4.15.Maxsus quvur yotqizuvchi kranlar
Neft va gaz quvurlarini yotqizishda, tozalash va quvurlarni himoyalash ishlarida qo‘llaniladi.
4.27-rasm. Quvur yotqizuvchi kran
1 - traktor; 2 - posangiyuk; 3 - strela chig‘iri; 4 - strela; 5 –yukpolispasta.
U baza traktor 1 (4.27-rasm), strela 4, strelani 3 va yukni 5 ko‘taruvchi chig‘irlar va chiqarma posangi yuk 2 dan iborat. Kranning yurish qismi uning bo‘ylama va ko‘ndalang ustivorligini ta’minlashi kerak. SHuning uchun yurish qismi gusenisalari enli qilib tayyorlanadi. Yotqiziladigan quvurning diametriga qarab 6,3....12,5 t (425....720 mm) 30 t (1020 mm) va 80 t (1420, 1620 mm) yuk ko‘taradigan kranlar ishlab chiqariladi.
4.16.Chorpoyali, ko‘prik va kabelli kranlar
CHorpoyali, ko‘prik va kabelli kranlar strelali kranlarga nisbatan xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘yicha doimiy yuk ko‘tarish qobiliyati, yuqori ustuvorligi va yengilligi bilan farq, qiladi, biroq ularning manyovrchanligi oz va montaj qilinishi murakkabdir.
CHorpoyali kranlar omborxonalarda hamda kimyo va qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda yuklash-tushirish ishlarini bajarishda, konstruksiyalarni yig‘ish maydonlarida, yirik sanoat korxonalari, issiqlik va atom elektrostansiyalari qurilishida texnologik qurilmalarni montaj qilishda keng miqyosda qo‘llaniladi. CHorpoyali kranlar montaj va umumiy ishlarni bajaradigan turlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarda foydalaniladigan chorpoyali kranlar 5 tonnagacha, montaj ishlarida foydalaniladigan kranlar esa 500 tonnagacha yuk ko‘tara oladi.
4.28-rasm. 100 t. yuk ko‘taraoladigan chorpoyali kran
a - kran sxemasi; b - telejkaning siljish mexanizmida po‘lat arqonning o‘ralish sxemasi; v -xuddi shuning o‘zi yuk ko‘tarish mexanizmi uchun.
1 - elektroreversiv chig‘ir; 2 - ko‘prik; 3- yuk aravachasi; 4 -polispast;
5 -traversa; 6 - boshqarish kabinasi; 7 - tayanch; 8 - aravacha;9 -yordamchi mexanizm; 10, 11, 12, 13 - chig‘irlar.
Chorpoyali kranning yuk ko‘tarish konstruksiyasi ikkita tayanch 7 (4.28-rasm) va ularga o‘rnatilgan ko‘prik 2 dan iborat. Kran ko‘prigi bo‘ylab yuk aravachasi 3 harakat qiladi. Tayanchlar yurish aravachalari 8 ga o‘rnatiladi va ularning har biri ikki relsli yo‘l bo‘ylab yuk ko‘taradigan kran ko‘priklari uch poyasli fazoviy ferma va yurish balkasi profili qo‘shtavr bo‘lib, unda elektrotal harakatlanadi. O‘rtacha va yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega kran ko‘priklari to‘rt poyasli fazoviy ferma bo‘lib, to‘rtburchak yoki trapesiyasimon kesimga ega bo‘ladi.
Bu kranlarning yuk aravachalari pastki yoki yuqori poyaslarda harakatlanadi. Ba’zi kranlarda yuqori poyaslarda asosiy yuk aravachasi, pastki poyasda esa oz yuk ko‘taruvchi yordamchi aravacha 9 harakatlanadi. Kran ko‘priklari konsolli va konsolsiz tayyorlanadi. Konsol uzunligi proletning 25...30% ga teng bo‘ladi. Prolet katta bo‘lganda tayanchlardan biri ko‘prikka qo‘zg‘almas, ikkinchisi esa qo‘zg‘aluvchan qilib biriktiriladi. Yuk aravachasi arqon va elektroreversiv chig‘ir 1 (4.18-rasm, b) yordamida ko‘prikda harakatlanadi. Ko‘tarish mexanizmi umumiy traversa 5 va ko‘prikning ikkala tomoniga simmetrik joylashgan ikkita polispast 4 dan iborat. Montaj qiluvchi og‘ir kranlarda yuklarni tushirishda kichik tezlikka erishish uchun to‘rt dona chig‘ir 10, 11, 12, 13 dan foydalaniladi. CHig‘ir 10, 11 lar yukni birtomonga, 12, 13 lar esa qarama-qarshi tomonga harakatlantiradi. Kranni boshqarish kabina 6 dan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |