4-mavz u: Agrokonsalting xizmatini tashkil etishning asosiy yónalishlari va usullari


-rasm. Qishloq xójaligida axborot-konsalting markazlari doirasida kórsatiladigan xizmatlar ketma



Download 121,8 Kb.
bet2/10
Sana23.04.2022
Hajmi121,8 Kb.
#577187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-тема

4.3-rasm. Qishloq xójaligida axborot-konsalting markazlari doirasida kórsatiladigan xizmatlar ketma-ketlipi va ózaro boǵliqligi tizimi.

Fermer va qishloq tadbirkorlarini ma`lumotlar bilan ta`minlash va ma`lumotlarga bólgan talabini qondiriishi uslubiy jihatdan takomillashtirish, bu jarayonda zamonaviy usul va amaliyotda sinalgan uslubiy yondashuvlardan foydalanish kishloq xójaligida axborot-konsalting markazlari faoliyati samaradorligini oshirishnig muhim omillaridan biri hisoblanadi.


Qishloq hududlarida quyidagi omillar axborot -konsalting markazlari xizmat yónalishlarining shakllanishiga, xizmatlar darajasi, kólami, miqyosi hamda xizmatlar kórsatsh usuli va vositasiga ta`sir kórsatishi mumkin, ya`ni:

  • hududning tabiy-iqlim sharoiti, rel`efi, qishloq xójaligi ishlab chiqarishi yónalishi, ixtisosligi;

  • hududda faoliyat yuritayotgan xójaliklar shakli, etishtirilayotgan ekinlar turi, moddiy resurslar bilan ta`minlanganligi;

  • hududning yirik shahar va sanoat markazlaridan yaqin-uzoqda joylashganligi;

  • hududda kommunikaciya-aloqa tizimining rivojlanganligi;

  • bozor, ishlab chiqarish, xizmat kórsatish hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma sub`ektlarining shakllanganligi va faoliyati darajasi;

  • hududda agrosanoat majmui infratuzilmasi tizimining taraqqiy etganligi;

  • hududdagi axborot-konsalting markazlari mutaxassislari salohiyati, óquv-uslubiy hamda ma`lumotlar bazasining shakllan­ganligi va boshqalar.

Ushbu omillarni hududdagi axborot-konsalting markazlari xizmatlariga, ayniqsa, axborot-maslahat xizmatlariga bólgan talabni aniqlashda inobatga olish muxim amaliyahamiyatga ega.


4.2. Taklif etilayotgan xizmatlar kólami va ixtisoslashuvi
Axborot-maslahat xizmatlarining samarali ishlashining muhim sharti ta`lim, bilimlarni tarqatish, fan va maslahat funkciyalarini birlashtirishdan iborat. Bu barcha funkciyalar agrar sektorda u yoki bu darajada axborot-maslahat xizmati tashkil etilganga qadar ham bajarilib kelingan.
Biroq ular unchalik mustahkam aloqaga ega bólmagan turli davlat strukturalari tomonidan alohida-alohida amalga oshirilib samarasi juda past bólgan.
Xizmatni tashkil qilish axborot-maslahat xizmat kórsatishning barcha ishtirokchilari kuchlarini birlashtirish va bu jarayonga tovar ishlab chiqaruvchilarining ózini ham jalb qilishni kózda tutadi.
Bunday maqsad barcha mavjud xizmat kórsatish modellari asosida yotadi. Biroq, amaliyotning kórsatishicha maqsadni identifikaciya qilishning ózi etarli emas. Unga erishishga real sharoitlarda kóproq samarali bólgan vositalarni tanlashni ham talab qiladi.
Tarixiy rivojlanish bizga konsalting menejmentida mavjud holatni, uning kuchi va cheklovlarini bilish imkonini beradi. Konsalting menejmentining haqiqiy tarixiy ildizlari qaerga borib taqaladi? Ular qanchalik uzoq muddat shakllangan? Qanday shaxslar va asosiy voqealar uning bugungi kundagi kórinishga kelishida órin egallashgan?1
Konsalting menejmenti sanoat inqilobi sharoitida zamonaviy fabrikalarning paydo bólishi, órnatilgan va ijtimoiy yangilanishlar bilan boǵliqlik asosda vujudga keladi. Uning ildizlari ham xuddi shunday insonning a`lo darajadagi faoliyat doirasi va tadqiqotlariga boǵlanadi. Menejmentda konsalting boshqaruv tajribasining shakllanishi yuqori bosqichda yuzaga keladi.
Turli holatlar va tashkilotlarga uslublar va tamoyillarni qóllash yozib olinishi va biznesni eng qulay boshqarish uchun tadbirkorlar motivlashtirilishi kerak. Bu shartlar 20 asrning oxiriga qadar, boshqarishning ilmiy maktabi dunyoga kelguniga qadar bajarilmagan2.
Ilmiy menejment namoyondalari.
Ilmiy menejmentning kóplab namoyondalari bólgan. Ulardan biri amerikalik sanoatchi Charlz T. Sempson bólib, u xitoylik malakasiz ishchilarni tóliq ish bilan ta`minlash uchun 1870 yilda etikdózlik fabrikasini qayta tashkil etgan. Bir yildan sóng, u maslahatchilik qobiliyatini ishga solib, óz tajribasini kirxona egasi bólib ishlagan va maslahatni qabul qilgan holda Sempson qóllagan modellarni qóllay boshlagan.
Ilmiy menejmentning dastlabki namoyondalarai Frederik Teylor, Franka va Lilian Jilbert, Genri L. Genta va Harrington Emersonlar maslahatchilikni rivojlantirishga asosiy ishtiyoqni berganlar. Ularning ish jarayonini va ishchilar va zavodlarning samaradorlik darajasini osonlashtirish uchun texnik va uslubiy yondoshuvi u davrlar hozirgidek bólmagan, hatto ba`zi vaqtlarda bir-biriga qarama-qarshi holatda bólgan. Shunday bólsa-da, ular hammasi ishlab chiqarishga ilmiy uslublarni qóllash muammoni hal etadi deya ishonganlar. Ular ishonishicha, shuningdek, bir necha uslublarni birgalikda qóllash asosida, ilmiy yondoshuvni tarǵib qilish asosida, ularni savdo-sanoat korporaciyalarida qóllash naf beradi. Ular ma`ruza, kitob va maqolalardan óqishda tinmasdan, tadqiqotlar olib borib, nusxa olib, amaliy taqdimotlarni tashkil etib va har bir holatga imkon qadar maslahatni ta`minlaydilar. Undan keyin ijod qilgan Teylor tóliq boshqaruv bilan shuǵullanish va ishlab chiqaruvchilarga maslahatchi bólib ishlashni xohlagan edi.
Bu dastlabki shartlar menejment konsaltingiga juda muhim kórinishni bera oldi, jumladan, kasb va uning tasvirini aniq belgilab oldi. Maslahat berish davomida, uning ilmiy menejmentdan yuzaga kelib, fabrika va cexlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnatni racional tashkil etib, harakatni va vaqtini tadqiq etish, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish sarflarini qisqartirish uchun e`tibor qaratilgan. Aniq shu maqsadni kózlagan holda unga ishlab chiqarishni tashkil etish deya nom berildi va ishlab chiqarishni rivojlantirishda haligacha muhim hisoblanadi. Amaliyotda, “samaradorlik mutaxassislari” uslubiy yondoshuv asosida samaradorlikni oshirish uchun dvigatel vazifasini bajardi va unga erishdilar. Ularning aralashuvidan ishchilar va kasaba uyushmalari ishga shafqatsizlarcha munosabat uchun qórqqanlar.
Samaradorlik bóyicha ekspertlarning tajribasi yillar davomida ózgardi. Muammolarning yangi kórinishi va boshqaruvning yangi sohalari bilan biznesga maslahat berish, ishlab chiqarish bilan boǵliklik va mehnatni tashkil etish bilan shuǵullanish kamaya bordi. Samaradorlik bóyicha mutaxassislarning ijobiy taraflari hisobga olindi: maslahatchilar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va resurslarni tejash bóyicha yangi imkoniyatlarni qidirishda davom etmoqda.
Xalqaro amaliyotda konsalting xizmati tógrisida sóz borganda uning uch turini alohida ajratib kórsatish qabul qilingan:3

  • jarayon yoki loyiha yónalishi bóyicha;

  • ekspert yónalishi bóyicha;

  • ta`lim yónalishi bóyicha.

Jarayon yoki loyiha konsalting xnzmatinnng mohiyati shundan iboratki, bunda maslahatchi buyurtma bergan korxona mugaxassislari va rahbariyati bilan birga ishlaydi. Maslahatchi xulosa va maslahat-tavsiyalari asosini korxona rahbar xodimlarining korxona faoliyati maqsad-vazifalarini ózida mujassam etgan ǵoya va qarashlari tashkil etadi.
Ekspert konsalting xizmati buyurtma bergan korxona faoliyati tóliq diagnostika qilingandan sóng tayyorlangan xulosa, qaror va tavsiyalarni joriy etishga yónaltirilgan xizmat turi hisoblanadi. Ushbu konsalting xizmati turining e`tiborli jihati shundan iboratki, unda buyurtma bergan korxona faoliyati maslahatchini korxona holatini baholashi uchun zaruriy ma`lumotlar bilan ta`minlash bilan cheklanadi.
Ta`lim bóyicha konsalting xizmati. Bunda buyurtma bergan korxonaga nazariy yoki amaliy ma`lumot(kónikma)lar seminar, trening, davra suhbati, ma`ruza, uslubiy qóllanma shaklida takdim etiladi.
Umuman olganda konsalting xizmati nafaqat maslahat, tavsiya va taklif, hamkorlikda qaror tayyorlash shakllaridangina emas, balki ma`lum bir aniq texnik yoki tashkiliy vazifani amalga oshirish yóli bilan ham kórsatilishi mumkin.
Konsalting xizmatlari bilan maxsus konsalting korxonalari va kompaniyalari shuǵullanadi. Odatda bunday korxonalar "Axborot- konsalting markazi" deb nomlanadi va ular axborot-konsalting xizmatlarini kórsatadi. Bunday markazlar faoliyat yónalishi va xizmatlar kólami ularning Ustavida belgilangan bóladi.
Maxsus va ommabop adabiyotlarda axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari borasidagi qarashlarni umumlashtiradigan bólsak, ushbu xizmat turi ǵoyalar, axborotlar, bilimlar, nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar, kónikmalar uzatilishini tashkil etish, ularni ishlab chiqarishda ózlashtirishga amaliy yordam berishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda respublikamiz hududlarida faoliyat kórsatayotgan axborot-konsalting markazlarining asosiy qismi uchta katta yónalishda faoliyat kórsatmoqda.
Birinchi yónalish. Turli xil yónalishlarda fermer va dehqon xójaliklari va boshqa agrar tadbirkorlik sub`ektlariga maslahatlar berish bilan shuǵullanayotgan markazlar. Jumladan, agro­nomiya va tuproq unumdorligi, ósimliklarni himoya qilish, ilǵor agrotexnologiyalar, naslchilik ishlari, irrigaciya va melioraciya bóyicha va boshqalar.
Ikkinchi yónalish. Moliyaviy, buxgalteriya va huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat kórsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bóyicha tólovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam kórsatish yónalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes- rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investiciya uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
Uchinchi yónalish. Qishloq xójaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste`molchilarni turli xildagi ma`lumotlar va axborotlar bilan ta`minlash. Jumladan, qishloq xójaligi mahsulotlari va moddiy-texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilǵor texnologiya va biostimulyatorlar, shuningdek, ob-havo va iqlim tóǵrisidagi ma`lumotlar va boshqalar.
Ta`kidlash joizki, respublikamiz qishloq xójaligida axbo­rot-konsalting markazlarini shakllantirish ótgan asrning 95- yillaridan keyin, tadbirkorlik, dehqon va fermer xójaliklarini tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy hamda huquqiy-me`yoriy asoslari tóliq shakllantirilgandan sóng, jadal rivojlana boshladi.
Hukumatimiz tomonidan kórilgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xójaligi sohasida fermer va qishloq tadbirkorlariga axborot-konsalting xizmati kórsatishning turli shakl va tizimlari vujudga keldi.
Bugungi kunda bunday tuzilmalar mamlakatimizning turli hudud, shahar va tumanlarida vazirlik, qómita, xolding, korporaciya, akcionerlik jamiyati, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar, ta`lim muassasalari va ilmiy-taqiqot institutlari qoshida, davlat byudjeta, hissadorlar ulushi, loyiha va grantlar asosida, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar moliyaviy kómagida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona va mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan.
Dastlabki axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda axborot-maslahat xizmatlari kórsatishga yónaltirilgan bólib, keyinchalik bu sohani rivojlantirish va davlat tomonidan qóllab- quvvatlash tizimi va mexanizmlari shakllantirilib borilishi bilan xizmat kórsatish yónalishi va kólami kengayib bordi.
Turli shakl va kórinishdagi axborot-konsalting xizmati kórsatuvchi sub`ektlar faoliyatining maqsadi ilmiy-texnika yangiliklariga oid ma`lumotlarni yiǵish va uni iste`molchilarga etkazib berish, shuningdek, innovacion va ilmiy-texnikaviy loyihalarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qóllashga kómaklashishdan iborat.
Ularning bu yónalishdagi bosh maqsadlaridan biri axborot- konsalting markazlarida maxsus ilmiy-texnik axborotni shakllan­tirish asosida innovacion faoliyat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga kómaklashish hisoblanadi. Chunki, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanib borishi qonuniy ravishda ularning axborot, maslahat va konsalting xizmatlariga bólgan talabining ortishiga olib keladi. Bu esa, axborot-konsalting xiz­mati kórsatuvchi sub`ektlar xizmatidan foydalanishning oshib borishini ta`minlaydi.
Bugungi kunda qishloq xójaligini modernizaciyalashning muhim yónalishlaridan biri qishliq xójaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi sub`ektlarga: fermer va dehqon xójaliklari, qishloq tadbirkorlari, shuningdek, oilaviy tadbirkorlarga ilmiy-texnik axboroti xizmati kórsatish tizimini yaxshilash, rivojlantirish, zamonaviylashtirish va yanada takomillashtrish hisoblanadi.
Qishloq xójaligida axborot-konsalting xizmati kórsatuvchi kónikmalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qóllab-quvvatlash borasida dasturiy tadbirlar ishlab chiqilgan bólib, ularning amalga oshirilishi natijasida qishloq tadbirkorlari hamda fermer va dehqon xójaliklariga turli yónalishda xizmat kórsatish kólami va miqyosi yil sayin ortib, shakllari kópayib bormoqda. Bu toifadagi korxonalarning samarali faoliyat kórsatayotganligi esa, nafaqat qishloq xójaligida, balki agrar sohada ham xizmat kórsatish tizimi zamon talablari asosida shakllanib, ilm-fan taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlanib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Tahlillar kórsatishicha, axborot-maslahat markazlari faoliya­tining barqarorligi kóp jihatdan bu markazlar tomonidan kórsatiladigan xizmatlar kólami va sifatiga, ikkinchi tomondan, xizmatlarga bólgan talab hajmi va uning tólovi masalalariga boǵliq bólib qolmokda.
Axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bólgan talab usulini takomillashtirish xizmatlarni istiqbolda rivojlantirish strategiyasini belgilashda, xizmat kórsatishni marketing tamoyillari asosida taraqqiy ettirish rejalarini asoslash va maqsadlarga erishish taktikasini ishlab chiqishda óta muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar sirasiga kiradi. Shu bois axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bólgan talab hajmini aniqlash, bu jarayonda innovacion usul va uslubiy yondashuvlardan foydalanish amaliy jihatdan samarali hisoblanadi.



Download 121,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish