4-bob. Umumiy montaj ishlarida ishlatiladigan yuk ko‘tarish mashinalari



Download 5,21 Mb.
bet22/24
Sana31.03.2022
Hajmi5,21 Mb.
#520378
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
yuk kotarish

4.15.Maxsus quvur yotqizuvchi kranlar


Neft va gaz quvurlarini yotqizishda, tozalash va quvurlarni himoyalash ishlarida qo‘llaniladi.

4.27-rasm. Quvur yotqizuvchi kran
1 - traktor; 2 - posangiyuk; 3 - strela chig‘iri; 4 - strela; 5 –yukpolispasta.
U baza traktor 1 (4.27-rasm), strela 4, strelani 3 va yukni 5 ko‘taruvchi chig‘irlar va chiqarma posangi yuk 2 dan iborat. Kranning yurish qismi uning bo‘ylama va ko‘ndalang ustivorligini ta’minlashi kerak. SHuning uchun yurish qismi gusenisalari enli qilib tayyorlanadi. Yotqiziladigan quvurning diametriga qarab 6,3....12,5 t (425....720 mm) 30 t (1020 mm) va 80 t (1420, 1620 mm) yuk ko‘taradigan kranlar ishlab chiqariladi.

4.16.Chorpoyali, ko‘prik va kabelli kranlar


CHorpoyali, ko‘prik va kabelli kranlar strelali kranlarga nisbatan xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘yicha doimiy yuk ko‘tarish qobiliyati, yuqori ustuvorligi va yengilligi bilan farq, qiladi, biroq ularning manyovrchanligi oz va montaj qilinishi murakkabdir.
CHorpoyali kranlar omborxonalarda hamda kimyo va qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda yuklash-tushirish ishlarini bajarishda, konstruksiyalarni yig‘ish maydonlarida, yirik sanoat korxonalari, issiqlik va atom elektrostansiyalari qurilishida texnologik qurilmalarni montaj qilishda keng miqyosda qo‘llaniladi. CHorpoyali kranlar montaj va umumiy ishlarni bajaradigan turlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarda foydalaniladigan chorpoyali kranlar 5 tonnagacha, montaj ishlarida foyda­laniladigan kranlar esa 500 tonnagacha yuk ko‘tara oladi.


4.28-rasm. 100 t. yuk ko‘taraoladigan chorpoyali kran
a - kran sxemasi; b - telejkaning siljish mexanizmida po‘lat arqonning o‘ralish sxemasi; v -xuddi shuning o‘zi yuk ko‘tarish mexanizmi uchun.
1 - elektroreversiv chig‘ir; 2 - ko‘prik; 3- yuk aravachasi; 4 -poli­spast;
5 -traversa; 6 - boshqarish kabinasi; 7 - tayanch; 8 - aravacha;9 -yordamchi mexanizm; 10, 11, 12, 13 - chig‘irlar.
Chorpoyali kranning yuk ko‘tarish konstruksiyasi ikkita tayanch 7 (4.28-rasm) va ularga o‘rnatilgan ko‘prik 2 dan iborat. Kran ko‘prigi bo‘ylab yuk aravachasi 3 harakat qiladi. Tayanchlar yurish aravachalari 8 ga o‘rnatiladi va ularning har biri ikki relsli yo‘l bo‘ylab yuk ko‘taradigan kran ko‘priklari uch poyasli fazoviy ferma va yurish balkasi profili qo‘shtavr bo‘lib, unda elektrotal harakatlanadi. O‘rtacha va yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega kran ko‘priklari to‘rt poyasli fazoviy ferma bo‘lib, to‘rtburchak yoki trapesiyasimon kesimga ega bo‘ladi.
Bu kranlarning yuk aravachalari pastki yoki yuqori poyaslarda harakatlanadi. Ba’zi kranlarda yuqori poyaslarda asosiy yuk aravachasi, pastki poyasda esa oz yuk ko‘taruvchi yordamchi aravacha 9 harakatlanadi. Kran ko‘priklari konsolli va konsolsiz tayyorlanadi. Konsol uzunligi proletning 25...30% ga teng bo‘ladi. Prolet katta bo‘lganda tayanchlardan biri ko‘prikka qo‘zg‘almas, ikkinchisi esa qo‘zg‘aluvchan qilib biriktiriladi. Yuk aravachasi arqon va elektroreversiv chig‘ir 1 (4.18-rasm, b) yordamida ko‘prikda harakatlanadi. Ko‘tarish mexanizmi umumiy tra­versa 5 va ko‘prikning ikkala tomoniga simmetrik joylashgan ikkita polispast 4 dan iborat. Montaj qiluvchi og‘ir kranlarda yuklarni tushirishda kichik tezlikka erishish uchun to‘rt dona chig‘ir 10, 11, 12, 13 dan foydalaniladi. CHig‘ir 10, 11 lar yukni birtomonga, 12, 13 lar esa qarama-qarshi tomonga harakatlantiradi. Kranni boshqarish kabina 6 dan amalga oshiriladi.

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish