Bog'liq ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY AYLANISHINING MOLIYAVIY ASPEKTLARI
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital qanday qiy-matning bir qismi hisoblanadi?
XYuS ning buxgalteriya balansida asosiy kapital qanday sifatda aks ettiriladi?
Asosiy kapitalning asosini nimalar tashkil etadi?
Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital nimaning qismi sifatida maydonga chiqadi?
Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra asosiy fondlar ni-malarga bo’linadi?
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb nimaga aytiladi?
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuS ning qanday mulklari kiradi? Ular bo’yicha amortizatsiya hisob-lanadimi?
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi nimalar jihatidan bo’lishi mumkin?
Asosiy fondlarning tarkibiga nimalar kiradi va ular-ning aktiv va passiv qismlari nimalardan iborat?
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda nimalarni hisobga olish maqsadga muvofiq?
Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qanday asosiy metodlaridan foydalaniladi va ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko’rsatkichi qan-day aniqlanadi?
Fond qaytimi va fond sig’imi ko’rsatkichlarini hisoblash tartiblari qanday?
Smenalik koeffitsienti qanday aniqlanadi?
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffi-tsienti nimani xarakterlaydi va u qanday aniqlanadi?
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi nimalarni oldindan aniqlab beradi?
Aylanma kapital o’zida nimani ifodalaydi va u XYuS balansining qanday nomlangan bo’limida aks ettiriladi?
Aylanma kapital qanday bir necha asosiy guruhlarga klas-sifikatsiya qilinadi?
Aylanma kapital qanday funktsiyalarni bajaradi va ular-ni qanday shakllarda amalga oshiradi?
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini funktsional jihatdan qanday ikki tashkil etuvchi belgilab beradi?
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natu-ral-buyum shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan nimalar kiradi?
Aylanma mablag’lar (kapital) ni shakllantirish va moliya-lashtirishning o’z manbalari tarkibiga nimalar kiradi?
O’zlikka tenglashtirilgan manbalar nimalardan iborat?
Qarz mablag’lari tarkibiga nimalar kiradi?
Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarak-terlovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar nimalardan iborat va ular qanday aniqlanadi?
Sof aylanma kapitalni qanday aniqlash mumkin?
Aylanma kapitalni me’yorlashtirish deyilganda nimalar tushuniladi va unga ko’ra aylanma mablag’lar qanday guruhlarga bo’linadi?
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori nimalardan iborat va u, eng avvalo, nimalarga bog’liq?
Me’yor nimalarga nisbatan o’rnatiladi?
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiri-ladigan aylanma mablag’lar normativining formulasi qanday ko’rinishga ega?
Xususiy normativlar nimalarning hisoblanishi natija-sida vujudga keladi?
Yig’ma (jamlangan) normativ qanday hosil bo’ladi?
Xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alo-hida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik me’yori qanday zaxira-lar summalarini inobatga olib o’rnatiladi?
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar-ni me’yorlashtirish nimalar bo’yicha amalga oshiriladi va u qanday formula yordamida aniqlanadi?
ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi nimalar bilan belgilanadi?
1 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 2013
2 Marcia Cornett, Troy Adair, Finance: Applications and Theory, 2014
3 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 2013