4-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi


Mehnatni muhofaza qilish holati ustidan uch bosqichli nazoratni o‘tkazish va tashkil qilish uslubiyati



Download 155,5 Kb.
bet4/7
Sana01.06.2022
Hajmi155,5 Kb.
#625790
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi 270921114228

Mehnatni muhofaza qilish holati ustidan uch bosqichli nazoratni o‘tkazish va tashkil qilish uslubiyati:
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi boshqaruvi tizimidagi uch bosqichli ma’muriy-jamoat nazorati tashkilot, muassasalarning, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitalarining ish joyidagi muassasalaridagi mehnat sharoitlari va xavfsizligi holati ustidan, shuningdek barcha xizmatlar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qonun xujjatlari, mehnat xavfsizligi andozalari, qoidalar, me’yorlar, normalar va boshqa texnik-me’yoriy xujjatlarning talablariga rioya etishlarini nazorat qilishning asosiy shakli hisoblanadi.
Uch bosqichli nazorat muassasa rahbarlari va muxandis-texnik xodim-larning lavozim vazifalariga muvofiq ma’muriy nazoratini, shuningdek jamoat nazoratini o‘tkazishni istisno etmaydi.
Muassasa tuzilmasi va uning bo‘limalari ko‘lamiga qarab mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi holati ustidan uch bosqichli nazorat:
birinchi bosqichda – muassasada, smena yoki brigadada;
ikkinchi bosqichda - muassasada, bo‘linmada yoki laboratoriyada;
uchinchi bosqichda - butun muassasada o‘tkaziladi.
Muassasaning uch bosqichli nazorat ob’ektlariga daxldorligi muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladi.
Uch bosqichli nazoratni tashkil qilishga rahbarlikni muassasa rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasining raisi amalga oshiradi.
Nazoratning birinchi bosqichi muassasa rahbari va mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil tomonidan har ish kunining boshlanishida, zarur bo‘lganida esa (yuqori xavfga ega ishlar va hokazo) - ish kuni mobaynida ham amalga oshiriladi.
Izoh: Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish tadbirlari, bajarish muddati va mas’ul shaxslar belgilanadi.
Nazoratning ikkinchi bosqichi muassasa boshlig‘i va muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha katta vakili rahbarligidagi komissiya tomonidan oyiga kamida ikki marta o‘tkaziladi. Komissiya tarkibiga muassasaning texnika xizmatlari rahbarlari (vakillari), muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘limi muhandisi va muassasaga biriktirilgan tibbiy xodim kiradi.
Tekshiruv jadvali muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha katta vakili bilan kelishgan holda muassasa boshlig‘i tomonidan o‘rnatiladi va barcha rahbarlariga beriladi.
Izoh: Komissiya chora-tadbirlarni belgilab beradi, muassasa boshligi esa ijrochi va ijro muddatini tayinlaydi.
Agar belgilangan tadbirlarni muassasa kuchi bilan bajarishning imkoni bo‘lmasa, muassasa boshlig‘i bu haqda komissiya ishini tugatgandan so‘ng tegishli chora-tadbirlar qabul qilishi uchun yuqori turuvchi boshliqqa xabar berishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari qo‘pol ravishda buzilishi ishlovchilarning salomatligiga zarar yetkazishi yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lsa, komissiya bu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishni to‘xtatib qo‘yadi.
Muassasa boshlig‘i oyiga bir marta muassasadagi mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi holati haqida muassasa rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasiga hisobot berishi lozim.

Download 155,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish