Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga oladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot: sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishi;
xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilishini ta’minlashi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va ko‘rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo‘yishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlashi;
ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo‘lishi hamda ishlashini ta’minlashi;
ushbu qonunga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o‘tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko‘rsatmasiga binoan ta’minlashi;
begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi;
xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlashi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi;
maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko‘rsatmalarini bajarishi;
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishni to‘xtatib turishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini ko‘rishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini ko‘rishi;
maxsus vakolatli davlat organini, qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya to‘g‘risida o‘z vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi;
avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining xodimlari:
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishlari;
sanoat xavfsizligi sohasida tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi;
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalar tuzishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa o‘z avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning zaxirasiga ega bo‘lishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga o‘qitishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga ko‘maklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.