4-mavzu: asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy aspektlari reja


Qаичф – yil davomida kiritilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati; Q



Download 43,54 Kb.
bet3/8
Sana16.04.2022
Hajmi43,54 Kb.
#557205
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY AYLANISHINING MOLIYAVIY ASPEKTLARI

Qаичф – yil davomida kiritilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;
Qбаич – barcha asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil oxiridagi qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish koeffitsienti esa eskirgan ishlab chiqarish apparatining foydalanish (eksplua-tatsiya qilish)dan chiqib ketish dinamikasini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:

Q ч = (Qаичфл : Qаичфб) x 100%


Bu erda: Qч – chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti;
Qаичфл– yil davomida likvidatsiya qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati; Qаичфб– asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati.
Shunday qilib, asosiy kapital doiraviy aylanishining sama-radorligi, ko’p jihatdan, amortizatsiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda qayta investitsiya qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan birga, bu erda, yangi texnologik tizimlardan foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklama darajasi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’z vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi, moliyalash-tirishning mumkin bo’lgan barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
4.2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi

Aylanma kapital XYuS aylanma (o’zgaruvchan, mobil) aktiv-lariga avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifodalaydi. Bu kapital XYuS balansining “Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo’limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyi-dagi bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinadi:

  • takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hi-sobga olgan holda funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha;

  • shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra;

  • lividlilik darajasiga qarab;

  • va boshqa belgilariga muvofiq.

Aylanma kapital juda ko’p funktsiyalarni bajaradi. Ular-ning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

  • takror ishlab chiqarish;

  • rag’batlantirish;

  • taqsimlash;

  • ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’-minlash;

  • ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;  va boshqalar.

Aylanma kapital o’z funktsiyalarini ham pulli, ham natural-buyum shakllarida amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funktsional jihatdan quyidagi ikki tashkil etuvchi belgilab beradi:

  • aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab

chiqarish fondlari;

  • muomala fondlari.

Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan ibo-rat bo’lgan quyidagilar kiradi:

  • xom ashyo va asosiy materiallar;

  • sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;

  • yoqilg’i;

  • qadoqlash va qadoqlash materiallari;

  • joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;

  • inventarlar va xo’jalik buyumlari;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;

  • o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;

  • kelgusi davr xarajatlari;  boshqa xarajatlar.

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlarining tarkibi quyidagilardan iborat2:

  • tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib

jo’natilgan tovarlar;

  • pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisobvaraqlari (akkreditivlar va chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, bosh-qa to’lov hujjatlari);

  • qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy qo’yilmalar – boshqa XYuSlar qimmatli qog’ozlariga in-vestitsiyalar, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligatsiya-lari, boshqa XYuSlarga berilgan zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish;

  • debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluv-chilar va buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, sho’ba va bo’ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari, berilgan avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari.

Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakl-lantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’larining doiraviy aylanishi XYuS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy resurslar qiy-matining to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mah-sulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum ko’rinishida qay-tishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiy-mat kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismla-rining funktsional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari – xom ashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum ko’ri-nishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompa-niya moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisob-lanadi.
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalash-tirish manbalari quyidagilardan iborat:

  • o’zlik va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;  qarz va jalb qilingan mablag’lar.

O’z navbatida, aylanma mablag’larni shakllantirish va mo-liyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ustav kapitali;

  • foyda;

  • emission daromad.

Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi.
O’zlikka tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYuS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan iborat. Ish haqi va ijtimoiy sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaqtinchalik foydalanilishi mumkin.
Qarz mablag’lari o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:

  • banklarning qisqa muddatli kreditlari;

  • zayomlar;

  • uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi.

Jalb qilingan mablag’lar:

  • mol etkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarz-lari;

  • to’lanuvchi veksellar;

  • “qiz” XYuSlar va bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet ol-didagi

qarzlar;

  • olingan avanslar;

  • va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.

Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini tavsif-lovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’lar aylani-shining soni va aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoq-ligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:

Download 43,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish