4-маъруза. Uftt va mobil aloqa operatorlarini ngn texnologiyasiga migratsiyalash usuli


Simli va mobil tarmoqlarni konvergentsiya qilish



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana26.05.2022
Hajmi1,08 Mb.
#610203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
vlvpVop82tD8LlVA9cf04AYhuqdpY38mWxLCd7hy

Simli va mobil tarmoqlarni konvergentsiya qilish 
Softswitchni modernizatsiya qilish kontseptsiyasi 2005-2006 
yillarda tushunarli bo‘ldi va NGN kontseptsiyasini rivojlantirish 
strategiyasi shakllantirildi. Softswitch dan yangi kontseptsiyaga 
o‘tishning quyidagi printsiplarini ajratish mumkin (4.9-rasm). 
1.
Mobil tarmoqlarning rivojlanishi shunga olib keldiki, aksariyat 
NGN 
abonentlarining 
mobil 
telefonlari 
ham 
bor. 
Natijada 
foydalanuvchilar NGN terminallarida sotali tarmoqlarning funktsiyalarini 


va sotali tarmoqlarda keng polosali kirish funktsiyalarini realizatsiya 
qilishni 
xohlaydilar 
(masalan, 
rouming 
funktsiyalari). 
Sotali 
tarmoqlarning 2,5 G dan 3G va 4G ga qarab rivojlanishi sotali va keng 
polosali tarmoqlarni konvergentsiya qilish g‘oyasiga olib keladi. 
2.
Oxirgi bir necha yillar mobaynida aloqa xizmatlarini 
personallashtirish kontseptsiyasi keng tarqaldi. NGN davri bilan 
boshlangan xizmat sohasidagi inqilob juda yangi xizmatlarning murakkab 
va bir xil bodmagan dunyosini yuzaga keltirdi. Natijada, NGN abonenti 
minglab turli xizmatlardan foydalana olishlari mumkin. Ammo, haqiqatda 
abonentni atigi bir necha o‘nta xizmatlar qiziqtiradi. Har bir abonent 
uchun xizmatlar to‘plami personallashtirilgan bo‘ladi. Softswitch 
texnologiyasi xizmatlarni personallashtirishga birinchi qadamlarni 
qo‘ydi, ammo ular keyinchalik rivojlanish uchun etarli bo‘lmadi. 
3.
Xizmat personallashtirish bilan NGN abonentlari roumingi 
bo‘yicha yangi talablar bog‘liq. NGN abonentni tarmoq nuqtalaridan 
birida personallashtirilgan xizmatlar to‘plamini oladi deb faraz qilamiz. 
Agar u boshqa nuqtaga o‘tsa, mantiqan shu xizmatlar to‘lamim olishi 
kerak. Buni zamonaviy NGN tarmog‘ida xizmatlar roumingi 
kontseptsiyasi sifatida talqin qilish ham mumkin. 
4.
Nihoyat, Triple Play xizmatlar kontseptsiyasidan (ma’lumotlar, 
nutq va videoni birlashtirish) Triple Play ga o‘tish boshqaruv 
kontseptsiyasini o‘zgartirishga olib keldi. Natijada, yangi kontseptsiya 
keng polosali abonentlarning mobilligini talab qildi va sotali 
tarmoqlarning barcha texnologiyalari (tutib olish, kuzatish va rouming) 
NGN tizimlari uchun talabgor bo‘lib qoldi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, 
NGN abonentlari mobillikka o‘tmoqda, sotali tarmoqlar abonentlari - 
keng polosali xizmatlardan foydalanishmoqda, ikkila tarmoqlarning 
xizmatlari esa personallashib bormoqda. 
Tarmoqlar evolyusiyasi nuqtai nazaridan IMS ning paydo bo‘lishi - 
zamonaviy texnologiyalarni konvergentsiya qilish bo‘yicha umumiy 
harakatlarning natijasidir. Ushbu tendentsiya doirasida LAN va WAN ni 
yagona multiservis tarmoqqa birlashtirishni konvergentsiya yo‘lidagi 
birinchi qadam sifatida ko‘rish mumkin. An’anaviy telefoniya va VoIP ni 
yagona IP-telefoniya texnologiyasiga birlashtirish ikkinchi qadam bo‘ldi. 
Turli xizmatlarni Triple Play kontseptsiyasi asosida birlashtirishni aloqa 
tarmoqlarining global konvergentsiya qilish yo‘lidagi uchinchi qadam 
deb nomlash mumkin, evolyutsiyaning natijasi esa simli va simsiz 
texnologiyalarni IMS nomi ostida birlashtirishdir. 


4.9- rasm. IMS yo‘nalishida zamonaviy tarmoqlarning 
evolyutsiyasi 
IMS muhim va mobil tarmoqlar aloqa abonentlariga nutq, matn, 
grafik 
va 
videoning 
turli 
kombinatsiyalariga 
asoslangan 
personallashtirilgan xizmatlarni ishlab chiqish va taqdim qilish imkonini 
beradi. Natijada, IMS echimlari keng to‘plamli, jumladan, TDM yoki 
Softswitch dagi NGN tarmoqlarida amalga oshirish mumkin bo‘lmagan 
yoki iqtisodiy samarasiz bo‘lgan xizmatlarni taqdim qilish hisobiga oxirgi 
foydalanuvchining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. IMS 
texnologiyasi hozirgi vaqtda batafsil standartlashtirilgan va ITU-T, ETSI 
TISPAN va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalarida keltirilgan. 
Amaliy joriy etish nuqtai nazaridan IMS texnologiyasi juda istiqbollidir, 
ammo eng ishonchli ehtimollar ham uni 2008-2010 yillar texnologiyasi 
ekanligi haqida xabar bermoqda. Quyida IMS texnologiyasining 
xususiyatlarini kitoblar beradigan imkoniyat daradasida ko‘rib chiqamiz. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish