Mehnatni muhofaza qilish holati ustidan uch bosqichli nazoratni o‘tkazish va tashkil qilish uslubiyati: Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi boshqaruvi tizimidagi uch bosqichli ma’muriy-jamoat nazorati tashkilot, muassasalarning, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitalarining ish joyidagi muassasalaridagi mehnat sharoitlari va xavfsizligi holati ustidan, shuningdek barcha xizmatlar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qonun xujjatlari, mehnat xavfsizligi andozalari, qoidalar, me’yorlar, normalar va boshqa texnik-me’yoriy xujjatlarning talablariga rioya etishlarini nazorat qilishning asosiy shakli hisoblanadi.
Uch bosqichli nazorat muassasa rahbarlari va muxandis-texnik xodim-larning lavozim vazifalariga muvofiq ma’muriy nazoratini, shuningdek jamoat nazoratini o‘tkazishni istisno etmaydi.
Muassasa tuzilmasi va uning bo‘limalari ko‘lamiga qarab mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi holati ustidan uch bosqichli nazorat:
birinchi bosqichda – muassasada, smena yoki brigadada;
ikkinchi bosqichda- muassasada, bo‘linmada yoki laboratoriyada;
uchinchi bosqichda - butun muassasada o‘tkaziladi.
Muassasaning uch bosqichli nazorat ob’ektlariga daxldorligi muassasa ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladi.
Uch bosqichli nazoratni tashkil qilishga rahbarlikni muassasa rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasining raisi amalga oshiradi.
Nazoratning birinchi bosqichi muassasa rahbari va mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil tomonidan har ish kunining boshlanishida, zarur bo‘lganida esa (yuqori xavfga ega ishlar va hokazo) - ish kuni mobaynida ham amalga oshiriladi.
Izoh: Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish tadbirlari, bajarish muddati va mas’ul shaxslar belgilanadi.
Nazoratning ikkinchi bosqichi muassasa boshlig‘i va muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha katta vakili rahbarligidagi komissiya tomonidan oyiga kamida ikki marta o‘tkaziladi. Komissiya tarkibiga muassasaning texnika xizmatlari rahbarlari (vakillari), muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘limi muhandisi va muassasaga biriktirilgan tibbiy xodim kiradi.
Tekshiruv jadvali muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha katta vakili bilan kelishgan holda muassasa boshlig‘i tomonidan o‘rnatiladi va barcha rahbarlariga beriladi.
Izoh:Komissiya chora-tadbirlarni belgilab beradi, muassasa boshligi esa ijrochi va ijro muddatini tayinlaydi.
Agar belgilangan tadbirlarni muassasa kuchi bilan bajarishning imkoni bo‘lmasa, muassasa boshlig‘i bu haqda komissiya ishini tugatgandan so‘ng tegishli chora-tadbirlar qabul qilishi uchun yuqori turuvchi boshliqqa xabar berishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari qo‘pol ravishda buzilishi ishlovchilarning salomatligiga zarar yetkazishi yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lsa, komissiya bu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishni to‘xtatib qo‘yadi.
Muassasa boshlig‘i oyiga bir marta muassasadagi mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi holati haqida muassasa rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasiga hisobot berishi lozim.