Taqqoslash nisbiy miqdori turli ob’ekt va hududlarga mansub bo‘lgan bir xil ko‘rsatkichlarning nisbatini xarakterlaydi. Masalan, AQSH va O‘zbekistonda yoki O‘zbekiston va Rossiyada kishi boshiga iste’mol qilingan tuxum, go‘sht yoki bitta oilaga to‘g‘ri keladigan avtomobil va boshqalar. Taqqoslash nisbiy miqdorlarni hisoblashni boshlashdan oldin, tekshiruvchi taqqoslanadigan miqdorlarni taqqoslama holga keltirib olishi kerak. Taqqoslama bo‘lishi uchun, ikki mamlakatning ko‘rsatkichlari mohiyati va mazmuni bo‘yicha bir xil, ular yagona metodologiya bilan hisoblangan, bir xil o‘lchov birliklarida keltirilgan bo‘lishi kerak, aks holda, ularni taqqoslash noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi.
4.4. Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llashning zaruriyati
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni qo‘llashda bir qancha qoidalarga rioya qilish kerak. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning o‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, ular doimo bir turli hodisa va jarayonlarning miqdori va razmerini ifodalaydi. SHuning uchun ham, mutlaq va nisbiy miqdorlarni hisoblashda va, ayniqsa, ulardan foydalanishda tekshiriladigan hodisa va jarayonlar rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarini va alohida sharoitlarini e’tiborga olish zarur. SHaroit, joy va vaqtga qarab bir xil ko‘rsatkichlar xarakteri bo‘yicha turli hodisalarning darajasini ifodalashi mumkin. Masalan, aksionerlik jamiyatlarini olaylik. Bundan 10 yil oldin juda katta hisoblangan korxona (aksiyalar soni bo‘yicha) bugungi kunga kelib juda ham kichik korxonalar soniga qo‘shilishi mumkin. YOki boshqacha bir misol. Kompaniya va firmalarni territoriyalar bo‘yicha ham taqqoslashda yuqoridagi muammoga to‘g‘ri kelamiz. Toshkent shahrida eng kichik hisoblangan korxona, Buxoro viloyati Jondor tumanida eng katta kompaniyalar safiga qo‘shilishi mumkin.
Demak, mutlaq va nisbiy miqdorlardan foydalanishda, har bir aniq tekshirish uchun statistikada o‘rganilayotgan ko‘pchilik hodisalarni xarakteri bo‘yicha differensial yondoshuv talab etiladi. Bu talabning to‘g‘riligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, konsern yoki xolding kompaniya bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi va oshirib bajarilishi kuzatilayotganda, shu kompaniyaga qarashli ayrim korxonalarda shartnomalar bajarilmaganligini kuzatish mumkin. Xuddi, shu holatni, to‘plam birliklarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham kuzatish mumkin. Masalan, respublikada bir aksiyadorga to‘g‘ri keladigan aksiyalar sonini viloyatlar, ayniqsa tumanlar (qishloq tumanlari) bo‘yicha olaylik. Bu erda tebranishni kattaligiga hech kim shubha qilmaydi.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni taqqoslashdan oldin, ular taqqoslama holga keltirilishi kerak. Bu muammoni echish, bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim. CHunki, har qanday kompaniya jahon bozoriga chiqishdan oldin, o‘z mahsulotini jahon standartlariga mos kelishini taqqoslash metodi orqali hal qiladi. Biz o‘zbek kompaniyasining ko‘rsatkichlarini YAponiya ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashdan oldin, taqqoslanadigan ko‘rsatkichlar ikkala mamlakatda ham bir xil metodologiya bilan aniqlanganligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bunday ishonchni har bir kompaniya ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha ham taqqoslashda hosil qilinsa yaxshi bo‘ladi.
Hayotiy tajriba va son-sanoqsiz o‘tkazilgan statistik-ilmiy tekshirishlardan shunday xulosa chiqarish mumkin – mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llash kerak.
Alohida olingan nisbiy miqdor o‘zicha o‘rganilayotgan hodisa haqida aniq tasavvur bera olmaydi (xuddi shu gaplarni mutlaq miqdorlar to‘g‘risida ham aytish mumkin). Masalan, ish haqi 50000 dan 200000 so‘mga oshdi. Biz, bu erda baralla aytamizki, ish haqi 3 marta yoki 300 % oshdi. Agarda 200000 so‘mdan 50000 so‘mga kamaysa, biz aytamizki ish haqi 75% pasaydi. Ko‘rinib turibdiki, ish haqining oshgan summasi ham, pasaygan summasi ham 150000 so‘mga teng.
Foizlarni mutlaq miqdorlarsiz qo‘llash ham noto‘g‘ri tasavvurlarga olib keladi. Masalan, ikkita kompaniyaning ishlab chiqargan mahsuloti bo‘yicha dinamika nisbiy miqdorini hisoblaylik va ikkalasida ham o‘sish sur’ati 57 foizni tashkil qilgan. Ikkalasi ham bir xil ishlagan ekan, degan xulosa chiqarish mumkin, agarda mutlaq raqamlarga e’tibor bermasak. Birinchi kompaniya o‘tgan yili 100 ta, joriy yilda 157 mebel ishlab chiqardi, ikkinchisi esa tegishli ravishda 167819 va 263475 ta.
Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan ikkala kompaniyada ham qo‘shimcha o‘sish sur’ati 57% teng. E’tibor qilsak, birinchi kompaniyada ishlab chiqarish darajasi bir foizga o‘ssa mebellar soni 1 taga(100x0,01), ikkinchisida esa 1678 taga oshadi. SHuning uchun ham foizlar bilan bir qatorda, ularning hisoblanish asosi bo‘lgan mutlaq miqdorlarni keltirish va ishlatish har qanday statistik tekshirishni yanada boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |