohiyati shundaki, avval joyda bir necha nuqtalar o‘rni, masalan, koordinatalari yoki balandliklari yuqori aniqlik bilan topiladi va ular bosh tayanch nuqtalar deyiladi. Keyin bu tayanch nuqtalar asosida shu nuqtalar atrofida ikkinchi darajali nuqtalar olinadi.Ular son jihatidan ko‘proq va bir–biriga yaqinroq bo‘lib, ularda o‘lchash aniqligi ham kamroq bo‘ladi. Keyin bu nuqtalar asosida uchinchi darajali bir necha nuqta topiladiki, bular ikkinchi darajali tayanch nukta bo‘ladi. Bu nuqtalar oralig‘i yana kichikroq va o‘lchash aniqligi ham yana kamroq bo‘ladi. Shu yo‘l bilan topilgan nuqtalardan yasalgan ko‘p burchaklik geodezik tarmoqlar deyilib, bunda quyi darajadagi tayanch nuqtalar yuqori darajadagi tayanch nuqtalarga asoslanadi. Bu tayanch nuqtalar to‘ri pgayanch nuqtalar tarmog‘i ham deyiladi.
Tayanch nuqtalar o‘rnatish tartibiga misol tariqasida ko‘rsatilgan misol bilan tanishaylik. Joyda bir–biridan uzoq masofada olingan A, В va С nuqtalar boshlang‘ich tayanch nuqtalar bo‘lib, ularning o‘rni juda aniq topilgan. Bu nuqtalar uchburchaklik uchlari bo‘lib, ular asosida ikkinchi darajali M, N, Р, Q nuq-talar topilgan(4.1-rasm). Keyin bu nuqtalar bo‘yicha N va Q orasida uchinchi darajadagi m, n, k nuqtalar olingan. Shunday m, n, k kabi nuqtalar har qaysi yuqori darajali tayanch nuqtalar orasida olinishi ham mumkin. Bu nuqtalar bir–biriga yaqin joylashgan bo‘lib, joyning tafsilot va relefini s’yomka qilishda asbob shu nuqtalarga o‘rnatiladida, keyin s’yomka qilinadi, bu nuqtalar s’yomka qilish nuqtalari deyiladi.
MDH da gorizontal xamda vertikal s’yomka qilish ishlarini umumdan bo‘lakka o‘tish qoidasiga asoslanib, bir sistemada olib borishga zamin hozir-langan, ya’ni MDH territoriyasida planiy va balandlik tayanch nuqtalar tarmog‘i davlat tomonidan barpo etilganki, bular geodezik ishlarni olib boryshda tayanch nuqtalar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |