Shartnomaviy narx – bu sotuvchi va xaridorning kelishuvi bilan
belgilanadi, ya’ni faqat ushbu tovarga bo‘lgan talab va taklifni hisobga oluvchi
narxlardir. Shartnomaviy narxlarning solishtirma og‘irligi ushbu mamlakat
iqtisodiyotining, «bozoriylashganlik» darajasini belgilab boradi.
Jahon baholari-mintaqaning o‘ziga xosligini, sharoitlarini va tijorat bitishuvlari
vaqtini aks ettirib, xalqaro savdoda qo‘llaniladi. Shuning uchun jahon narxlarining
hisob-kitobi eng yirik eksport-import amallari bazasida (asosida) o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |