3. Buxgalteriyada ishni tashkil qilish.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hozirgi zamon talabiga to‘liq javob berishini ta’minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlarini ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodimlarni sog‘ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi.
Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda qo‘yidagilarga ahamiyat berish kerak bo‘ladi:
xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligiga;
buxgalteriya bo‘limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga oshirilishiga (hisob xodimining bittasiga belgilangan maydon meyori besh kvadrat metrdan to‘qqiz kvadrat metrgacha);
xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo‘limida ishlashiga ko‘ra ish joyi ta’yinlanganiga.
Masalan, bosh buxgalter va uning o‘rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar shaxslar, mijozlar bilan muloqotda bo‘ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo‘limi boshqa xodimlarni mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so‘zlashuvlar, mijozlar bilan muloqotlar) salbiy ta’sir etishi mumkin.
Xodimlarni xona ichida ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta ishlash ketma-ketligini yoki xodimlarni ish faoliyatidagi o‘zaro aloqadorligini hisobga olmoq kerak.
Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (kompyuter, printer, faks, telefon va boshqalar)ni joylashishini ham e’tiborga olmoq kerak.
Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko‘ra joylashgan holda qo‘yilishi lozim. Stolning o‘ng tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi, buxgalteriya bo‘limi xodimi ish faoliyati samaradorligini oshishi omillaridan biri hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi ob’ektlar menedjment, marketing bo‘limi xodimlari uchun kerakli ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil etilishiga bevosita bog‘liqdir.
|
|
|
Bosh buxgalter
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh buxgalter muovini
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bo‘limlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ta’mi-not jarayoni hisobi bo‘limi
|
|
Ishlab chiqa-rish jarayoni hisobi bo‘limi
|
|
Sotish jarayoni hisobi bo‘limi
|
|
Hisob moliya bo‘limi
|
|
Ish xaqi va unga doir hisob-kitoblar bo‘limi
|
|
Yig‘ma hisob bo‘limi
|
1.11-rasm. Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi
4. Korxona hisob siyosati
Buxgalteriya hisobi qonun, standart, nizom, yo‘riqnomalar asosida yuritiladi. Biroq, juda ko‘p me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobini yuritishda, aktiv va majburiyatlarni baholashda, hisob-kitob va boshqa xarajatlarni hisoblashda va boshqalarni tanlash imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) xo‘jalik yurituvchi sub’ektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi.
Bu maqsadga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos bo‘ladigan kontseptsiyalar hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga eng kam miqdordagi talablar ko‘zda tutilgan.
Ayrim operatsiyalar va voqealarni aks ettirish, ularni o‘lchash hamda ochib berish uchun batafsil talablar BHMSlarda bayon qilinadi.
Moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotga qo‘shimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin.
Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish sub’ektlarining mablaglarini hisobot yilida baxolashning uslubiy koidalarining yigindisi deb ta’riflash mumkin.
Endilikda xar kanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-xuquqiy tuzilishdagi va tarmoqqa tegishli sub’ektlar kuyidagi soxalar buyicha uzining hisob siyosatini tanlab olishi mumkin:
asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash;
asosiy vositalarni ta’mirlash sarflarini hisobga olish;
materiallarni sotib olish sarflarini hisobga olish;
moddiy aylanma mablaglarining hisobini tashkil qilish va
baholash;
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish;
materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor maxsulot,
junatilgan tovarlarni baholash;
ishlab chiqarilgan tayyor maxsulotni hisobda aks ettirish;
maxsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasini hisobga olish;
shubxali qarzlar buyicha xar xil zaxira (rezerv) larni yaratish;
sof foyda hisobidan xar xil jamgarmalarni xosil qilish va boshka masalalar bo’yicha.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tugrisida”gi qonuniga ko’ra buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi korxona, muassasa va tashkilotlarning raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda sub’ektning raxbariga kuyidagi xukuklar beriladi:
bosh buxgalter raxbarligida buxgalteriya xizmat soxasini yaratish;
shartnoma asosida taklif qilingan mutaxassis bilan buxgalteriya hisobini yuritish, shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga topshirish yoki buxgalteriya hisobining sub’ektiga kiradigan xo’jalik birlashmasining markazlashtirilgan buxgalteriyasi bulimining xizmatidan foydalanish;
- buxgalteriya hisobini mustakil yuritish.
Shu bilan birga sub’ektning raxbariga kuyidagilarni ta’minlash
majburiyatlari yuklatilgan:
ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chikish;
xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi;
buxgalteriya hisobining tulikligi va ishonchliligi;
hisob hujjatlarining saklanishini;
tashki foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotni tayyorlab berish;
solik hisobotlari va boshka moliyaviy hujjatlarni tayyorlab berish;
hisoblashishlarning uz vaktida amalga oshirilishi. Sub’ektda pul mablaglarini, tovar-moddiy va boshka kiymatlarini
kabul qilish uchun asos bulib hisoblangan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisoblashish majburiyatlari va shuningdek buxgalteriya hisoboti va balansi raxbar yoki uning xoxishi bilan belgilangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Sub’ektning raxbari hujjatlarga uz imzolarini kuyadigan ikki ro’yxatni belgilab tasdiklaydi. Birinchi ro’yxatga raxbarlik funktsiyalarini bajaruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa – buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funktsiyalarini bajaruvchi shaxslar kiritiladi.
Ikkinchi ruyxatdagi shaxslarning imzosiz hujjatlar xaqiqiy hisoblanmaydi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida xar bir korxona, tashkilot yoki firma farmon, Nizom va ko’rsatmalarga rioya qilgan xolda hisob siyosatini uzi belgilaydi va sub’ektning raxbariyati yoki mulk egasining buyrugiga muvofik amalga oshiriladi. Bu buyrukda buxgalteriya apparatini tashkil qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshkaruv hisobini tashkil qilish va buxgalteriya hisobini yuritishning anik tartib va koidalari belgilanadi.
Takrorlash uchun savollar:
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tushunchasini tariflang.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish bo'yicha asosiy hujjatlarni aytib bering.
Buxgalteriya xizmati qanday vazifalami bajaradi?
Buxgalteriya hisobini tashkil etishga qanday talablar qo'yiladi?
Korxona rahbari buxgalteriya hisobini tashkil etish sohasida qanday huquqlarga ega?
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning qanday shakllarini bilasiz?
BuxgaJteriya hisobining qanday tashkiliy tuziimalari mavjud?
HujjatJar aylanish grafigini va uning aharniyatini tushuntirib bering.
Bosh buxgalterning huquqi, majburiyatlari va javobgarligi nimalardan iborat?
Bosh buxgalter ishlarini qabul qilish-topshirish tartibi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |