4-ma`ruza Mavzu: Gidroliz, gidratatsiya va eterifikatsiya jarayonlari



Download 0,75 Mb.
bet2/9
Sana21.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#834925
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-ma'ruza

1. Xlorolefinlar ishlab chiqarish. Ishqor bilan degidroxlorlash orqali 1,1,2trixloretandan vinilidenxlorid va 1,3-butadiendan 1,2-dixlorbuten-3 orqali xloropropen sintez qilinadi:
2CH2 Cl-CHCl2 +Ca(OH)2 → 2CH2 = CCl2 + CaCl2 + 2H2O

2. α-oksidlar olish. Xlorgidrinlarni ishqor bilan degidroxlorlash orqali α-oksidlar, masalan propilenoksid, epixlorgidrin sintez qilinadi:
Propilenxlorgidrin Ca(OH)2 bilan degidroxlorlansa propilenoksid hosil bo`ladi:

Jarayon texnologiyasi. Yuqorida ko`rib chiqilganidek, ishqorli degidroxlorlash jarayoni kuchli ishqorlarning suvli eritmalari (Ca(OH)2 va NaOH) ta`sirida sodir bo`ladi, hosil bo`lgan reaksiya mahsuloti haydash yo`li bilan reaksiya muhitidan ajratib olinadi. HCl ni parchalanishi xlorgidrinlarda oson, etanning polixlorli hosilalarida esa qiyinroq sodir bo`ladi, lekin jarayon atmosfera bosimida 100oC temperaturada olib boriladi.
Ishqor bilan gidrolizlash usuli bilan spirtlar ishlab chiqarish.Yuqorida bayon qilinganidek, xlorli hosilalar gidrolizi xlor atomini almashinishi bilan ortiqcha olingan suv muhitida Na2CO3 (spirtlar olishda) yoki NaOH ishtirokida ro`y beradi (fenollar sintezi). Xlorli hosilalarning reaksiyaga kirishish qobiliyatiga qarab gidroliz jarayoni 120-125oC dan (allilxlorid gidrolizi) 300-350oC gacha temperaturada (xlorbenzol gidrolizi) olib boriladi. Aralashmani suyuq holda ushlab turish uchun bosimni 0,5-1,0 dan 10 Mpa gacha ushlab turish talab etiladi. Bunday sharoitda kontakt vaqti bir necha minutda to 20-30 minutgacha o`zgaradi.
Ilgari ushbu xlorli usul bilan spirtlar va fenollar olish keng tarqalgan edi, lekin hozirgi paytda iqtisodiy samarali usullar paydo bo`lishi munosabati bilan uning ahamiyati yo`qoldi. Fenolni xlorbenzoldan olish reaksiyasi:

Fenol olishning boshqa usulida benzolni oksidli xlorlash va oksixlorlash bosqichida NSl ishtirokida xlorbenzolni gaz fazasida gidrolizlash quyidagi ko`rinishga ega (Pashig usuli):

Natijada xlor umuman sarflanmaydi, umumiy jarayonda benzolni fenolga oksidlanishi sodir bo`ladi.
Ishqoriy gidroliz reaksiyalari bilan ko`pgina xlorfenollar olinadi. Masalan, geksaxlorbenzoldan pestitsidlar pentaxlorfenol va natriy pentaxlorfenolyat sintez qilinadi:

Spirtlar olishda xlorli hosil alar gidrolizi allil spirti sintez qilishda o`zining ahamiyatini saqlab qoldi:
2CH2= CHCH2Cl + Na2SO3 → 2CH2 = CHCH2OH + 2NaCl + CO2
Allil spirti CN2=SN-SN2ON (suyuqlik bo`lib, Tqay.=96,2oC) ftal, fosfat va boshqa kislotalarning allil efirlari ishlab chiqarishda qo`llaniladi (ushbu efirlar monomer hisoblanadi); u glitserin sintezida oraliq modda bo`lib xizmat qiladi. Allilxloridni katalizator ishtirokida (bir valentli mis xlorid) suv bilan gidrolizlash orqali ham allil spirti olish mumkin:

Gidroliz jarayoni0,2%-li Cu2Cl2 eritmasida 2,0-2,5% li xlorid kislota ishtirokida 80oC olib boriladi. Oraliq mahsulotlar diallil efir va propion aldegid hosil bo`ladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish