Narxlar darajasi– mamlakatda ishlab chiqarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar
uchun to‘langan narxlarning o‘rtacha (bosiq) kattaligidir.
Narxlarning darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Indeks esa mazkur davrdagi
tovar va xizmatlarning ma’lum to‘plami narxlar yig‘indisining bazis davridagi
aynan shu (yoki o‘xshash) guruh tovarlari va xizmatlar narxlarining yig‘indisi
o‘rtasidagi nisbati sifatida ta’riflanadi.
Narxlarning darajasini o‘lchash zarurati bu ko‘rsatkichning dinamikasi
(inflyatsiya jarayonlari)ning muhimligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, ishlab
chiqarishning turli yillardagi qiymat hajmi (YaMM)ni solishtirish faqat pul
birligini mo‘’tadilligi saqlangan hollardagina mumkin bo‘ladi. Bu esa amalda
erkinlikni juda qiyin bo‘lgan natijadir. YaMM ning dinamikasini narxlar
o‘zgarishining ta’siridan soqit qilishga aynan narxlarning indeksi yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |