2. Planli geodezik tarmoqlarni barpo etish usullari
Koordinata va balandliklari ma’lum va to‘rli masofalarda yerga mustahkam o‘rnatilgan tayanch punktlar tarmog‘i davlat geodezik tarmoq–lari deb ataladi. Tarmoqlar va ulardagi punktlar geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan loyihaga binoan o‘rnatiladi.
Geodezik tarmoqlar planiy va balandlik tarmoqlariga bo‘linadi. Planiy tarmotlar astronomik va geodezik usullar bilan o‘rnatiladi. Astronomik usulda har qaysi tayanch punkt o‘rnining geografik koordi–natasi mustaqil ravishda astronomik kuzatish orqali aniqlanadi. Bu usul ancha yengil bo‘lsa ham uncha aniq bo‘lmaganligidan geodezik ishlarga qo‘yilgan talabga javob bera olmaydi. Yolg‘iz masshtabi 1:50 000 dan kichik bo‘lgan kartalarni asoslashga ishlatish mumkin.
Geodezik usulda bir necha bosh tayanch nuqta koordinatalari astrono-mik yo‘l bilan aniqlansa ham qolgan hamma nuqtalarning koordinatalari matematika formulalari yordamida hisoblab topiladi. Geodezik usul bir necha turga bo‘linadi. Masalan, triangulyatsiya, trilateratsiya, poligonometriya, to‘rli ko‘rinishdagi kestirma, diagonalsiz to‘rtburchaklik va geometrik to‘r (tarmoq) kabi usullarning biri yoki bir nechasi qo‘llaniladi.
Triangulyatsiya–joydagi uchburchakliklar sistemasining qatori bo‘l ib, burchak uchlari tayanch punktlar bo‘ladi. Punktlar shunday o‘rnatiladiki, har nuqtadan kamida uch qo‘shni nuqta ko‘rinadi va uchburchaklik tomon-larining uzunliklari bir–biridan katta farq qilmaydi. Masalan, triangulyatsiyaning bir zvenosi yoki qatori keltirilgan. Tekis joy-da uzunligi plan masshtabida 5 sm dan kichik bo‘lmagan AB chiziq olinib, u invar sim bilan 1:1000000 aniqlikda o‘lchanadi.
Bu chiziq bazis deyiladi. Qator oxirida ham KZ bazis olib o‘lchanadi. Keyin bazis kichik diagonal qilib shakldagi kabi romb yasaladi. Katta diagonali CD – triangulyatsiyaning chiqish tomoni deyiladi. Romb uchlari va tomonlari bazis tarmog‘i deyiladi. Shaklda ko‘rsatilgan burchaklar aniq o‘lchanadi. A, C, B va D punktlarning koordinatalari va chiqish tomoni azimuti astronomik kuzatish bilan aniqlanadi, bu Laplas punkti deyila-di. Keyin bazis uzunligi va o‘lchangan burchaklar yordamida uchburchakliklar tomonlarining uzunligi va yo‘nalishi hamda punktlar koordinatalari matematika qoidalari asosida hisoblanadi. Bu yo‘l bilan hisoblaganda KZ bazisi ham topiladi. Uning o‘lchangan uzunligi bilan xisoblangan uzun-ligi orasidagi farq yo‘l qo‘yarli bo‘lsa, tuzatmalar berib tuzatiladi.
Triangulyatsiya tayanch punktlarini barpo qilish MDHda ilmiy qoidalarga asoslangan holda tashkil qilingan va o‘rnatilgan (4.1–jadval).
Davlat triangulyatsiya tarmoqlari 4 klassga bo‘linib, 1, 2, 3 va 4–klass deb nom-lanadi. 1–klass triangulyatsiya qatorlari meridian va parallellar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi. Qatorlar 200 km gacha cho‘zilib kesishishadi va to‘rtburchaklik shaklidagi poligon yasaydi. 1–klass bilan o‘ralgan maydon ichida 2–klass uchburchakliklari joylashadi. 2–klass o‘rta-laridagi maydon 3 va 4–klass uchburchakliklari bilan qoplanadi. MDHda davlat triangulyatsiya tarmoqlarining klasslari, undagi uchburchak tomonlarining uzunligi, burchak o‘lchash aniqligi va chiqish tomonining o‘lchash yoki hisoblashdagi aniqlik nisbiy xatosi berilgan(4.2-rasm).
4.2-rasm
4.1–jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |