4-mavzu: buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisob siyosati reja



Download 36,46 Kb.
bet1/3
Sana10.06.2022
Hajmi36,46 Kb.
#652952
  1   2   3
Bog'liq
2 5458738506471837847


4-MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH VA HISOB SIYOSATI
Reja:

  1. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati.

  2. Buxgalteriya hisobiga raxbarlik qilish.

  3. Buxgalteriyada ishni tashkil qilish

  4. Korxona hisob siyosati

Tayanch so’z va iboralar: ichki foydalanuvchilar, tashqi foydalanuvchilar, boshqaruv apparati, aktsiyadorlar, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar, auditorlik firmalari, bosh buxgalter, buxgalteriya apparati.
1. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati
Malakatimizda siyosiy-mustaqillikka erishilganidan so‘ng bir necha omillar hisobga olingan holda xukumat rahbariyati boshchiligida, iqtisodiy isloxotlar amalga oshirila boshlandi.
Bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan iqtisodiyotni o‘ziga xos xususiyatlari mavjudki, shu xususiyatlardan biri mulkchilik shaklining turli ko‘rinishlari yuzaga kelishidir.
Iqtisodiyot asosiy bug‘ini bo‘lishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatlarini yuritishida turli mulkchilik shakllariga asoslanadilar.
Iqtisodiyot turli sohalarga qarashli korxona muassasa, uyushma, birlashma, kontsern va boshqalar faoliyati ustidan umumiy davlat boshqaruvini o‘rnatish, ulardan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar esa, ular buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat’iy nazar, tegishli organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun, ko‘rsatma nizomlarga va qo‘llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari zarur.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma’lumotlari nafaqat ichki, balki yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar ehtiyoji ham e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish mumkin:

  • ichki foydalanuvchilar;

  • tashqi foydalanuvchilar.

Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati xodimlari kiradi.
Korxona boshqaruv apparati xodimlari korxona faoliyati boshqaruviga va korxona oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga erishilishiga to‘liq javobgardirlar.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda ichki boshqaruv apparati korxona moliyaviy rejasini, tuzadi, korxona xo‘jalik faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) yuzasidan bozor talabini o‘rgangan holda, baho belgilash, moliyaviy qo‘yilmalarni yuritish chora-tadbirlarini, bank va bankdan tashqari korxonalardan kredit va qarzlar olish va boshqalar haqida qarorlar qabul qiladi.
Qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma’lumotlari, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishigacha, natijada korxonani zarar ko‘rishiga, ba’zi xollarda esa bankrotlik holatiga kelishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham o‘z navbatida ikki guruhga ajratish mumkin:
A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar;
B) bilvosita manfaatdorlar.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga qo‘yidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:

  • Aktsiyadorlar;

  • Kreditorlar;

  • mol etkazib beruvchilar va xaridorlar;

  • soliq nazorati inspektsiyasi;

  • mehnat birjalari va boshqalar.

Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdorlarga qo‘yidagilar kiradi:

  • auditorlik firmalari;

  • moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar;

  • qimmatbaho qog‘oz birjalari;

  • qonunchilik organlari;

  • xuquqshunoslar (xo‘jalik sudi vakillari);

  • matbuot va axborot agentliklari;

  • savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari;

  • ijtimoiy sug‘urta organlari;

  • kasaba uyushmalari.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni yillik moliyaviy hisobotlari undan foydalanuvchilar uchun tushunarli va oddiy holda etkazilishi kerak.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligini «Buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati» boshqarmasi hisobning barcha turlari bo‘yicha rahbarlikni olib boradi.
Moliya vazirligining ushbu boshqarmasi hisob ishlarini mexanizatsiyalash, hisob mutaxassislarini tayyorlash, ular malakasini oshirish, shuningdek, hisob ishlari bilan bog‘liq yo‘riqnomalar, nizomlar, ko‘rsatmalar ishlab chiqib, nashr qildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot statistika vazirliklari birgalikda buxgalteriya hisobi schetlar rejasini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni shakllarini ishlab chiqadi, ularni qo‘llashga doir yuriqnomalar ham shu vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Hozirgi vaqtda Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi, usuliyati boshqarmasi tomonidan buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilib ularning 24 tasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi.
Mamlakatimiz siyosiy mustaqilligidan so‘nggi, erishilayotgan iqtisodiy mustaqilliklar zamirida Jahon bozoriga chiqish, chet el davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarda bo‘lish etadi.
Demak, tabiiyki, «iqtisodchilar tili» hisoblanuvchi buxgalteriya hisobini jahon standartiga moslashtirish zamon talabi bilan yuzaga keldi.
Turli halqaro tashkilotlar barcha davlatlarda buxgalteriya hisobi umumiy tizimini ta’minlashga xarakat qilmoqda. Ulardan ba’zi birlari qo‘yidagilardir:
Buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo‘yicha qo‘mita (BXXSK). Ushbu qo‘mita 1973 yilda 9 davlat Professional buxgalterlari tuzilmasi asosida tashkil topgan edi. 9 davlat esa, qo‘yidagilar edi: Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Meksika, Niderlandiya, SShA, Frantsiya va Yaponiya.
Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasi (BXF) 1997 yilda tashkil topib, buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo‘yicha qo‘mita (BXXSK) bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritmoqda.
BXF xalqaro andozalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmaydi, balki buxgalteriya ishlarini xalqaro umumlashuvi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, BXF buxgalteriya ishlarini xalqaro umumlashuviga umumiy yondoshuvlar va yo‘nalishlarin aniqlaydi, shuningdek, buxgalteriya hisobi bo‘yicha Evropa mutaxassislari federatsiyasi kabi xududiy maxsus buxgalteriya organlari ishlariga yordam beradi.
Shunga ahamiyat bermoq kerakki, hozirgi davrga kelib, milliy, xududiy manfaatdorliklar, hamda jug‘rofiy va iqtisodiy xosliklardan kelib chiqib, buxgalteriya hisobini va hisobotini xalqaro umumlashuviga yagona yondoshuv topilmadi. Bozor kuchi yordamida buxgalteriya hisobi umumlashuviga erishish tezlashadi degan umumiy fikrga ega bo‘lindiki, buni qo‘yidagicha izohlash mumkin.
Davlatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb etish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotini jahon standartiga moslashtirishga xarakat qiladi va shu yo‘l bilan iqtisodiyotni rivojlanishga zamin tayyorlaydi.
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobining tartibga solish huquqiga ega manbaalar qo‘yidagilardir:

  • qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy va qonuniy dalolatnomalar;

  • Moliya vazirligini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birga, hamda vazirliklar va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida qabul qilgan me’yoriy dalolatnomalari va ko‘rsatmalari.

Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditor assotsiatsiyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari misol bo‘ladi.

Download 36,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish